Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet27/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

Tomorrow-ertaga, the day after tomorrow-ertadan keyin, next week/month/year-kelasi hafta/oy/yil, tonight-bugun kechqurun, soon-tezda, tez orada, in a week/month/year-bir haftadan/oydan/yildan keyin.

! Bu payt ravishlari yoki gapning eng boshida yoki eng oxirida keladi. Soon ravishi esa gapning boshida va oxirida kelishidan tashqari will dan keyin asosiy feldan oldin ham kelishi mumkin.


Tomorrow I’ll finish the book. /I’ll finish the book tomorrow.

Soon I’ll finish the book./I’ll finish the book soon./I’ll soon finish the book.

Will/Shall


1. Will you …? – bu formula kimdandir biz uchun nimadir qilishini iltimos qilganda ishlatiladi (request-iltimos). Ozbek tiliga qilib yubora olasizmi? deb tarjima qilish mumkin.


Will you open the door for me, please? Men uchun eshikni ochib yubora olasizmi? ( = Can you open the door for me, please?)

29
2. won’t kimdir nimadir qilishga xohishi yo’qligi yoki nimadir qilishni rad etayotganligini ifodalash uchun ishlatiladi. Bunda garchi won’t bo’lsa ham, o’zbek tiliga quloq solmayapti/rad etyapti” tarzida davomli zamonda tarjima qilamiz.


I’ve talked to Sue about her decision to leave, but she won’t listen. (=She refuses to listen.) Men Sue bilan uning ketish haqidagi qarori to’grisida gaplashib ko’rdim, lekin u quloq solmayapti.


! Shuningdek, ushbu formulani biror bir mashina yoki uskuna o’t olmayotganligi yoki ishga tushmayotganligini ifodalash uchun ham ishlatamiz.

I’ve tried to start the car three times so far, but it won’t start. – Mashinani o’t oldirishga shu paytgacha uch marta urinib kordim, lekin u o’t olmayapti.

3. Shall I ? bu formula biror kishi uchun nimadir qilishni taklif qilganimizda ishlatiladi (offer-taklif). Bunda hech kim bizdan yordam so’ramaydi, balki o’zimiz tashabbus bilan chiqib yordam taklif qilamiz. O’zbek tiliga qilib yuboraymi? (shuni qilishimni xohlaysizmi?) deb tarjima qilish mumkin.

Masalan, jamoat transportida kattalarga joy berishda (Sizga joyimni beraymi?), og’ir yuk kotarib ketayotgan kishiga yuklarini ko’tarishga yordam berib yuborganda (Yuklaringizni ko’tarishib yuboraymi?) va shunga o’xshash vaziyatlarni keltirish mumkin.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling