Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


aylangan. 0 ‘quv adabiyotlarini tahrir qilishga ixtisoslashgan  muharrir ta’lim sohasidagi


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

aylangan. 0 ‘quv adabiyotlarini tahrir qilishga ixtisoslashgan 
muharrir ta’lim sohasidagi mazkur jarayonni muntazam kuzatib 
borishi va yangilanishlardan xabardor bo‘lishi darkor. Aks holda 
mehnati samarasiz ketadi, bunda faqat iqtisodiy jihatdan emas, 
balki, eng asosiysi, ta’lim sohasi yaxshigina ma’naviy zarar ko‘radi.
Nihoyat, muayyan mavzu bo‘yicha kitob nashr etish mumkinligi 
masalasiga to'xtalamiz. Ko‘pincha, amaliyotda shunday ham bo‘- 
ladiki, shoshma-shosharlik bilan mavzu rejaga kiritiladi, belgi- 
langan muddat ichida kitob chiqadimi, yo‘qmi ekanligi o‘ylab 
ham ko‘rihnaydi: ishga kirishib, qo‘lyozmani muallif o‘z vaqtida 
nashriyotga topshira oladimi; mo‘ljallangan nashmi chiqarish 
uchun nashriyot moliyaviy va moddiy-texnikaviy imkoniyatga 
egami; kitob foyda keltkadimi; taklif У в> talab mos keladimi; 
bu va boshqa shu kabi savollami, albatta, oldindan oqilona hal 
etish, har qanday ishni araalga oshirishda ko‘ndalang turadigan


tavakkalchilik (risk)ni eng kam darajaga keltirish uchun muharrir 
bozor iqtisodiyotini yaxshi biladigan - marketolog sifatida 
yuqoridagi savollarga javob topa bilishi kerak.
Nashr o‘z vaqtida chiqishini ta’minlash uchun muharrir kitob 
ustida ishlovchi barcha bo‘linmalar fikrini bilishi, so‘ng nashming 
chiqish muddatini belgilashi maqsadga muvofiqdir.
Mavzuni rejaga kiritishda, shu mavzu bo‘yicha muallifhi to‘g‘ri 
tanlay bilish nashr muvaffaqiyatining garovidir.
Muallifga, uning bilimiga, tajribasiga, ijodiy imkoniyatiga ko‘p 
narsa bog‘liqdir. Nashriyot ishni o‘z vaqtida olishi, qo‘lyozma asar 
oldiga qo‘yiladigan barcha talablarga to‘liq javob bera oladimi, 
o‘z o‘quvchisini qanoatlantiradimi va hokazolar barchasi, awalo, 
muharriming malakasiga bog‘liq bo‘lib, kitobning taqdirini uning 
xulosasi hal etadi. Muharriming fikri nashriyotning fikri hisoblanadi. 
Uning fikriga ko‘ra asar ishlab chiqarishga qabul qilinishi yoki rad 
etilishi yoxud qayta ishlash uchun muallifga qaytarilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, mavzuli rejalashtirish, faqat mav­
zuni belgilash emas, balki, mavzuni kim (muallif) qiyomiga yet- 
kizib, ochib berishi xususidagi masalani qoniqarli hal etish ham- 
dir. Shundagina talab darajasidagi kitob yoki broshyura dunyo 
yuzini ko‘radi. Bunda muvaffaqiyat bir qator vaziyatlarga bog‘- 
liqdir. Avvalo, nashriyot ilmiy tadqiqot va ijodiy muassasalar bi­
lan o‘z hamkorligini qanday yo‘lga qo‘yganligiga, qolaversa, 
hammualliflik qiluvchi mualliflar jamoasi bilan munosabatiga 
(ayniqsa ensiklopedik hamda davriy nashrlarda) bog‘liq. Barcha 
nashriyotlar, tahririyatlarning muhim vazifasi bo‘lib, mualliflar 
davrasini tobora kengaytirish, yangi, yuksak saviyali mualliflami


topa bilish va ishga jalb etish, hatto, tarbiyalab yetishtirish hisob- 
lanadi. Noshirlik ishidagi muvaffaqiyatni mualliflaming ijodiy im- 
koniyatlarini o‘rganish bo‘yicha muntazam olib boriladigan ish- 
larsiz tasawur etib bo‘lmaydi.
Muallif sifatida kimni tanlash kerak degan masalani hal etishdagi 
sobitlik, talabchanlik, har qanday sub’yektivlikni istisno etish 
ishning muvafFaqiyatini ta’minlaydi. Ko‘p yillik tajribadan shu 
narsa ayonki, agar muallifga nisbatan talabchan bo‘linmasa, u o‘z 
bilganini qilishga yo‘l qo‘yilsa, xom-xatala ishiga parvosizlik bilan 
qaralsa eng malakali muharrimi ham muvaffaqiyatsizlik kutadi.
Muharriming vazifalaridan biri bo'lib, yuqorida qayd etilgani- 
dek, mavzuli rejaning baj aril ishi hisoblanadi. Bu eng muhim va 
oddiy bo‘lmagan topshiriqdir. Ishning murakkabligini hozirgi bozor 
iqtisodiyoti munosabatlarining o‘ziga xos qonuniyatlari, ya’ni 
ob’yektiv sabablar, shuningdek, sub’yektiv omillar bilan izohlash 
mumkin. Lekin bir narsa aniq-ravshan, u ham bo‘lsa ma’lum reja 
(ta’bir joiz bo‘lsa, biznes reja) bajarilishi shart.
So‘nggi yillarda matbaa bilan ijodiy ish bir butun ishlab chi­
qarish ob’yektiga aylantirildi. Nashriyotlar muayyan sohaga 
ixtisoslashuvi tugatildi, endilikda ular ko‘p sohaviy (universal) 
nashriyot-matbaa ijodiy uylariga aylantirildi. Buning natijasida 
muharrir, endilikda nashr barcha jarayonining faol ishtirokchisiga 
aylandi. Mavzuli reja bajarilishi uchun noshirlikdagi barcha ishlab 
chiqarish va ijodiy jarayonni muharrir aniq tasawur eta oladigan 
bo‘lishi endi davr taqozosidir.
Demak, mavzularga ko‘ra rejalashtirish - muharriming mas’- 
uliyatli vazifasidir. Rejaga kiritish uchun mavzu izlash, topish va


saralash, muallif tanlash, reja muhokamasining turli bosqichlarida 
ishtirok etish hamda rejaning bajarilishini nazorat qilish muharrir 
ishtirokining mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
Mavzuli rejalashtirish noshirlik faoliyatining o‘zagini tashkil 
etadi. Muharrir buni yaxshi tushunishi kerak.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Mavzuli reja tuzishda kimlar qatnashadi?
2. Mavzuning dolzarbligi nimalarda ko'rinadi?
3. Nashming maqsadga muvofiqligi qanday belgilanadi?
4. Mavzuli reja amalga oshishi asosan nashriyotning qaysi 
xodimiga bog'liq va u qanday mutaxassis bo'lishi kerak?
3-§ Nashriyot va muallif munosabati.
• M uallif tanlash.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling