Zamonaviy iqtisodiy


F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/88
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#207439
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar

2. F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari 
 
 
Fridrix fon Xayek (1899-1992 y.) neoliberalizmning otasi 
hisoblanadi. U juda ko’p iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy mazmundagi 
asarlarning muallifi, ularning ichida asosiylari: “Baholar va ishlab 
chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va iqti-sodiy tsikl” (1933), 
“Foyda, foiz va investitsiyalar” (1939), “Kapitalning sof nazariyasi” 
(1941), “Qullikka yo’l” (1944), “Erkinlik konstitutsiyasi” (1960), 
“Sof pullar” (1976), “Er-kin kishilarning siyosiy tuzumi” (1973-
1979).  Ushbu asarlar-ning nomidan ko’rinib turganidek, F.Xayek 
iqtisodiy nazariyadan ko’ra, jamiyat rivojlanishining iqtisodiy falsafiy va 
ijti-moiy-huquqiy masalalari bilan ko’proq shug’ullangan.  
 Inson 
erkinligining 
ustunligini F.Xayek bosh tamoyil sifatida 
ko’rsatadi. Erkinlik – bu davlat tomonidan har qanday majbur qilishning 
bo’lmasligi. F.Xayek fikriga ko’ra, davlat maorifni tashkil qilish bilan 
ham, ijtimoiy sug’urtani tashkil qilish bilan ham, kvartira haqi stavkasini 
tartiblash bilan ham shug’ullanmasligi kerak, bunday xatti-harakatlar 
“ma’muriy des-potizm”dan boshqa xech narsa emas; davlatni pul 
emissiyasini amalga oshirishdagi monopol huquqidan ham mahrum etish 
kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo’lgan maksimum narsa – 
bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash.  
 
58


 
F.Xayek “o’z-o’zidan bo’ladigan tartib” kontseptsiyasini qattiq 
turib himoya qildi. Unga ko’ra, zamonaviy jamiyatni  tavsiflovchi uning 
barcha elementlari yig’indisi hech vaqt inson tomonidan ongli ravishda 
tashkil etilishi mumkin emas (chunki uning bili-mi, ongi cheklangan), 
aksincha ular o’z-o’zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib 
boradi. “Biz hodisalar o’rtasidagi aloqani muayyan darajada 
tushunishimiz mumkin, lekin ularni boshqara olmaymiz”, - deb yozadi 
F.Xayek. ijtimoiy tartib ongli xatti-harakat natijasi bo’lishi mumkin 
emas. Jamiyatda o’rnatilgan tartib o’z-o’zidan bo’ladigan xatti-harakat 
natijasidir. 
 
F.Xayek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda bo’l-gan. 
Uningcha, mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun 
 
iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib berish uchun zarur va etarli 
hisoblanadi. Alohida xo’jalik sub’ektlarining xatti-harakatining 
muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi. 
Axborot bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u xo’jalik 
ishtirokchilariga ustunlik beradi. 
 
Bozorning samaradorligi shunda ko’rinadiki, unda aniq axbo-rotlar 
etarli va ular tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga yaqin 
muvozanat o’rnatiladi. 
 F.Xayek 
ijtimoiyizmni tanqid qiluvchilardan biri sifatida, to’liq va 
operativ axborotga ega bo’lmagan markaziy rejalashtirish bozor 
iqtisodiyotiga o’xshab samarali amal qila olmasligini ko’rsa-tib berdi. 
Baholarning bir markazdan o’rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib 
turilishi, F.Xayekning fikri bo’yicha, axborotning buzilishiga, noto’g’ri 
tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklif-ni to’g’ri aks ettirmaydi, 
mahsulotlarga bo’lgan talab to’g’risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga 
ega bo’lmaydi. 
 
F.Xayek bo’yicha, pul emissiyasiga bo’lgan davlat monopoliyasi 
erkin jamiyat uchun zararli, negaki hukumat bunday monopoliya 
yordamida o’z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini echishga 
urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining 
ko’payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission 
banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy 
valyutalarni chiqarayotgan banklar o’rtasidagi erkin raqo-bat natijasida 
odamlar kundalik hayotda foydalanish qo’l kela-digan ancha barqaror 
valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling