Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi
Download 1.49 Mb.
|
Falsafadan
Aniq javob – mantiqan to’g’ri qo’yilgan savolga bildiriladigan mulohazadan iborat bo’lib, unda ishlatilayotgan tushunchalar, so’zlarning mazmuni va ma’nosi konkret va ravshan bo’ladi. Noaniq javobni ifoda etuvchi mulohazalar ikki xil ma’noli tushunchalar, so’zlarni ishlatish natijasida hosil bo’ladi. U ko’pincha sofizmlarda uchraydi. Masalan, «uyum» sofizmida sofistning «agar qum uyumidan bir dona qumni olib tashlansa, uyum saqlanadimi?» degan savoliga «ha», deb javob berishadi. Uning «YAna bir qum donasini olib tashlasak-chi? Unda ham qum uyumi saqlanib qoladimi?» degan navbatdagi savoliga ham «Ha», javobi beriladi. Bu hol, ya’ni tasdiqlovchi javob birorta ham qum donasi qolmaguncha berilaveradi. Bu yerda mantiqiy xato «uyum» tushunchasi mazmunining noaniqligidan kelib chiqadi. Mazkur tushuncha faqat uyumning ma’lum bir miqdordagi qumlar to’plamini ifoda qilishi, ya’ni o’zining hajmiga ega bo’lishi bilangina emas, balki sifatiy tavsifiga: shakliga, ko’lamiga va shu kabilarga ham, ya’ni mazmuniga ham ega. Sofist esa urg’uni uning miqdoriga beryapti. Ana shuning uchun ham javob oxir-oqibatda xato bo’lib chiqadi.
Beriladigan javob to’g’ri bo’lishi uchun ma’lum bir metodologik talablarga rioya qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1. Javob aniq, ravshan va, iloji boricha, ixcham bo’lishi shart. 2. Javob mantiqan ziddiyatsiz bo’lishi zarur. 3. Javob yetarli darajada asoslangan bo’lishi kerak. 4. Javob savoldagi noaniqlikni kamaytirishi, iloji boricha to’la bo’lishi zarur. Mantiq fanining nazariy va amaliy ahamiyati Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o’rni Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo’ladi, kishilarda ishonch-e’tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo’lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Argumentlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ishonch –e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir. Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil inson bo’lishlariga bog’liq. Bu haqda Prezidentimiz I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi». CHuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat bahs-munozara, tahlilga asoslangan to’g’ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo’l ochadi. Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning o’ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga, shu jumladan, talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to’g’ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling