Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Benzinlarning asosiy xossalari va ularni dvigatel
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
2.2. Benzinlarning asosiy xossalari va ularni dvigatel
ishiga ta’siri Benzinlarning asosiy fizikaviy-kimyoviy xossalariga zichlik, qovushqoqlik, bug‘lanuvchanlik va to‘yingan bug‘ bosimi xossalari kiradi. Benzinlarning zichligi yonilg‘ining karbyuratsiyalanish xos salariga ta’sir ko‘rsatadi. Benzinning zichligi qancha katta bo‘lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta bo‘ladi. Bunday yonilg‘ining havo oqimi ta’sirida parchalanishi (tomchilar katta bo‘ladi) va bug'lanishi yomon bo‘ladi. Natijada kerakli tarkibdagi yonuvchi aralashma olib bo‘lmaydi. Benzinlarning zichligi 20°C da 0,690-0,742 g/sm 3 bo‘lib, haroratning o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgaradi. Benzinlarning zichligi areometr asbobida aniqlanadi. Benzinning yonuvchi aralashma tarkibida silindrdagi ish sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri- qovushqoqlik xossasidir. Neft mahsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik ichki ishqalanishning solishtirma koeffitsiyenti v ко‘rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik bir xil haroratdagi dinamik qovushqoqlikni (ri)suyuqlik zichligi (p)ga nisbatiga teng, ya’ni v=r]/p. Benzinlarning qovushqoqligi kamayib ketishi yoki oshib ketishi aralashma hosil bo‘lishiga va yonilg‘ining yonish protsessi buzilishiga olib keladi. Yonilg‘ining qovushqoqligi qancha past b o isa, u havo bilan shuncha yaxshi aralashadi va havo kam bo‘lganda ham yonilg‘ining to‘la yonishi ta’minlanadi. Yonilg‘ilaming asosiy xossalaridan biri bugHanuvchattlik hos- sasi bo‘lib, yonilg‘ilaming sifati ko‘rsatiladigan pasportlarda bug‘la- nuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi. Benzinning fraksion tarkibi uning karbyuryatsiya jarayonidagi to‘liq bug‘lanishi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Neftdan olingan barcha yonilg‘ilar turli qaynash haroratiga ega bo‘lgan uglevodorodlaming murakkab aralashmasidir. Masalan, 32 benzin 35-200 °C da, dizel yonilg‘isi esa, 170-350 °C haroratda qay naydi. Qishki sort yonilg‘ilar yengil fraksion tarkibga ega bo‘lib, past haroratda bug‘lana boshlaydi. Yonuvchi aralashmaning sifati benzinning bug'lanish darajasiga bog‘liqdir. Fraksion tarkib ben zinning umumiy hajmi bilan uning haydalish harorati orasidagi bog‘liqlikni belgilaydi. Fraksion tarkib maxsus asbobda 100 ml yonilg'ini qizdirib aniqlanadi ( Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling