Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

• Nashriyot - muallif shartnomasL
• Nashr turi va janrini belgilash.
• Nashr muhokamasida ishtirok etuvchilar.
• Qayta nashrlar\ ulami chop etish.
• Noshirlik va mualliflik huquqi.
Nashriyotning muallif bilan dastlabki ishlari deganda qo‘lyoz- 
mani nashrga qabul qilish va tayyorlash jarayonidagi hamkorlik 
tushuniladi. Rejada ko‘zda tutilgan mavzu va mavzu yo‘nalishiga 
asoslanib nashriyot dolzarb (yaxshi) asar yaratishga qobil mual- 
liflami taklif etadi. Nashriyot tushgan taklif va qo'lyozmalar (mual­
liflar tashabbusi bilan nashriyotga kelganlar) ni e’tiborga oladi, 
shuningdek, zarur, qayta nashr masalalarini ham unutmaydi.
24


Nashriyot muallif bilan shartnoma tuzgunga qadar u bilan 
suhbatlashadi, asar yaratish rejasi bilan tanishadi, zarurat taqozo 
etsa, asaming bir qismi yoki bobini taqdim etishni so‘raydi va u 
bilan tanishib chiqadi.
Muallif bilan dastlabki qilinishi kerak bo‘lgan ishlar sirasiga, 
nashr turi va janrini aniq belgilash, asarni o‘quvchilar (foydala- 
nuvchilar) doirasini, bozor talabini aniqlash, o‘rganish ham kiradi. 
Eng muhimi nashr shu tur yoki mavzui yaqin turdagi nashrlardan 
nimasi bilan farqlanadi, adabiyot olamiga nima yangilik beradi, 
shularni aniqlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Dastlabki ishlar mualliflar jamoasi - ilmiy tadqiqot va boshqa 
muassasalar bilan ham olib boriladi, vaholanki, shular nashriyot 
grifi (nashriyot orqali) v a o 'z nomidan asarlarini chiqaradilar.
Albatta, bu ishlar bir qarashda mayda-chuyda, arzimasdek 
tuyulsa-da, lekin nashr jarayonida o‘ziga xos muhim jihat hisob­
lanadi. Zero, nashriyotga topshiriladigan qo‘lyozmalar qanday 
talablarga javob berishligi xususida “mijoz” larga ma’lumotlar 
yetkaziladi.
Qo‘lyozmani nashrga tayyorlash borasidagi dastlabki ishlami 
tahririyat (bo‘lim) mudiri yoki muharrir olib borishi yoki nazorat 
qilishi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, asarni nashr rejasiga 
kiritishda yoki uni tahririy jihatdan tayyorlash uchun muharrirga 
biriktiriladi, ana shundan boshlab u nashrga yetakchilik qiladi.
Nashr rejasining, yo‘nalishining, ayrim qism va boblarining 
muhokamasida tahrir hay’ati, sho‘basi, jamoatchi muharrir
ilmiy muassasa, tashkilot, maxsus mutaxassislar ishtirok etishlari 
mumkin. Muallif talabnomasini dastlabki ко‘rib chiqish muddati


uzog‘i bilan bir-bir yarim oyni tashkil etadi. Shu muddat ichida 
nashriyot mualliflarga qo‘lyozmani qabul qilish haqidagi taklifni 
qabul qilishi yoki qabul qilmasligi, o‘rganib chiqishligi yoxud rad 
etishligini ma’lum qiladi.
Mumtoz adabiyotlar va taijima adabiyotlami chiqarishdagi 
dastlabki ishlar ham o‘ziga xos xususiyatga ega.
Mumtoz asarlami qayta nashr etish, chet tilidan asar taijima 
qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish va uni mavzuli rejaga 
kiritish masalasini nashriyot mazkur asarlami o‘rganib chiqgach, 
kamida ikkita taqriz olgach (taqriz ilmiy tashkilot, uyushma yoki 
mutaxassisdan olinadi) yoki uyg‘unlashtiruvchi markaz (kengash) 
tavsiyasiga asosan hal etadi.
Nashriyot shartnomasi muallifning nashriyot bilan kelishuv 
shakli hisoblanadi, unda tomonlaming huquqiy munosabatlari 
belgilab qo‘yiladi. Umuman, maqsadlar umumiyligi, tabiiyki, 
munosabatlar tavsifini, uning huquqiy tomonlarinigina emas, balki 
nashr jarayonlarining barcha bosqichlaridagi ijodiy hamkorlikni 
ko‘zda tutadi.
Nashriyot va muallifning huquqlari, majburiyatlari, noshirlik 
va mualliflik huquqlariga zid holatlar qonunchilik hujjatlarida amq 
chegaralab qo‘yiladi.
Nashriyotning muallif bilan dastlabki ishlari nashriyot-tahriri- 
yat ishi tavsifiga ega bo‘lsa-da, muhim ahamiyatga molik. Chunki 
u muharriming kelgusida muallif bilan ijodiy hamkorligining 
garovi hisoblanadi, demak, to‘laqonli asar dunyoga kelishiga sabab 
bo‘ladi.


Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Nashriyot o‘z faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlash uchun 
kimlar va qanday tashkilot, muassasalar bilan hamkorlik o‘matishi 
lozim?
2. Nashriyotlar universallashuvi haqida nima bilasiz?
3. Nashriyot va muallif o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar 
nimalar amalga oshirilishi kerak?
4. Qo‘lyozmani nashriyotga topshirish qanday shartlar bilan 
bog‘liq?
4-§ M uharrim ing asar tarxi (rejasi) ustida ishlashi.
• Asar tarxi ustida ishlash.
• Reja turlari.
• Asar tarxini baholash.
• Muharrir xulosasL
• Ensiklopedik asar tarxi.
• Darslik, o ‘quvqo4lanmalar tarxi.
Nashriyotga muallif yoki mualliflar jamoasi tomonidan taqdim 
etiladigan hujjatni tarh deb atash mumkin. Unda mavzu ko‘rsatiladi, 
yaratilajak asar mundarijasi beriladi. Asar tarxini taqdim etish 
muallif bilan shartnoma tuzishning majburiy shartlaridan hisob­
lanadi. Mazkur hujjat ustida ishlash esa muharriming nashr jarayo­
nining tayyorgarlik bosqichidagi muhim vazifalaridan biridir.
Tahririyat amaliyotida asar tarxining ikki turi uchraydi: birin- 
chisi ijodiy talabnomalar, ikkinchisi - ayni tarhning o‘zi. Ijodiy 
talabnoma - muallifning muayyan mavzu bo‘yicha kitob chiqarish
27


haqidagi nashriyotga taklifi. Bu muallif tashabbusiga ko'ra yuza- 
ga keladi. Shunga ko‘ra mazkur hujjatning o‘ziga xosligi namo- 
yon bo‘ladi. Mazkur hujjatda awalo, o‘ziga taalluqli ayrim 
ma’lumotlami keltiradi: qaerda ishlaydi, ixtisosligi, adabiy, ilmiy 
qiziqishlari, aw al qanday asarlar e’lon qilganligi, nima uchun 
mazkur asarni e’lon qilish, uningcha, zarur. Yuqorida aytilganlar 
ijodiy talabnomaning birinchi qismini tashkil etadi. Talabnomaning 
ikkinchi qismida esa asarda to‘xtalib o‘tiladigan, o‘z yechimini 
topadigan va aks ettiriladigan asosiy masalalar birma-bir ko‘rsatib 
o‘tiladi.
Tarhning aynan o‘zi esa (uni ba’zan istiqboUi^reja, ba’zan 
shunchaki reja deyish mumkin) muallif tomonidan nashriyotning 
shakllariga ko‘ra yoki kitob (broshyura)ning qabul qilingan ijodiy 
talabnomasi bo‘lajak asar mazmun mundarijasi haqida atroflicha 
to‘liq ma’lumot bera oladigan taqdirda tuziladi. Albatta, bu hujjat 
nashriyot talabi (taklifi)ga ko'ra tuziladi, zero nashriyot 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling