Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


IV BOB. GIMNASTIKANING ASOSIY VOSITALAR


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

 
IV BOB. GIMNASTIKANING ASOSIY VOSITALAR 
4.1. Saf mashqlarva ularning tasnifi 
Saf mashqlariga - saf usullari, saflanish va qayta 
saflanish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish usullari, orani 
ochish va yaqinlash- tirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida 
jamoa bo’lib harakat qilish, ritm va shiddat hissiyotini 
tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va 
uyushqoqlik ortadi. 
Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, 
ular kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi. Bu narsa 
harbiylarning qaddi-qomati to’g’ri tuzffishida yorqin ko’rinib 
turadi. Talabalarni zalda yoki maydonchada tez vamaqsadga 
muvofiq joylashtirishga imkon beradigan saf mashqlarisiz 
gimnastika mashg’ulotlarini tasawur qilib bo’lmaydi. 
Ko’p sonli talabalar qatnasha oladigan saflanish 
turlarining ko’pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika 
chiqishlariningtarkibiy qismini tashkil qiladi. Safdagi harakatlar 
va buyruqlarning ko’pgina qismi O’zbekiston Qurolli Kuchlari 
Ustavining saf harakatlari direktivasidan, ozroq qismi esa 


55 
gimnastika mashg’ulotlari jarayonida amaliyotda qo’llaniladigan 
atamalardan foydalanilgan. 
Ushbu bobda gimnastika amaliy mashg’ulotlarida ko’proq 
uchraydigan va mashg’ulot o’tishda zarur bo’lgan saf mashqlari 
yoritilgan. Saf mashqlaridan foydalanish qulay bo’lishi uchun 
gimnastika zalida shartli nuqtalar belgilanadimarkazi, o’rtalik va 
burchaklari (10-rasm).
10-rasm. gimnastika zali 


56 
Ular zalning o’ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. 
Zalning o’ng tomoni nisbatan (eshiklar joylashgan) uzun 
tomonlaridan biri bo’lib, unda mashg’ulot oldidan guruhlar 
saflanadi (odatda, eshikdan kirishga qarama-qarshi tomonda). 
Agar zalning uzun tomonida derazalar joylashgan bo’lsa, guruh 
derazalarga orqasi bilan saflanadi. 
Saf mashqlari quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 
saf usullari
 saflanish va qayta saflanishlar; 
 joydan joyga ko’chish; 
 oraniochish va jipslashish. 
Saf mashqlarini qo’llashdagi asosiy tushunchalar 11-
rasmda ko’rsatilgan. 
11-rasm. 
Saf - talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun 
belgilangan qoidaga ko’ra tiziladi. 
Qator - shug’lanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon 
turishi. 
Ketma-ket 
qator 

shug’ullanuvchilarning bir-biri 
orqasida tizilishi. 
Boshlovchi - ketma-ket qatorda birinchi - boshida turgan 
o’quvchi (talaba). 


57 
Oxirgi - ketma-ket qator oxirida turgan o’quvchi (talaba). 
Front - shug’ullanuvchilar safning old tomoni (qatorda). 
Ichkari - front teskarisi, ya’ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-
qatorlar. 
Qanot - safning chap yoki o’ng tomoni. 
Saf chuqurligi - ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi 
o’quvchi (talaba) orasidagi masofa. 
Safkengligi - o’ng qanotdan chap qanotgacha bo’lgan 
masofa (qatorda). 
Masofa - yonma-yon turgan shug’ullanuvсhilar orasidagi 
masofa (ketma-ket qatorda). 
Oraliq - front bo’yicha shug’ullanuvchilar orasidagi 
masofa. 
Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar (guruh sardori, 
o’quv bo’limlarining boshliqlari va navbatchilar) tovush yoki 
belgilangan signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish 
orqali tuzadilar. 
Zich saf - talabalarning qatorda bir-biridan kaft 
kengligidagi (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ketlarda bir-
biridan oldinga uzatilgan qo’l uzunligidagi masofadan iborat 
safdir. 
О nisi ochiq saf - talabalarning qatorda bir qadam 
oraliqda yoki o’qituvchi belgilab bergan oraliqda joylanishidan 
iborat safdir. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling