Zamonaviy iqtisodiy
I.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida iqtisodiy
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
I.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida iqtisodiy
islohotlar strategiyasi. I.Karimovning O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida iqtisodiy islohotlar strategiyasi ko’rsatib, iqtisodiyotni isloh qilishda strategik maqsadlar belgilab berildi. Ular umumiy tarzda quyidagicha tavsiflanadi. 1. ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma – bosqich shakillantirish; 2. ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish; 3. erkin iqtisodiy faoliyat yuritish, unga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish; 4. iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur strukturali o’zgarishlar qilish; 5. kishilarda yangicha fikrlashni shakllantirish. Strategik maqsadlarni izchillik bilan amalga oshirish islohotlarning har bir bosqichidagi aniq vazifalarni, ularni hal qilish yo’llarini belgilab olish zarurligini keltirib chiqaradi. Birinchi bosqichda, I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, ikkita muhim vazifani birdaniga hal qilishga to’g’ri keldi: − totalitar tizimning og’ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 6 И.Каримов Ўзбекистон XXI аср бўсағасида. Т.: “Ўзбекистон 1997, 188-189 бетлар.” 104 − respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizini shakillantirish. 7 Ushbu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo’nalishlari aniqlab berildi. Birinchidan, o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakillantirish, islohotlarning qonuniy – huquqiy negizini mustahkamlash; Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy hizmat korxonalarini, uy - joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Birinchi bosqichda I.Karimov ko’rsatib bergan ushbu muhim yo’nalishlardagi vazifalar sifatli bajarildi. Mazkur bosqichda bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirishning huquqiy negizi yaratildi, turli sohalarda har xil mulk shakllari shakllantirildi, kichik xususiylashtirish amalda tugatildi, narxlar erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi. Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida iqtisodiy va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar islohotlarning ikkinchi sifat bosqichiga o’tish uchun mustahkam shart – sharoit yaratdi. Shu bilan birga islohotlarning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning asosiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Ikkinchi bosqichda I.A.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” asarida asosiy maqsad qilib qo’yilgan vazifalar, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakillantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyot strukturasini tubdan o’zgartirish chora – tadbirlari amalga oshirildi. Mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotida erishilgan yutuqlar o’z o’zicha, osonlik bilan qo’lga kiritilgani yo’q. Ular mamlakatning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni. Ularni raqamlar bilan ifodalasak, solishtirma narxlarda olib qaraganda, 2000 yilga nisbatan 2006 yilda iqtisodiy o’sish 45 foizni tashkil etdi, 7 И.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: “Ўзбекистон”, 1995, 19 бет 105 bunda sanoat ishlab chiqarishi 1,6 marta, qishloq xo’jaligi 1,5 barobar, tashqi savdo aylanmasi 1,7 marta, eksport hajmi 1,9, real ish haqi esa 4 marta oshdi. Shunisi diqqatga sazovarki, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom ashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy hizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar evaziga ta’minlandi. Masalan, 2006 yil sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 14,2 foiz o’rniga 22,1 foizni, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 39,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligida esa bu ko’rsatkich 32 foizdan 24 foizga tushdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlar strategiyasi, ya’ni uzoq istiqbolli maqsadlarning amalga oshirilishi joriy vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlabgina qolmay, balki strategik maqsadlarning mohiyatini ifodalovchi pirovard maqsad – aholining farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishini ham ta’minlaydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling