Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
(jodkorlar)dan tarixan uzilish yuz beradi, vaqt o‘tishi bilan bu
uzilish tabora chuqurlasha boradi. Bu shubhasiz tabiiy jarayon. Agar XX asr 27-37-yillarida badiiy ijodiyot va publisistik ijod sohasida Abdulla Qodiriy, Choipon, Fitrat, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Oybek va boshqalar, ta’bir joiz bo‘lsa, buyuk uyg‘onishni boshlab beruvchilar hisoblansa, XXI asr ijodiyotining ham o‘z darg'alari bo‘ lishi shubhasiz. Yangi avlod vakillari hamyo‘q yerdan paydo boMmaydi, o‘z-o‘zidan ijod cho‘qqisini zabt etolmaydi. XX asr o‘zbck adabiyoti, publisistikasi yorqin namoyondalarining ijod laboratoriyasi bilan tanishib, an’analarini davom ettiribgina yangi- yangi yuksalishlarga erishishlari mumkin. 5 Shu ma’noda yaqin o‘tmishda o‘zining badiiy ijodi, publisistik asarlari bilan yangi ijodiyot ufqlarini ochgan adiblar Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa ijodkorlaming elga manzur asarlarini o‘rganish asosida, ular ijod laboratoriyasidan bahramand bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi, bu ayniqsa, bo‘lajak jumalistlar uchun muhimdir. IQ ISM NOSHIRLIK ISHI 1-BOB. NASHRIYOTLAR VA NOSHIRLIK MUASSASALARI, NASHR TURLARI • Nashriyotlarning mustaqillikkacha bo‘lgan tuzilishi. • Nashriyotlar ixtisoslashuvi. • Birlashgan nashriyot. • Nashriyotlar ichki tuzilishi. • Qayta shakllanish. • Yangi nom, yangicha faoliyat. • Bozor iqtisodiyoti va noshirlik. • Nashr jarayonida ishtirok etuvchilar. • Nashr jarayonining barcha bosqichida muharrir ishiiroki. • Nashr mahsulotlarining tuzilish tarxi. • Noshirlik va kitobshunoslik. (V/.bekiston mustaqillikka erishgunga - 1991-yilga qadar nash riyotlar alohida yuridik shaxs hisoblangan. Bosmaxonalar ham mustaqil ishxona bo‘lgan. Bosmaxonalar barcha tur nashr mahsu- lotlarini ishlab chiqarsalar, nashriyotlar muayyan tur adabiyotlar chiqarishga ixtisoslashgan edi. Shunga ko‘ra nashriyotlar ular chiqar.uligan mahsulotlariga ko£ra farqlangan. Adabiyct turlari bo yicha keng ko‘lamli va ixtisoslashgan. Tasarmfidaligiga ko‘ra esa davlat, tashkilot (muassasa) va xususiyga ajraladi. Ilgari (1991 -yilgacha) “0 ‘zbekiston” nashriyotida bir necha tur - siyosiy, ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, iqtisodiy, falsafiy, tarixiy va xarbiy mavzulardagi, ma’lumotnoma adabiyotlar, shuningdek, kalendar, plakatlar chiqarilgan. “Ensiklopediya” nashriyoti faqat ensiklopedik (umumiy, sohaviy ensiklopediyalar, ensiklopedik lug‘atlar), “Fan” nashriyoti ilmiy adabiyotlar, “0 ‘qituvchi” nashri yoti o‘rta maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun faqat o‘quv adabiyotlari chiqarar edi. Boshqa nashriyotlar ham to‘- liq ixtisoslashgan bo‘lib, muayyan tur adabiyotlar chiqargan. Al- batta, yuqoridagi tur tasnifimiz nisbatan shartli. Bundan tashqari qat’iy buyurtma asosida nashriyotlarda ixtisoslashuvi doirasiga kirmaydigan nashr mahsulotlari ham chiqarilgan. Adabiy asarlar chop etuvchi nashriyotlar bilan bir qatorda gazeta va jumallar chop etadigan Birlashgan nashriyot ham faoliyat yuritgan. 0 ‘zbekistonda nashr etiladigan barcha markaziy gazeta va jumallami chiqarish shu nashriyotning monopoliyasida edi. Nashriyotlar asosan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan: - kitob tahririyati bo ‘limlari. - qo'lyozmani ко ‘chirib bosish bo‘limi (mashinkada yozuvchi- lar bo ‘limi). -grafika, rassomlar, badiiy tahrir bo 'limi. -fotolaboratoriya. - musahhihlar bo ‘limi. - kutubxona. - ishlab chiqarish bo ‘limi. - reja-iotisod bo ‘limi. - buxgalteriya. - kadrlar bo ‘limi. - yuridik xizmat. - та ’muriy -xo ‘jalik bo ‘limi va boshqalar1. Bugunga kelib nashriyotlaming tarkibiy bo‘lim, bo‘linmalari alohida olingan har bir muassasaning ish hajmi, nashrlar tavsifi, turi va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra belgilanadi. Nashriyot bo‘ysu- nadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tilgandan so‘ng 0 ‘zbekistondagi barcha davlat tasarufidagi nashriyotlar, bosmaxonalar qayta tashkil- lashtirildi. Endilikda nashriyot, bosmaxonalar birlashib, aytish mumkunki, yirik ishlab chiqarish birlashmasi - nashriyot-matbaa ijodiy uylari yuzaga keldi. Ular yagona axborot-matbaa agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. Albatta, bunday yirik nashriyotlar o‘ziga xos murakkab tuzilishga ega. Masalan, “0 ‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodiy uyiga umumiy rahbarlikni bosh direktor amalga oshiradi. Uning tarkibida bir nechta direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va hokazo ma’muriy-boshqaruv xodimlari faoliyat ko‘rsatadi. Ixtisoslashuvidan qat’iy nazar nlarda boshqa tur adabiyotlar ham chop etilmoqda. Xususan, ensiklopedik asarlar chiqarishga ixtisoslashgan nashriyot o‘quv adabiyotlari, hatto badiiy asarlami ham nashrdan chiqarmoqda. Nashriyot-matbaa ijodiy uylari tar kibida tijorat (kitob savdosi), reklama, marketing bo‘limlari ham mavjud. Ba’zi nashriyotlarda ayrim mustaqil bo‘limlar vazifasini maxsus xodim bajarmoqda. Kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlarda tahrir bilan shug'ullanuvchi bo‘limlar asosiy tarkibiy Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling