11
to‘plamni juft-jufti bilan kesishmaydigan teng quvvatli qism to‘plamlarga ajratish
bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin mos terminologiya va simvolikalar kiritilmaydigan
amaliy mashqlar asosida shakllanadi. Bu bo‘lish tushunchas ochishning bosh
vositasi sodda masalalarni yechishdir. Shunday ikkita masalani yechishning
mohiyati punktning boshida ko‘rib o‘tildi.
Bo‘lishning ko‘paytirishga teskari amal sifatidagi ta’rifi oshkor ko‘rinishda
berilmaydi. Bo‘lish bilan ko‘paytirish orasidagi o‘zaro bog‘lanish «Noma’lum
ko‘paytuvchini topish» temasini o‘rganish bilan o‘rnatiladi, bunda asosan
bo‘linmaning nazariy-to‘plam bayonida o‘rinli bo‘lgan ikkita ma’nosining
umumlashishi yuz beradi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: