Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

4.2. Asosiy mashqlar 
Saf usullari - turgan joyda ijro etiladigan saf 
harakatlaridan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati, eng awalo
shundan iboratld, ular yordamida intizom va uyushqoqlik 
tarbiyalanadi. 
“SAFLAN!” Bu buyruqqa ko’ra, talabalar safda turadilar. 
“TEKISLAN!” Bu buyruqqa ko’ra, talabalar bir chiziqqa 
tekislanadilar, chapga “tekislan”, o’ngga “tekislan”. 


58 
“ROSTLAN!” Bu buyruqqa ko’ra, talabalar safda tile 
turadilar. Bu gimnastikada asosiy tik turish holatiga to’g’ri 
keladi. 
“BEKOR!” Ushbu buyruqqa ko’ra, oldingi holatga 
qaytiladi. 
“ERKIN!” Bu buyruqqa ko’ra, talabalar turgan joylaridan 
jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo’shatib, erkin turadilar. 
“O’NGGA!” (chapga) “ERKIN!” Talaba o’ng (chap) 
oyoqni o’ng (chap)ga bir qadam qo’yib, gavda og’irligini har ikki 
oyoqqa taqsimlaydi va qo’llarini orqaga tutadi. 
“GURUH TARQAL!” buyrug’i berilganda, talabalar 
safdan chiqib, zalda (maydonda) erkin joylashadilar. 
“Guruh, oralarini o’ngga (chapga, o’rtaga) ikki yoki uch 
qadamga kengaytiring!”. Bu buyruq safdagi talabalarning bir-
birlaridan oralari ochiq bo’lgan safga aytiladi. 
Guruhni yig’ish uchun turgan joyda “Guruh, o’ng (chap, 
o’rta)ga JIPSLAN!” buyrug’i beriladi. 
“GURUH tartib bilan SANA!”, “Bo’lim, birva ikkiga, 
uchga (to’rt, besh va h.k.) SANA!”va boshqalar, hisob o’ng 
qanotdan boshlanadi. O’z tartib raqamlarini aytayotgan talaba 
ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi talabaga qaratib buradi 
va keyin dastlabki holatga qaytadi. 
Turgan joyda burilishlar (buyruqlar “O’ng-ga!”, “Chap-
ga!”, “Ort-ga!”, “Yarim chap-ga!”). Ayrim hollarda buyruqlarni 
topshiriqlar bilan almashtirish mumkin, biroq qayd etilgan 
mashqlar (turgan joyda burilishlardan tashqari) buyraqqa ko’ra 
bajarilishi lozim. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling