Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
Harorat
С 2.2.-rasm. Yonilg‘i haydashning egri chiziqlari: 1-qishki benzin; 2-yozgi benzin, 3-qishki dizel yonilg ‘isi, 4-yozgi dizel yonilg'isi, 5-avaatsiya benzini. Ta’minlash tizimining normal ishlashiga xalaqit beradigan haroratda ikki xil omil mavjud, birinchisi - benzin to‘yingan bug‘larining o‘rtacha bosimi va ikkinchisi 70 °C da bug‘lanadigan fraksiyalar miqdoridir. Ba’zi yonilg‘ilaming haydash egri chizig‘i 2.2-rasmda ko‘r- satilgan. Benzinning bug‘lanish jarayoniga uning qovushqoqligi, zichligi, sirt tarangligi ta’sir ko‘rsatadi, bu jarayon asosan haroratga bog‘liq bo‘ladi. Benzinlarning yengil fraksiyalari (egri chiziqda 10% yonilg‘ining qaynay boshlashidan to qaynab bug‘languncha bo‘lgan oraliq) yurgizib yuborish frakiyalari deb ataladi. Bu fraksiyalaming ma’lum miqdori dvigatelni yurg‘izib yuborish va qizdirish uchun kerak bo'ladi. Agar benzin yomon berkitilgan rezervuar va baklarda saqlansa, bug‘langanda uning yurg‘izib yuborish xossalari keskin yomonlashadi. Yonilg'ida osongina bug‘lanadigan fraksiyalaming juda ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Bu xolda karbyuratorli dvigatel- larning yonilg‘i naychalarida bug‘lar tiqilib qoladi va buning natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o‘ta qizib ketadi, quw ati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin bo‘lmay qoladi) dizel dvigatellarida esa yonilg‘i kuchli yonshiga olib keladi. Bu hodisa ko‘pincha qishki sort benzinlarini yozda ishlatganda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham yengil fraksiyalaming miqdori cheklanadi, benzin qaynay boshlash harorati 35°C dan past bolm asligi lozim. Benzindagi yengil fraksiyalar qaynay boshlagan harorat bilan og‘ir fraksiyalaming qaynashi to'xtagan harorat oralig‘i benzinning ekspluatatsion xossalari uchun katta ahamiyatiga ega. Bu oraliq qancha qisqa bo‘lsa, dvigatelni yurgizib yuborishga shuncha kam vaqt sarflanadi va dvigatelning tirsakli vali aylanish tezligini oshirish xususiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Dvigatelning bu xususiyatlari benzinning mediana issiqligi deb ataladigan qaynash harorati bilan, ya’ni benzin tarkibidagi fraksiyalaming 50% bug‘lanadigan harorat bilan aniqlanadi. 2.3-rasm. Benzinning fraksion tarkibi egri chizig‘i Yonilg‘ining 10 % dan 95 % gacha qismi qaynab bug‘lana- digan harorat uning asosiy qismining bug‘lanishini xarakterlaydi. U ish fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish xarakteri, qizish muddati karbyuratorli dvigatellarni bir ish rejimidan boshqasiga tez o‘tkazish imkoniyati (yonilg‘ini qabul qiluvchanligi) ish fraksiyasiga bog‘liq. Standartda ish fraksiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan norma- lanadi. U qancha past bo‘lsa, yonilg‘ining tarkibi shuncha bir xil bo‘ladi hamda dvigatel shuncha turg‘un ishlaydi. Nihoyat, haydash jarayoni oxiridagi harorat ta’sirida og‘ir frak siyalar to‘la bug‘lanadi va bu harorat dvigatelning xizmat muddatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar haydash harorati 205°C ga yetganda benzinda ishlovchi dvigatel qismlarining yeyilish tezligi 100 % ni tashkil etadi deb qabul qilsak, 160 °C da u 60% ga, 230 °C da 150% ga teng bo‘ladi. Benzin tarkibidagi fraksiyalar uning solishtirma yonish issiqligini belgilab beradi. Aviatsiya benzinining bu ko‘rsatkichi avtomobil benzinlarining ko‘rsatkichidan yuqoridir. Shu tufayli dvigatel aviatsiya benzinida ishlatilganda ko‘proq quw at beradi. 2.1-Jadval Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling