Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari
Nutqning soʻzlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga koʻra xoslanishi
Download 0.56 Mb.
|
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshi 70-80larga borgan, omi qariya nutqi
1. Nutqning soʻzlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga koʻra xoslanishi. Nutqiy muloqotning qanday kechishi, unda lisoniy vositalarning qay birinining qoʻllanilishi, bu vositalar muloqot ishtirokchilariga qanday ta`sir etishi muloqotning tarkibiy qismlari boʻlmish – ichki va tashqi omillarining oʻzaro hamkorligi bilan belgilanadi. Bunda eng kichik bir xususiyat ham (chunonchi, koʻrinishi boshqa millat vakili boʻlgan holda boshqa millat tilida soʻzlashishi, yoki bir xil kiyinishda boʻlib, boshqa ijtimoiy tabaqa vakili nutqiy birliklarini qoʻllashi v.h.) juda kuchli ta’sir qiluvchi ta`sir kuchiga ega. Shuning uchun nutqiy muloqot ta`sirchanligi ta`minlash uchun "ikkinchi darajali" narsa boʻlishi mumkin emas – muloqot tarkibiy qismlari-ning garmoniyasi, simmetriyasigina uning ta`sirchanligi va mukammalligini ta`min-laydi33.
Nutqning xarakteri soʻzlovchi va tinglovchining madaniy saviyasi bilan ham uzviy bog`liq. Shuning uchun muloqot shakl va tarzini belgilashda, tasnif etishda kommunikantlar saviyasi muhim asoslardan boʻlib xizmat qila oladi. Misol: Yoshi 70-80larga borgan, omi qariya nutqi. Negadir qariyaning qulogʻi ogʻir boʻlsa kerak, degan xayolda ovozimni balandlatib ahvol soʻradim: - Bardammisiz otaxon? - Xudaygʻa shukur, tetikman - dedi chol bamaylixotir. - Nasibamizni jeb juribbiz, bolam. Leninniyam koʻrdik. Kal Leninniyam koʻrdik… Ustixonibchi boʻldik. - Siz Leninni koʻrganmisiz? - deb soʻradi mezbonlar orasidagi yosh muxbir hovliqib. - Oʻzini koʻrmagan chiqarman-ov, - dedi chol. - Ammo Lenin degan kolxozda ishladik. Kal Lenin degan kolxozda ishladik. Soʻgʻin yana birovi bor edi. Temirniyozip. - Temiryazov, - dedi muxbir aniqlik bilan. - Boʻlsa - bordir, - dedi chol. - Oʻsha Temirniyozipda ham ishladik. Muxbir bola maxmadanagina ekan. Cholni gapga soldi: - Buva, siz mu'tabar odamsiz. Koʻp joylarda boʻlgandirsiz? – Menmi? Chol qaddini rostladi. - Boʻgʻanda qandoq! Chiyoli bozordi koʻrdim. Chiroqchini koʻrdim. Ulim motosiklda Kosongadavur obborib keldi. E, bolam, bu dunyoda men koʻrmagan jurt qolmadi! Muxbir bola "Meditsina ensiklopediyasi"ni xoʻp hijjalagan shekilli, cholni tagʻin soʻroqqa tutdi: - Uzoq umr koʻrishingizning siri nimada, deb oʻylaysiz? Zelinni koʻp iste'mol qilgandirsiz? Sut-qatiq ichgandirsiz? - Zelin-peliningni bilmadim-ku, qatiqni koʻp ichgan chigʻarman. Chakkini koʻp jegan chigʻarman… - Goʻshtdan parhez qilganmisiz? - Ettamma! Chol astoydil hayron boʻldi: - Et jemagan jigit jigitba? Doʻsvoyi qoʻydi quyrugʻini jeganman! - Kechirasiz-ku, ichkilik masalasi… - Boʻgʻan! - dedi chol quvlik bilan bosh irgʻab. - Ammo bu ukkagʻardan naf koʻrgan odam juq. Ogʻzimga olmay qoʻygʻanimga ush jil boʻldi. (Oʻ.Hoshimov) Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling