Salt rejim. Qurilma hali tokga ulanmagan bo’lsaiste’molchiningqarshiligi cheksiz katta va zanjirdagi tok kuchi nolga teng bo’ladi. Bu xolat salt rejim deb yuritiladi.Salt rejim odatda manbaning parametrlarini, aniqrog’i manba kuchlanishini baholashda ishlatiladi. Manba kuchlanishi unga tashqi zanjir ulanmagan holatda o’lchanadi.
O’zgarmas tok chiziqli elektr zanjirlari.Murakkab zanjirlarni hisoblash usulllari.
Elektr zanjirlarini xisoblashdan asosiy maqsad tokni zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanib xal etiladi. Kirxgof qonunlarini qo’llab elektr zanjirlarini xisoblash uchun barcha tarmoqlarda tok va kuchlanishlar nTtenglamalar sistemasini echish orqali amalga oshiriladi. Bunda Kirxgofni birinchi qonuni bo’yicha tuzilgan tenglamalar soni mustaqil tugunlar soniga teng bo’ladi. Kirxgofni ikkinchi qonuni asosida tenglamalar soni esa mustaqil konturlar soniga teng bo’ladi. Tugun kuch lanishlari usulini qo’llash zanjir tenglamalar tizimini tartibini mustaqil kon-turlar sonigacha qiskartirishga imkon beradi. Murakkab elektr zanjirlarini xisoblash uchun turli usullar mavjud bo’lib, ularni qaysi birini qo’llash sxemalarda elementlarni qanday joylashishiga va masala shartiga bog’lik.
Bir nechta manbali murakkab elektr zanjirlarini tahlil qilish va hicoblash uchun Kirxgofning ikkala qonuni va Om qonuniga asoslangan, bir nechta usullar ishlab chiqilgan.
1. Ikki tugun usuli.
2. Kirxgof qonunlarini qo’llash usuli.
3. Kontur toklari usuli.
4. Ustlash usuli.
5. Ekvivalent generator usuli va boshqalar.
Ikki tugun usuli Zanjirni ikki tugun usuli bilan hisoblash, berilgan zanjirning barcha tarmoqlari (aktiv yoki passiv) o’zaro parallel bo’lib, ikki tugun oralig’ida joylashgan holatlar uchun qo’llaniladi. Bu usulni 3.1-rasmda berilgan zanjir misolida ko’ramiz. Bu usulga binoan avval A va V tugunlari orasidagi kuchlanish aniqlanadi. Kuchlanishning shartli musbat yo’nalishi A danV ga deb qabul qilinganda Kirxgofning birinchi qonuniga binoan:
. (3.1)
3.1 – rasm
Om qonuniga muvofiq har bir tarmoq toki:
(3.2)
(3.2) ni (3.1) munosabatga qo’yib, ba’zi bir o’zgartirishlardan so’ng quyidagi ifoda hosil qilinadi:
,
yoki
. (3.3)
UAB ning qiymatini aniqlab, (3.2) munosabatga qo’yamiz va tarmoqlar bo’ylab o’tayotgan tokning qiymatini hisoblab topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |