darslik, yozuvchining har bir tanlangan asari, olimning, davlat,
jamoat arbobining asari, umuman har bir kitob, agar uning hajmi
15 muallif taboqdan yuqori bo‘Isa (badiiy asar, bolalar kitoblari
bundan mustasno), u yoki bu ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak.
Lekin asaming turiga ko‘ra ko'rsatkich ham turlicha, o‘zi taalluqli
bo‘lgan asargamosi beriladi. Masalan, ijtimoiy, gumanitar asarlarda
ismlar va narsalar ko‘rsatkichi bo‘lishi maqsadga muvofiq; tabiiy-
ilmiy asarlarda ko‘p jihatli narsalar ko‘rsatkichi berilishi lozim;
asarlar to‘plamida asarlar ko‘rsatkichi; darsliklarda bir xil - yagona
ko‘rsatkichlar berilishi kerak.
Ko‘rsatkichlarning hajmi qancha bo‘lishi, hozirgi zamon kitob-
shunosligida asar tahliliy mazmunini bera oladigan, lekin ko‘p
joy egallamasligi, o‘rtacha hajmdagi ko'rsatkich nashr hajmining
2-3% ni tashkil etishi, ayrim hollardagina 5%ga borishi mumkinligi
qayd etilgan. Endi, ko‘rsatkichda nimalar beriladi? Asar to‘liq
bag‘ishlangan ismlar, narsalar ko'rsatkichga kiritilmaydi. Shuning-
dek, ko‘rsatkichni tasodifiy ismlar, nomlar (kitobda uchragan) to‘l-
dirib ham yuborilmaydi. Har bir ism, nom ortida aniq ma’lumot
beruvchi matn parchasi bo‘lishi kerak.
Ruknlar joylashuvidagi alifbo tartibini aniqlash muharriming
vazifasi hisoblanadi. Alifbo tartibidagi ko‘rsatkichlar turlicha
bo'ladi: harfma-harf yoki so‘z ketidan so‘z tarzida.
Ko‘rsatkich havola qilingan sahifa aniq belgilangan taqdirda
to‘laqonli hisoblanadi. Shuning uchun har bir havolaning matndagi
muayyan joyga mos kelishligini tekshirish muharrirdan chidam
talab etadi, bu ish nihoyatda diqqat-e’tibor bilan bajarilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |