Zamonaviy iqtisodiy
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili I.Karimov o’zining bozor iqtisodiyotiga o’tish kontsentsiyasida qayd qilib o’tganlaridek, Sharqda “...bozor sharoitida rivojlanish juda uzoq vaqt davom etgan bo’lib... bu erda bozor sharoitida rivojlanishning o’z tarihiy tajribasi mavjud…” 8 . Muallif o’tgan tarihiy tajribaga, hozirgi kun amaliyotiga asoslanib bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyilini ishlab chiqdi. Mazkur tamoyil O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga asos bo’lib xizmat qiladi. Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo’lishi. Rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq ittifoqda “Siyosat iqtisodiyotdan ustun bo’ladi...” degan qoidaga asoslangan bo’lib, iqtisodiy siyosat ham shu asosda olib borilgan. Bunday iqtisodiyot davlat manfaatlariga bo’ysuntirilgan, uning hayot faoliyatini ushlab turish uchun xizmat qilgan. Prezident Islom Karimov “iqtisodiyot” va “siyosat” tushunchalarining o’ziga hos tomonlarini, ularning har biri o’z 8 И. Каримов. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.; “Ўзбекистон” 1999, 94 бет 106 qonunlari asosida rivojlanishini chuqur tahlil qilib, ular o’rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustunlik qilishini ko’rsatib berdi. I.Karimov qayd qilib o’tganlaridek, iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga bo’ysundirilgan joylarda bunday iqtisodiyotning butunlay barbod bo’lishi, aholining turmush sharoiti pasayib, ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi kelib chiqayotgan bo’lsa, “Aksincha iqtisodiy islohotlar izchilik bilan amalga oshirilyotgan joylarda demokratik va siyosiy islohotlar uchun mustahkam moddiy negiz yaratilmoqda ” 9 . Ikkinchi tamoyil – davlat bosh islohotchi bo’lishi. I.Karimov o’zining “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li”, “Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari ” asarlarida davlat o’z mavqeiga ko’ra hamma davrlarda iqtisodiy jarayonlarga ta’sir o’tkazib kelgan, tom ma’noda o’zini - o’zi tartibga solib turadigan, takomillashgan bozor munosabatlari amal qilmasligini ko’rsatib o’tadi. Ayniqsa, eski tizim tugatilgan, yangi tizim hali to’liq shakllanmagan jamiyatda davlat bosh islohotchi bo’lishi shart, “iqtisodiyotni boshqarishni qo’ldan chiqarib yuborish”, uning taraqqiyotini o’z holiga tashlab qo’yish mumkin emas. Bozor iqtisodiyotiga o’tish va uning rivojlanishi davrida davlat bir qator vazifalarni bajaradi,shu jumladan ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish, aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va aniq tizimini yaratish, ekologik muvonazatni ta’minlash, ishbilarmonlik tuzilmalari qaror topishi va rivojlanishiga ko’maklashish , aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatini amalga oshirish. Bular davlat bosh islohotchi bulishi, islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilishida uning muhim rol o’ynashi lozimligini ko’rsatib beradi. Uchinchi tamoyil – Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling