Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

muallifning 
bilim saviyasi, dunyoqarashi, izlanishlari xususida ob’yektiv 
ma’lumotga ega bo'ladi. Shunisi ayonki, muallifning o‘zi haqida 
yoki tanlagan mavzusida asar yaratishi maqsadga muvofiqligini 
isbotlashi, nashriyot uchun muhim emas. Undan boshqa narsa -
kitobning mavzuini va belgilangan maqsadini aniq ifoda etishligi, 
mufassal tuzilgan reja, tasvirlar beriladimi, agar beriladigan bo'lsa, 
ilmiy ma’lumotnoma apparatining tavsifini belgilash talab etiladi.
Asar rejasi tarhning asosiy qismini tashkil etadi. Lekin rejalar 
turlicha bo‘ladi. Masalan, oddiy reja - bunda mavzuni ochib berish- 
ning asosiy yo‘nalishlari, muhim jihatlari aytib o‘tiladi.


Mufassal reja-burejauchun barcha asosiy masalalar bayonidan 
tashqari, juz’iy masalalar tafsiloti ham xosdir. Nihoyat, tezislari 
bilan mufassal rejada esa asosiy qoidalar sharhi bo‘ladi, bu - asar 
mazmuni, asosiy g‘oyasini ancha to‘liq tasawur etish imkonini 
beradi. Tarh uchun so'nggi xususiyat eng maqbul hisoblanadi.
Xo‘sh, muharriming nashriyotda asar tarhi ustida ishlashi 
qanday natijaga olib keladi? Asosan, asarni baholashga. Bu shub­
hasiz, muhim va jiddiy e’tibomi talab etadi. Agar muharrir jiddiy 
tuzatishlar, qayta ishlashni talab etadigan tarhni ma’qullab qo‘ysa, 
muallifhi to‘g‘ri mo‘ljaldan chalg‘itgan bo‘ladi, agar u tarh 
ma’qullangan, shuning uchun asaming asosi hisoblanadi desa haq 
bo‘ladi.
Asar tarhini baholashda, birinchi galda uning mazmuniga e’tibor 
beriladi. Muallif o‘z ijodiy niyatini amalga oshirishda bayonning 
qanday shaklini tanlagan bo'lmasin tarh-hujjat asar g‘oyaviy 
yo‘nalishi, foydalaniladigan metodologik usullar, mavzuni ochib 
berishlik qanday boshlanishi, materiallami to‘laqonli qamrab 
olishlik ko‘lami haqida yaqqol tasaw ur berishi kerak. Ishning 
tuzilishi (tarkibiy qismlari), asos (faktik) materiallar qay tartibda 
bayon etilishi, ulardan asosiy va ikkinchi darajali, o‘rinli (muvaf- 
faqiyatli) farqlanganligi haqida mulohaza bildirilganligi ham aha- 
miyatga ega.
Tarh mazmuni bilan tanishish (mazkur hujjat garchi ancha 
qisqa tuzilgan bo‘lsa-da) muallifiiing ijodiy (adabiy) salohiyatini 
ma’lum darajada baholash imkonini beradi. Agar zarurat paydo 
bo'lsa, nashriyot asar tarhini, mutaxassisga taqriz uchun berishi 
mumkin. Keyinchalik ana shu mutaxassisni qo‘lyozma bilan


tanishishi maqsadga muvofiqdir. Bunday amaliyot, albatta, o‘zini 
oqlaydi, chunki nashriyot vakolatli, ishning mohiyatini anglagan 
holda ishga kirishish jarayonidayoq muallifga to‘g‘ri yo‘nalishni 
tavsiya eta oladi. Agar mavzu ancha murakkab bo‘lsa, asar tarhi 
tahririyat jamoasi tomonidan mutaxassis maslahatchilar ishtirokida 
muhokama qilinishi mumkin.
Tahririyot - nashriyot amaliyotida, tajribadan ma’lumki, mu­
harrirlar asar tarhini tahlil qilishda, mufassal bo‘lmagan rejaga 
ko‘proq duch keladilar. Odatda, u qism, boblar, ya’ni asar ruknlari 
(sarlavhalar)ning ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Afsuski, har doim 
ham ruknlar (sarlavhalar) o‘zi taalluqli qism mazmuni bilan man- 
tiqan uyg‘un bo‘lavermaydi. Bunday hujjat, tabiiyki, muallifga 
qaytarilishi kerak. Muallif bunday vaziyatda o‘z bo'lajak asarida 
yoritiladigan asosiy masalalami tezislar tarzida taqdim etishi 
kerak bo‘ladi. Agar muallif asar tarhini qayta ishlab topshirganida 
ham nashriyot talablarini qondira olmasa, unda u mazkur mavzu 
bo‘yicha asar yozish uchun tayyor emasligini ko‘rsatadi. Natijada 
asarni rejaga kiritish keyinga suriladi, shunda ham qoniqarli 
ma’lumot olinmasa rad etiladi.
Agar aksincha bo‘lsa, ya’ni reja haddan tashqari kengaytirib 
yuborilgan, unda ikkinchi, uchinchi darajali faktlarga keng o'rin 
berilgan bo‘lishi ham ijobiy hoi emas. Muallif bunda asosiy 
faktlami to'liq ko‘rsatmagan bo,‘lad Bunday vaziyatda muallifni 
ogohlantirish, xatoga yo‘l q o ^ li^ jn i oldini olish muharriming 
muhim vazifasi hisoblanadi. Ayrim asar tarhlarida qismlararo 
hajmiy mutanosibsizlik uchraydi. Muallif ba’zi masalaga ko‘proq 
ahamiyat beradi va uni mufassal yoritishga harakat qiladi. Bunda


muammoning ayrim tomonlariga sub’yektiv yondashish kuzatiladi. 
Bunday hollarda muharrir muallifga har bir qism hajmini aniq 
belgilab olishni maslahat berishi kerak. Bundan tashqari undan 
boblaming birinchi yozilganini ko‘rib chiqish uchun topshirishni 
iltimos qilish lozim.
Asar tarhining tahlili va unga berilgan baho muharrir xulosasida 
o‘z aksini topadi. Yuqoridagilardan muddao bir yoki bir necha 
muallif tomonidan yangi, o‘ziga xos asar yaratilishidir.
Nashr mahsuloti, aytish kerakki, turli-tuman: darslik, o‘quv qo‘l- 
lanma, monografiya (barcha sohaga oid), ma’lumotnoma, ensiklo- 
pediya va lug‘atlar, badiiy asarlar va hokazo. Ulaming barchasi o‘ziga 
xos xususiyatga ega. Bu nashrlaming barchasi, tabiiyki, o‘z xususiyati 
bilan boshqalaridan ajralib turadigan tarh asosida yaratiladi. Aytaylik, 
ensiklopedik nashrlar tarhi vazifasini so‘zlik bajaradi.
Ensiklopedik nashrdagi har bir termin (maqola sarlavhasi) haqida 
so‘zlikda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: maqolaning aniq 
sarlavhasi; qisqacha annotatsiya (bunda, odatda, fan sohasi, adabiy janr, 
tarixiy davr va h.), maqola nima haqidaligi termindan aniq anglashilib 
tursa, annotatsiya berilmaydi; maqola hajmi belgilarda; bibliografiya 
berilishi yoki berilmasligi; maqolaga tasvir ilova qilinadimi yo‘qmi; 
chizmalar, xaritalar, suratlar, karta-chizmalar. Agar sarlavha quruq o‘zi 
bo‘lsa, qaysi maqolaga havola qilinishi ko‘rsatiladi.
So‘zlikda nashming g‘oyaviy yo‘nalishi, fanlar tasnifi haqidagi 
ma’lumot, ma’lumotnomaning tuzilishi o‘z aksini topadi. So‘zlik 
tuzish ko‘p mehnat va kunni talab etadi. Shunga ko‘ra uni tuzishga 
hamisha mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Nashming 
maqsad va vazifasini albatta hisobga olish zarur.


So‘zlikka terminni tanlash uni tuzuvchilardan, muharrirdan 
yuksak malaka va tajriba talab etadi. Shundagina terminlar o‘z 
о ‘ mini topadi. Bu masalalami hal etish tahrir hay ’ atidan ham yuksak 
mas’uliyat talab etadi. Mana shuning uchun ham so‘zlikni tuzishda 
muharrirlar, mualliflar, muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, tash- 
kilotlar ishtirok etadi. So‘zlik mutaxassislar tomonidan taqrizlanadi, 
bundan tashqari, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
Darsliklar tarhi o'ziga xos xususiyati bilan boshqalardan ajralib 
turadi. Bunday nashrlar rejasi bo‘lib o‘quv dasturi hisoblanadi. 
Darslik tarxida у ana uning umumiy hajmi va ayrim qismlar har 
birining hajmi alohida ko‘rsatiladi. Nashr qismlarining hajmi dars- 
lar, shu qismni tashkil etgan mavzuni o‘rganishga ajratilgan soat 
miqdoriga asosan belgilanadi. Bulardan tashqari, agar, zarurat 
bo‘lsa, tarxda, odatda, kitobda, qaysi qismlar majburiy (asosiy), 
qaysi qismlar ixtiyoriy (fakultativ)ligi qayd etiladi. To‘plamlar 
(xrestomatiyalar), tazkira (antologiya)laming tarxi alohida talablar 
asosida tuziladi. Shunday nashrlami tuzuvchilar materialni 
tanlash, 
ulami kitobda joylashtirishning tamoyilini tushuntirishadi. 
Shuningdek, to‘plamlardagi har bir maqola (materialning) hajmini 
ko‘rsatishlari shart.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Mumtoz va taijima asarlar nashri qanday kechadi ?
2. Nashriyot va mualliflik xuquqi to‘g‘risida nima bilasiz ?
3. Asar tarhi nima ?
4. Asar tarhining tahlili nima uchun kerak, u bilan kim shug‘ul- 
lanadi ?


5-§. Muallifning qo‘lyozma ustida ishlashi.
• Asar qo‘lyozmasi ustida ishlash.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling