Zararsizlik nuqtasini aniqlash
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullo moliya.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi
- Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga
- Risklarni o‘tkazish
Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi
mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi. Xavf-xatar manbalaridan kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: tabiiy ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan va insonning ongli xatti-harakati (o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol uchun, mutaxassis- epidemiologning maqsadli harakati bilan yuzaga keluvchi epidemiyalar). Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi. Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy, mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi. Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan ma xsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora- tadbirlarga yana zararlarni kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat dotatsiyalarini olish va b. kiradi. Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling