Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir


Kirxgof qonunlarini qo’llash usuli


Download 0.81 Mb.
bet8/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1182303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
elektrotexnika yangi javoblar

Kirxgof qonunlarini qo’llash usuli


Bu usulga ko’ra, hamma tarmoqlar soni t va tugunlar soni t1 bilan belgilab olinadi. Tok manbasi bor tarmoqlar soni tt bilan belgilanadi. Tenglama tuzishdan oldin: Toklarning shartli musbat yo’nalishlarini tanlab sxemada belgilab chiqiladi. Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan tenglama tuzish uchun kontur bo’ylab shartli musbat yo’nalish belgilab olinadi. So’ngra Kirxgofning birinchi qonuniga binoan tugunlar sonidan bitta kam, ikkinchi qonunga binoan (t-tt)-(t1-1)=t-tt-t1+1 ta tenglama tuziladi. Tuzilgan tenglamalar birgalikda echilib tarmoq toklari aniqlanadi.

Konturtoklarusuli




3.2 – rasm.

Bu usulda zanjirning har bir berk konturining o’z toki mavjud deb faraz qilinadi. Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan, kontur toklaridan foydalanib tenglamalar tuziladi. Hisoblab topilgan kontur toklari asosida tarmoq toklarining qiymati aniqlanadi.


Ustlash usuli Ushbu usulda asosan sxemada birdan ortiq EYUK manbalari bo’lsa, elektr zanjiri har bir EYUK manbaining ta’siridan hosil bo’lgan xususiy toklar uchun alohida (bosqichma-bosqich) hisoblanadi. Har bir bosqichda sxemada bitta EYUK manbai qoldirilib, qolgan barcha manbalar vaqtincha nolga teng deb faraz qilinadi va barcha tarmoklarda shu EYUK ta’sirida oqayotgan toklar topiladi. Zanjirda nechta EYUK manbai bo’lsa, hisoblash ishlari shuncha marta bajariladi. Ammo zanjirdagi barcha qarshiliklar va sxemadan vaqtincha ajratilgan manbalarning ichki qarshiliklari o’zgarishsiz qoldiriladi. Agar manbalarning ichki qarshiliklari berilmagan bo’lsa, u nolga teng deb qabul qilinadi. Agar biror murakkab elektr zanjiri m ta EYUK manbaidan va n ta tarmoqdan tashkil topgan bo’lsa, u holda k - nomerli ixtiyoriy tarmoqning Rk qarshiligidan sxemadagi har bir EYUK ta’siridan hosil bo’lgan kabi turli qiymat va yo’nalishlarga ega bo’lgan xususiy toklar oqib o’tadi. Tarmoqlardan oqib o’tayotgan toklarning haqiqiy qiymatlari ayrim manbalar ta’sirida hosil bo’lgan xususiy toklarning algebraik yig’indisiga teng
.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling