Zamonaviy operatsion tizimlar tahlili
Download 17.99 Kb.
|
Rimboyeva Mastura Atamalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operativ xotira
- Antivirus dasturlar
- Slayd
- Multimediya
“Zamonaviy operatsion tizimlar tahlili” mavzusuda Atamalar tahlili Kompyuter – dasturlanadigan elektron qurilma bo‘lib, u axborotlarni qayta ishlaydigan, saqlaydigan va yig‘adigan elektron-hisoblash mashinasidir. Operativ xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Doimiy xotira - kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS) - kiritish chiqarishning asosiy tizimi mavjud. Bunday xotiradan faqat o‘qish mumkin bo‘lganligi sababli, u ROM - faqat o‘qish uchun ishlatiladi. Vazifasi, kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang‘ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Monitor - kompyuterdagi matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash qurilmasi. Monitorlarning ko‘p tarqalgan ikkita turi mavjud. Bular trubkali (CRT) va suyuqlik to‘ldirmali monitorlardir. Keyingi paytlarda suyuqlik to‘ldirmali monitor keng tarqalmoqda. CHunki u foydalanuvchini ko‘ziga kam ziyon etkazadi va hajmi kichik bo‘lganligi uchun foydalanuvchi stolida kam joy egallaydi. Klaviatura - kompyuterga asosiy ma’lumot kiritish vositasi hisoblanadi. Bu ishlar klaviaturaning klavshli tugmalari bosish orqali amalga oshiriladi. Klaviaturada klaavshli tugmalar soni 101/105 (hozir undan ham ko‘p)ni tashkil qiladi. NoteBook (bloknot) tipidagi kompyuterlarda, klaviaturadagi tugmalar soni 83 ni tashkil qiladi. Sichqoncha – kompyuter ekrani bo‘ylab kursorning erkin harakatlantirishni ta’minlovchi, oyna tugmalarini, menyu bandlarini, buyruqlarini tez tanlash va ishga tushiruvchi - dasturlarni boshqarish manipulyatoridir Printer – elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop etuvchi quril-masi. Printerlar qog‘ozga chiqariladigan ma’lumotning rangi bo‘yicha: rangli va oq-qora turlariga ajratiladi. Raqamli foto suratlarni chiqarish uchun maxsus foto printerlar mavjud, ular suratlari maxsus foto qog‘ozlarga chiqaradi. Ayrim fotoprinterlarda kompakt disklarnii ustiga tasvir va yozuvlarni tushirish imkoniyati mavjud. Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterda kiritishni avtomatlash-tirish uchun xizmat qiluvchi vositadir. Skaner tayyor, qog‘oz ko‘rinishidagi xujjatlarni elektron ko‘rnishga o‘tkazib kompyuter xotirasiga saqlash va e – mail orqali jo‘natishga imkon yaratadi. Bundan tashqari qog‘ozdagi va fotorasmdagi suratlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish mumkin. Antivirus dasturlar, kompyuter viruslari bilan zararlanishning oldini olish va viruslar bilan zararlanganlarini davolash uchun ishlatiladi; Word – Microsoft Office dasturlari tarkibiga kiruvchi zamonaviy matn muharriri hisoblanadi. Word - matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq amallarni bajaruvchi hamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi. Slayd - ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan mulokot varaklari xisoblanadi. Prezentatsiya - yaratilayotgan slaydlar turkumi va ular ketma-ketligini namoyish etish uchun beriladigan fayldir. U ma’ruza, biznes reja va hokazolar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Multimediya —bu kompyuter tizimi orqali matn, tovush, video tasvir, grafik tasvir va animatsiya kabi elementlarni birlashtiruvchi zamonaviy kompyuter axborot texnologiyasidir. Multimediya — bu matn, grafik, animatsiya, video, tovush va nutq kabi berilganlarni kompyuterga kiritish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va tasvirlash kabi amallarni bajaruvchi texnologiyalar majmuidir. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «simsiz vafolik» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo‘natish turlaridan biridir. Download 17.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling