Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
2
. 1 -rasm). Idishga 100 ml yonilg‘i olinib, haydash kolbasida qaynatiladi va bug‘ga aylantiriladi. Bug‘lar sovutilib, yana suyuqlikka aylantiriladi va o‘lchov silindriga yig'iladi. Har 10 ml yonilg‘i bug‘langandan keyin harorat yozib boriladi. Yonilg'inmg eng yengil fraksiyalari birinchi qaynay boshlaydi va bug‘ga aylanadi. Haydash vaqtida aw al benzinning qaynay boshlash harorati, so'ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bug‘lanish harorati hamda, qaynab bug'lanish oxiridagi harorati yozib qo‘yiladi (dizel yonilg‘isi uchun faqat 50 va 96% qaynash nuqtalari yozib qo‘yiladi). Bu ma’lumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarda keltiriladi. 2.1-rasm. Yonilg‘ilarning fraksion tarkibini aniqlash asbobi: 1-hayd ash k o lb a si, 2-term o m etr, 3 -so v itish a sb o b i Benzin ko‘p fraksiyali suyuqlikdir, shu sababdan uning muay- yan qaynash harorati bo‘lmaydi, ammo suv, spirt va atsetonning qanday haroratda qaynay boshlanishini aniq aytish mumkin. Benzin tarkibidagi yengil fraksiyalar atmosfera bosimi ta’sirida 30 - 40 °C dayoq qaynay boshlaydi, og‘ir fraksiyalar esa 165-205 °C dagina qaynaydi. 10 % benzinning bug‘lanishini ta’minlaydigan harorat (ti0) uning yurgizib yuborish xususiyatini ifodalaydi. Past haroratda benzinning 10 %ni bug‘latadigan birinchi eng past haroratga qo‘yidagi emperik formula bo‘yicha baho beriladi: 1 T0‘r w — tio% ■ 50 2 Bu formula karbyuratorda yurgizish qurilmasi, klassik o‘t oldirish sistemasi bo‘lgan, siqish darajasi 7,0 bo‘lgan dvigatel uchun tuzilgan. Siqish darajasi ortganda, yurgizib yuborish qurilmasi ish- latilganda, elektron o‘t oldirish tizimi qo‘llanilganda, tirsakli valning aylanish tezligi oshirilganda dvigatelni yurgizib yuborish harorati pasayadi. Lekin havo issiq kezlarda benzinning past haroratda qaynay boshlashi juda xavfli hisoblanadi, yong‘in chiqish xavfi ortadi, benzin bug‘lanib isrof bo‘ladi, benzin trubasida, benzin nasosida yengil fraksiyalar qaynay boshlaydi, natijada bug‘dan iborat to‘siq hosil bo‘lib. karbvuratorga benzin o‘tolmav aoladi. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling