Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


 Zallar va jihozlardan foydalanish qoidalari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

3.5. Zallar va jihozlardan foydalanish qoidalari 
Talabalar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak: 
1. Jihozlarni ehtiyot qilishlari, ularni mashg’ulotga 
tayyorlash va darsdan keyin yig’ib qo’yishlari, polga zarar 
yetkazmaslik uchun jihozlarni maxsus aravachalarda tashishlari. 
2. Magneziyani 
ehtiyotlab ishJatishlari, mashg’ulot 
tugagandan so’ng shug’ullanuvchilar yakkacho’pning temir 
tayog’ini, qo’shpoyalarning yog’ochlarini, halqalarni, yog’och 
otning tutqichlarini magneziyadan tozalab, sochiq bilan, 
to’shaklarni esa ho’l latta bilan artib qo’yishlari. 
3. Jihozlarni maxsus xonalar yoki taxmonlarda (isitish 
asboblaridan uzoqroqda) saqlashlari. 
4. Zalni har kuni supurib-sidirishlari, pol, devor, deraza 
tokchalarini, eshik va h.k.larni issiq suv bilan yuvishlari
yumshoq jihozlarni (akrobatika poyandozi, erkin mashqlar gilami 
va h.k.) changyutgich bilan muntazam tozalab turishlari. 
5. Mashg’ulotlar orasidagi tanaffuslarda polni ho’l latta 
bilan artib, zalni shamollatishlari shart. 
Zalga kiraverishda quyidagilarga rioya qilinadi: 
 zalda faqat sport kiyimi va maxsus oyoq kiyimida 
yurish; 
 tnashg’ulot 
vaqtida 
O’qituvchi 
(murabbiy) 


54 
ko’rsatmalarini aniq bajarish, o’rtoqlariga ko’maklashish; 
 xavfsizlik qoidalarini. o’zini himoya qilish usullarini 
bilib olish; 
 zalga kirish va chiqishda faqat o’qituvchidan mxsat 
so’rashni eslatuvchi yo’riqnomalarni osib qo’yish shart. 
O’quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun 
jihozlarni xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda joylashtirish 
kerak. Ginmastika jihozlarini tashishga ko’p vaqt sarflamaslik 
uchun ularni saqlanadigan joyga yaqinroq o’matgan ma’qul. 
O’quv bo’limlari (kichik guruhlar)ni bir tur mashg’ulotdan 
ikkinchisiga eng yaqin yo’l bilan, tez o’ta oladigan, ammo bunda 
boshqalarga xalaqit bermaydigan qilib joylashtirish lozim.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling