Zamonaviy iqtisodiy


Rejali iqtisodiyot va uning salbiy oqibatlari to’g’risidagi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/88
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#207439
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar

Rejali iqtisodiyot va uning salbiy oqibatlari to’g’risidagi 
 iqtisodiy qarashlar. 
 
  XX asrning boshida sobiq ittifoqda yuzaga kelgan rejali xo’jalik 
yuritish  ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ma’naviy rivojlanishga juda 
katta salbiy ta’sir ko’rsatdi.  Direktiv reja asosida iqtisodiyotning ongli 
ravishda qattiq tartiblab turilishi, korxonalar mustaqilligining inkor 
etilishi, ularning faoliyatiga bajarilgan reja va normativlarga qarab  baho 
berilishi, narxning tartiblovchi rolining inkor erilishi,  pirovard natijada 
iqtisodiyotning pasayib ketishiga, aholi turmush darajasining 
yomonlashuviga olib keldi. Mulkning asossiz ravishda haddan tashqari 
davlatlashtirilishi davlat monopoliyasini keltirib chiqardi. Iqtisodiyot 
iste’mol uchun emas, davlat hukumronligi uchun xizmat qiladigan 
iqtisodiyotga aylandi.  
 Iqtisodiyotning bunday tipi aholining ehtiyojlarini to’laroq 
qondirishga emas, balki o’z xalqi ustidan hukumronligini o’tkazayotgan 
ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan davlatning faoliyatini ushlab 
turish uchun yo’naltirilgan. Uning ustiga aholining asosiy qismining 
ehtiyojlarini qondirish kelajakda foydalanish lozim bo’lgan boy tabiiy 
 
100


resurslarni sotish, ishlab chiqarish omillaridan nomuqobil foydalanish 
yo’li bilan amalga oshirilgan. Oddiy qilib aytganda, resurslarni talon – 
taroj qilishga, ulardan vahshiyona foydalanishga yo’l qo’yilgan. 
Iqtisodiy fanda yangi liberal yo’nalishining atoqli vakili Lyudvig fon 
Mizes qayd qilib o’tganidek ,,... bitta boshqaruvchi (ya’ni davlat – izoh 
muallifniki) amal qiladigan sotsialistik  jamiyatda ishlab chiqarish 
omillarining narxi ham yo’q, iqtisodiy hisob kitobi ham yo’q. 
Kapitalistik jamiyatda tadbirkorni ishlab chiqarish omili o’z narxi orqali 
ogohlantiradi: “Menga tegma, men boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun 
mo’ljallanganman”. Sotsializmda bu omillar saqov”. (Mizes L. 
Byurokratiya. Zaplanirovanniy xaos. Antikapitalisticheskaya 
mentalnost. M., 1993. s.30). 
  Xo’jalik hayotining barcha tomonlarini umumiy rejalashtirishga  
asoslangan jamiyatda ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini 
oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, tovarlar assortimentini 
kengaytirishga, xarajatlarni kamaytirishga, FTT yutuqlarini tadbiq 
etishga, o’z malakasini oshirishga qiziqishi bo’lmaydi. Ayniqsa 
resurslarning bir markazdan taqsimlanishi, qat’iy belgilangan ish haqi, 
narxining davlat tomonidan o’rnatilishi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan 
iqtisodiy taraqqiyotga to’siq bo’ldi.  
  Sobiq ittifoqda olib borilgan xato iqtisodiy siyosat, iqtisodiyot 
tuzilmasiga bo’lgan noto’g’ri yondashuv O’rta Osiyo respublikalari 
aholisi turmush sharoitining yomonlashuviga, mazkur hududning hom 
ashyo bazasiga aylanishiga olib keldi.  
  O’zbekiston Prezidenti I.Karimov mamlakatda ushbu rejali tizim 
keltirib chiqargan salbiy oqibatlarni o’z asarlarida tahlil qilib, ko’rsatib 
berdi. Ular umumiy tarzda quyidagicha tafsivlanadi:  
-  markazga qaram bo’lgan bir yoqlama rivojlangan iqtisodiyotning 
yuzaga kelishi;  
-  eng muhim iste’mol tovarlarning (masalan, un, shakar, go’sht, sut) 
chetdan keltirilishi;  
-  xom ashyolarni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarishning 
juda past darajasi; 
-  iste’molchilarning tovarlarni tanlov huquqining yo’qligi;  
-  O’zbekistonda etishtirilgan paxta, qazib olingan oltin va boshqa 
qimmatbaho metallarni jahon bozorida sotishdan tushgan foyda uning 
xazinasiga kelib tushmasligi;  
-  moliya – pul tizimining ishdan chiqishi;  
 
101


-  mineral qazilma boyliklarning asossiz ishlab chiqarilishi va ichkariga 
tashib ketilishi; 
-  shahar va qishloq aholisi turmush darajasidagi farqning ortib borishi;  
-  ekologik muammoning keskinlashuvi;  
-  tashqi savdo tuzilmasida xom ashyo hissasining ustunligi.  
Bir butun xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan olib qaraganda O’zbekiston 
rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq ittifoqdan “batamom barbod 
bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy va narx – navo tizimini, o’ta izdan chiqqan 
boshqaruv mexanizmini va iqtisodiy munosabatlarini meros qilib 
oldilar”
2
.  
Rejali tizim keltirib chiqargan salbiy holatlarni, O’zbekistonning 
iqtisodiy salohiyatini har tomonlama, chuqur tahlil qilib, I.Karimov 
xulosa qiladi: “O’zbekiston o’tmishning og’ir oqibatlarini bartaraf 
etishga, tanglikdan chiqib olishga, iqtisodiy mustaqillikka erishib, 
rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilishiga imkon beradigan etarli 
kuch qudratga ega”
3
. Prezident O’zbekiston bozor munosabatlarini 
shakllantirish va rivojlantirish orqali bunday imkoniyatlarni ro’yobga 
chiqarishi mumkin ekanligini ham ko’rsatib berdi.  

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling