Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

m e ’y o r la r ig a
to‘liq javob bera oladigan 
bo‘lishini talab etishga haqligini emas, balki majburhamdir. Lekin, 
buni qanday amalga oshirish kerak? Buyruqni so‘zsiz bajarish -
itoat etish tarzidami? Muassasaviy tartibga ko‘ra shunday lekin, 
ikkinchi ko'rinishham mavjud-asosli, do‘stonatavsiyako‘rinishida. 
Muharrirlik ishining mohiyatiga ikkinchi ko'rinish ko‘proq mos 
keladi. Muharrir bilan muallif o'rtasidagi munosabat boshliq bilan 
unga bo‘ysunuchi o‘rtasidagi munosabatga o‘xshamasligi lozim. 
Muharrir hech qachon muallifga ma’muriy tazyiq o‘tkazmasligi 
kerak. Uning eng ishonchli vositasi ishontirish. Agar bundan 
oqilona foydalansa, yaxshi natijaga erishishi shak-shubhasiz.
Endi, aksi ham bo‘ lishi mumkin. Ishontirishlar muallifga ta’sir 
etmaydi, u qaysarlik bilan o‘z fikrida turib oladi. Bunda muharrir 
uchun yangi vaziyat yuzaga keladi. Birmchisida, agar muharrir o‘z 
fikri to‘g‘riligiga qat’iy ishonsa, bahsni yuqori bosqichga chiqaradi 
bo'lim boshlig'i, bosh muharrimi munozarani hal etishga chaqiradi. 
Mabodo, o‘z nuqtai nazariga ishonchi unchali mustahkam bo‘lmasa, 
da’volarini yana bir karra chuqur o‘ylab ko‘rishi, ehtimol ulami 
o'zgartirishi mumkin.
Muallif muharriming fikriga qo‘shilmasdan o‘z so'zida qat’iy 
bo‘Isa, bu ikki nuqtai nazarga ko‘ra baholanishi mumkin: birinchisi, 
muharrir o‘z maqsadini etkaza olmagan, ikkinchisi, muharriming 
fikri kamchiliklardan xoli-nuqsonsiz emas. Har ikki holda ham 
qayta ko'rib chiqish va chuqur mulohaza talab etiladi.
Muharriming sobitliligi ham oydinlikni talab etuvchi masala 
hisoblanadi. Muharriming sobitligi, asosan, milliy mafkurani iz-


chillik bilan hayotga tadbiq etishda, yurt manfaatlariga sodiqlik, 
huquqiy kuchli davlatdan fuqarolik jamiyatiga o‘tish g‘oyasiga 
og‘ishmay amal qilishda namoyon bo‘ladi. Uning g‘oyaviy e ’ti- 
qodi, milliy g‘ururi, yuksak ma’suliyatni xis etishligi ishdagi har 
bir jumlada aks etishligi lozim.
Lekin, shu bilan birga sobitlikni qay sarlikdan farqlay bilish kerak. 
Sobitlik har qanday ikir-chikir nuqsonlarga yopishib olish, injiqliklar, 
har ehtimolga qarshi muxofaza va bo‘lar-bo‘lmas shubhalardan holi 
bo‘lishi zarur. Ortiqcha ehtiyotkorlik, shubha bilan qarashlik, bular 
muharrir bilan muallif hamkorligiga putur etkazadi, muallifda o‘z 
hamkori - muharrirga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otadi, oxir-oqibat 
qo‘lyozmani nashrga tayyorlash ishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Muharrirning o‘z tanqidiy fikrlarini qay tarzda bayon etishligi
muomala yo‘sini, muharrirlik - noshirlik odobi muallif - muharrir 
hamkorligida sezilarli ahamiyat kasb etadi. Muharrirlik odobi 
tanqid odobi bilan ancha umumiy jihatlarga ega.
«Adabiy asarlar xususidagi fikrlar tanqidchi zimmasiga muayyan 
ma’naviy mas’uliyat yuklaydi, achchiqqina tegadigan, xalollik, 
dalillanganlikni talab etadi. Har qanday chandib olish, me’yordan 
oshirib yuborish, asossiz qiyoslash, iqtldorini o‘z bilganicha olish, 
bir yoqlama (o‘z g‘oyasi, nuqtai nazari, saviyasi doirasida) yonda­
shish, yorliq osish, quruq so‘zdan iborat da’vo - adabiy asar tub 
mohiyatiga mutlaqo munosib emas»4.
Lekin, oldida to‘la yakunlangan, o‘quvchi hukmiga havola 
qilingan asar turgan tanqidchidan farqli o'laroq muharrir kitobning 
yaratilishi jaroyonida bevosita ishtirok etadi, bu jaroyonga faol 
ta’sir ko‘rsatadi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling