Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir


Download 0.81 Mb.
bet9/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1182303
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
elektrotexnika yangi javoblar

Ekvivalent generator usuli


Murakkab elektr zanjirining ixtiyoriy bitta tarmog’idagi tokning qiymatini aniqlash kerak bo’lganda ekvivalent generator usulidan foydalanish mumkin. Ajratilgan tarmoqqa nisbatan zanjirning qolgan qismini ikki qutblik deb qaralsa, shu ikki qutblik hisob davomida ekvivalent generator bilan almashtiriladi. Ekvivalent generatorning ichki qarshiligi ikki qutblikning kirish qarshiligiga, EYUK esa, ajratib ko’rsatilgan tarmoq qismlaridagi salt ishlash kuchlanishiga teng deb qabul qilinadi. 3.3-rasm, a da ab tarmog’ining I tokini aniqlash talab qilinadi. To’rtburchakdagi A belgisi, uning tarkibida EYUK yoki tok manbasi borligini ifodalaydi. Agar abtarmoqqa qiymatlari teng qarama - qarshi yo’nalgan ikkita E1 va E2 EYUK manbalarini ulasak, tok I ning qiymati o’zgarmaydi (3.3-rasm, b).



3.3 – rasm.

Ustlash usuliga binoan


.
Bu erda I-E1 va ikki qutblik ichidagi barcha manbalar ta’sirida hosil bo’ladi. Iesa E2 manba ta’sirida hosil bo’ladi.
SHular asosida va 3.3-rasm, v,g sxemalaridan Iva I ni aniqlaymiz. E1 va Uab kuchlanish bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan.
Zanjirning bir qismi uchun (EYUK bor bo’lgan) Om qonuniga binoan:
. (3.9)
Bunda E1 shunday tanlanadiki, tok I ning qiymati nolga teng bo’lsin. ab tarmoqda tokning nolga teng bo’lishi tarmoqning uzilishi bilan teng kuchli (salt ishlash). Salt ishlash kuchlanishi Uabcubilan belgilanadi. Demak, E1 ni Uabcu ga tenglasak, bo’ladi. bo’lganligi sababli, 3.3-rasm, g ga ko’ra
, (3.10)
bunda Rk - ikki qutblikning kirish qarshiligi; R- ab tarmoq qarshiligi.
Demak, bu usul bilan tok aniqlanganda:
1. ab tarmoq uzilgan holat uchun a va b qismalar orasidagi kuchlanish aniqlanadi.
2. ab qismalarga nisbatan kirish qarshiligi Rk topiladi (EYUK manbalari qisqa tutashtirilib, tok manbalari uzib qo’yilgan holatda).
3. Tokning qiymatini quyidagi formula bilan hisoblab topiladi.
. (3.11)
Har bir usul bo’yicha noma’lumlar aniqlangandan so’ng, hisobiy qiymatlar aniqligi quvvatlar balansi bo’yicha tekshiriladi. Energiyani saqlanish qonuniga binoan, vaqt birligida sxemadagi qarshiliklardan ajralayotgan issiqlik miqdori, shu vaqt birligida manbadan olinayotgan energiyaga teng bo’lishi kerak. Agar manbadan o’tayotgan tok bilan, EYUK ning yo’nalishi bir xil bo’lsa, manba vaqt birligida zanjirga EI miqdorda energiya (yoki quvvat) beradi va EI ko’paytma tenglamaga musbat ishora bilan kiradi. Agar I va E ning yo’nalishlari qarama - qarshi bo’lsa, EYUK manbasi iste’mol qiladi va EI ko’paytma quvvatlar balansi tenglamasiga manfiy ishora bilan kiradi.
. (3.12)
Agar sxemaning a tuguniga tok manbaidan Ik tok kirib, b tugunidan chiqib ketayapti deb faraz qilsak, tok manbasi berayotgan quvvat UabIk ga teng bo’ladi. U holatda quvvatlar balansi tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi
. (3.13)
Ba’zi bir hollarda elektr zanjirlarining bir uchini yoki berk konturidagi elektr holatni tahlil qilish uchun zanjir qismi yoki kontur bo’ylab potensiallarning taqsimlanish grafigi quriladi. Zanjir qismining yoki konturning har bir nuqtasi uchun potensial diagrammada tegishli o’z nuqtasi bo’ladi. Absissa o’qida konturdagi ixtiyoriy bir nuqtadan boshlab qarshiliklarning qiymatlari qo’yiladi, ordinatalar o’qida nuqtalarning potensiallari belgilanadi. Koordinata tekisligidagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq zanjir uchastkasining yoki konturning potensial diagrammasi deyiladi. CHiziqli o’zgarmas toklar temasidagi ko’rilgan materiallar keyingi mavzularni o’rganishda alohida ahamiyatga ega. Ko’rib chiqilgan murakkab zanjirlarni hisoblash usullari, o’zgaruvchan tok zanjirlari uchun ham qo’llanilishi mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling