Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
l-§ . Nashriyotning asl nusxasini tayyorlash
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
- Bu sahifa navigatsiya:
- • Takroriy sidirg‘a o ‘qish. • Nashriyot asl nusxasi -yu ridik hujjat.
- Bir sidra oqish
l-§ . Nashriyotning asl nusxasini tayyorlash.
• Muharriming ishlab chiqarish bo ‘limi xodimlari bilan ham- korligi. • Qo‘lyoznta ustida bajarilgan barcha ishlami tekshirib chi- qish. • QoUyozmani bir sidra o ‘qishda uchraydigan asosiy kam- chiliklar. • Takroriy sidirg‘a o ‘qish. • Nashriyot asl nusxasi -yu ridik hujjat. Matbaa texnika vositalarida bosish uchun bosmaxonaga top- shirishga to‘liq tayyorlangan qo‘lyozma noshirlik amaliyotida 115 asl nusxa deb ataladi. Nashriyot asl nusxasi muhim xujjat bo‘lib, korrektura nusxalarini tekshirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Asl nusxani tayyorlash o‘ta mas’uliyatli ish. Asl nusxalar yozuv (grafika) jihatidan turlicha bo‘ladi. Shulardan eng asosiysi, yozuv texnikasida bajarilganidir. Awalgi boblarda asl nusxani tayyorlashning ba’zi jihatlari aytib o‘tilgan. Matnga tuzatish kiritish (ma’noviy, uslubiy), qo‘lyozmani yozuv texnikasida ko‘chirish, bosilgan matnni qoralama nusxa bilan solishtirib o‘qish shular jumlasidandir. Nashr jarayonidagi ishlab chiqarish bosqichi bilan bog‘liq mu- him vazifalardan bo'lib, qo‘lyozma ustida bajarilgan barcha ijo- diy va texnik ishlar me’yorida ekanligini tekshirish uchun bir sid ra o‘qish, matnni bosish va qo‘lyozmani sahifalash hisoblanadi. Keyingi ishlami badiiy va texnik muharrirlar bajaradi, bu jarayon xususida maxsus to‘xtalib o‘tmaymiz. Bir sidra o'qish qo‘lyozma ustida ishlashning davomi va bu ishlami yakunlovchi hisoblanadi. Darslikning “Muallifdan qo‘lyozmani qabul qilish” qismida asosiy qoidalar bay on etilgan bo‘lib, u qismda aytilganlarga ba’zi narsalami qo‘shish kerak, xolos. Matnning barcha unsurlarini tayyorlash va matn ichiga - joy- joyiga kiritish texnika vositalarida amalga oshirilmoqda. Bu ishlar bilan muharrirdan tashqari badiiy muharrir (dizayner), texnik muharrir (nashriyotda), shuningdek, bosmaxonadagi boshqa mutaxassislar shug‘ullanmoqda. Shunga ko‘ra bir sidra o‘qib chiqish barcha qilingan ishlami yaqqol tasawur etish uchun zarur. Izohlar, tasvir osti yozuvlari, sarlavhalar, chizmalar, tenglama (formula) ning matn bilan uyg‘unligi va o‘z o‘midaligiga hamisha ham birdek erishib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra asl nusxani tayyorlash uchun aniq talablar mavjud. Asl nusxa to‘la-to‘kis mujassam holda bo‘lishi lozim. Unda asosiy matn; sarlavha (rukn); bosh (titul) varaq unsurlari (titul, old titul, shmus titul); jadvallar; formulalar; izohlar; qo‘shimcha matnlar (bular kitobda, boshqa o‘lchamdagi harflarda beriladi); kolontitul; tasvir osti yozuvlari; mundarija; ma’lumotnoma-eslatmalar (boshqa o‘lchamdagi harflarda beriladi); nihoyat suratlar jamuljam holatda bo‘ladi. Nashr jarayonining muhim vazifalaridan biri hisoblanmish bir sidra o'qishdan maqsad tahrirdan so‘ng, ko‘chirib bosish, solishtirib o‘qishlardan keyin ham uchrab qoladigan xato, kam- chiliklami bartaraf etish, qo‘lyozmani rasmana holga keltirish uchun tartibga solishdir. Bu degani qo'lyozmadagi barcha harf va belgilar aniq, ravshan bo‘lishiga erishish, ko‘z xatolar, imlo xatolar, gramatik xatolami tuzatish, shartli belgilar, qisqartmalami bir xillikka keltirish, sarlavhalaming matn bilan, ruknlarni boblar, havolalaming havola qilingan manba bilan mazmunan mosligini, uyg'unligini, jadvallar va tasvirlaming tartib raqamlarining to‘g‘ri- ligini tekshirish, matn ichidagi izohlar, bibliografik sharhlar, alifboli ko‘rsatmalar va boshqalami tekshirib chiqish demakdir. Qo‘lyozma ustida ishlar ekan bir sidra o‘quvchi nihoyatda tajribali bo‘lishi kerak, odatda, bu ish bilan tajribali nazoratchi musahhihlar shug‘ullangan.Ular muallif tomonidan yo‘l qo'yilgan, muharrir tomonidan o'tkazib yuborilgan ancha jiddiy xato va nuqsonlami ham payqab qolganlar. Bunday kamchiliklar ko‘pincha distant xatoliklar bo‘lib, bir o'rinda bildirilgan fikr boshqa bir o‘rindagi fikrga zid kelib qolishi, aniqlikning yetishmasligi, til va uslubga oid kamchiliklardir. Bular barchasi sahifa chetida qayd etiladi, so‘ng muallif va muharrirga xabar qilinadi. Qo‘lyozmani diqqat bilan bir sidra o'qish keyinchalik asl nusxa bilan solishtirib o‘qishdagi ortiqcha tuzatishlar qilishning oldini oladi. Albatta, nashr jarayonining har bir bosqichida amalga oshiriladigan barcha ishlaming o‘z qoidasi bo‘lgani kabi, bir sidra o‘qishning ham o‘z yo‘rig‘ i bor. Shulardan ba’ zilarigato‘xtalib o‘tamiz. Awalo, bir sidra o‘qishning umumiy usuli xususida so‘z yuritamiz. Asl nusxani bir sidra o'qishni musahhih (yoki boshqa vakolatli mutaxassis) uning jamuljam va shakliy jihatdan me’yorida ekaniigini tekshirishdan boshlaydi: barcha sahifalar mavjmfligi, tasvir materiallar to'liqligi - shulami aniqlaydi. So‘ng asl nusxa bilan tanishish boshlanadi: bosh varaq, mundarija diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi, annotasiya, so‘z boshi, ba’zan ayrim qismlar o‘qib chiqiladi. Bular ish haqida, uning mazmun mundarijasi, auditoriyasi haqida umumiy tasawurga ega bo'lish imkonini beradi. Bir sidra o‘qib chiqish muvaffaqiyatini tahririyat ishlab chiqqan maxsus yo‘riqnomalar, asardan foydalanish tartibi haqidagi eslatmalar, qabul qilingan qisqartmalar, shartli belgilar na’munasi ta’minlaydi. Bular shunday hujjatlarki, ularga asoslanib muharrir yoki musahhih, bir sidra o‘qishni umumiy yo'nalishini belgilaydi, adabiy til va uslub me’yoridan chetga chiqishlikning oldini oladi. Ensiklopedik nashrda nashr tabiatidan kelib chiqib bir emas, bir nechta bir s; dra o‘ quvchi tayinlanishi mumkin: masalan, ulardan bin faqat qisqartmalami, ikkinchisi havolalarni, uchinchisi biografik materiallami o‘qish va o‘z sohasi uchun mas’ul bo‘lishi mumkin. Shunda har xillikka yo ‘ 1 qo ‘ yilmaydi, bir sidra o‘ quvchining e’tibori bir turdan boshqa tur o‘qishga o‘tish tufayli chalg‘ishining oldini oladi, hato o‘tkazib yuborishlik ehtimoli deyarli barham topadi. Asl nusxani (nashriyot nusxasini) dastlabki bir sidra o‘qishning, umuman, to‘rt asosiy jihatini ko‘rsatish mumkin. Belgilanganidan boshqacha shakldagi harflar, raqamlar va belgilarga e’tibor berish; qo‘lyozma imlosi, tinish belgilari o‘ziga xosligini to‘g‘ri idrok etish; matnning takrorlanuvchi va bir xillikni talab etuvchi unsurlari - ismlar, nomlar, sanalar, iqtiboslar, jadvallar, bibliografik havolalar, ko‘rsatkichlar va boshqalaming farqli bo‘lmasligi; nihoyat, muallif bayon usuli, jumla tuzish tarzidagi o ‘ziga xoslikni ilg‘ab olish. Asl nusxani bir sidra o'qishning o‘ziga xosligi, uni belgilangan tartibda o'qishlikda ko‘rinadi. Shuningdek, uning murakkabligi - o‘qish jarayonida ko‘p e’tibor berish kerak btfEsfaida. Masalan, harflar, tinish belgilari, yozilish uchun qabti) qilingan shaklga muvofiqligi, izohlar aniqligi, izoh belgisi kerakli o‘‘rindami va bosh qa yana ko‘p jihatlarga e’tibor berish zarurdir. Shu narsa ayonki, bunday vazifani bajarishlik oson emas. Noshirlik ishidagi tajribadan shu narsa ma’Iumki, bir sidra o‘qib chiqish takroriy bo‘lishi mumkin. Birinchi galda bir turdagi, takrorlanuvchi unsurlami matn mazmunidan kelib chiqib tekshi- riladi. Ikkinchi galda jumlalar kamida ikki marta o‘qiladi: dastlab yozilganning umumiy mazmunini ilg‘ab olish va o‘qishni uzib qo‘ymasdan ayrim xato va kamchiliklami tuzatib ketish uchun; so‘ng - uslubiy, ma’noviy va yana boshqa qanday dir xatolami aniqlab olish uchun o‘qiladi. 0 ‘qishning uchinchi usulida bir sidra o‘quvchi bir turdagi matndagi barcha takrorlanuvchi unsurlami belgilab oladi. Bu ishni u ular bir xillikka keltirilganini yoki yo‘qligini aniqlash uchun amalga oshiradi. Qo‘lyozmani o‘qir ekan bir sidra o‘quvchi ko‘pgina murakkabliklarga duch kelishi mumkin. Misol uchun imlo va tinish belgilami olaylik. Bir qarashda hech qanday qiyin joyi yo‘qdek, imlo lug'atlar, qo‘llanmalar etarli. Diqqat bilan o‘qib chiq va hammasini yagona shaklga keltir. Lekin, aslida bular hammasi ancha murakkab. Til me’yorlariga va hatto to‘g‘ri yozish qoidalariga rioya qilish - ancha nozik, ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi. Mana qiziqarli bir misol: matbuot sahifalarida, adabiy asar mantlarida ham bu misol ora-sira ko‘zga tashlanib qoladi: Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling