Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Mavzuning oʻrganilganlik darajasi


Download 0.56 Mb.
bet2/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Nutqiy odat birliklari morfologiyada, morfemik sathda oʻrganiladi.
Jahon tilshunosligida keyingi yillarda lisoniy hodisalar mohiyatini ochishda antroposentrik paradigmaning yetakchilik qila boshlaganligi, inson omiliga alohida e’tibor qaratilayotganligi seziladi. Bunda Avganova M.A., Aznaurova E.S., Alefirenko N.F., Apresyan Yu.D., Arutyunova N. D., Baranov, A.N., Baxtin M.M., Vorkachev S.G., Demyankov V.Z., Doroshenko A.V., Zolotova G.A., Markelova T.V. kabi tilshunoslar qatori Abduazizov A.A., Nurmonov A., Mahmudova N., Safarov Sh., Yoʻldoshev B., Hakimov M., Boymirzayeva S., Xudoyberganova D., Gʻoyibov S., Yoqubov J.A. kabi oʻzbek olimlarining ham xizmatlari katta boʻldi.6 Mazkur tadqiqotlarda nutqiy vaziyat, oʻzbek muloqot xulqining ijtimoiy va pragmatik xususiyatlari masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Bugungi kunda oʻzbek soʻzlashuv nutqi fonetikasi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi leksikasi, sintaksisi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi oʻziga xos sistema ekanligi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi va uning funksional uslublarga munosabati masalasi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi va adabiy til masalasi muammolari oʻzbek tilshunosligida ma’lum darajada oʻrganildi. Saksoninchi yillarda oʻzbek tilshunosligida muhim muammolardan biri sifatida koʻtarilib chiqilgan soʻzlashuv nutqi muammosi qator tilshunoslar, jumladan, B.Oʻrinboyev, E.Begmatov, A.Shomaqsudov, M.Tursunpoʻlatov, S.Usmonov va boshqalar tomonidan tadqiq etildi.7
Oʻzbek tilshunos olimlaridan A.Gʻulomov, Sh.Yusupova, A.Yuldashev, A.Azizov, A.Nurmonov, S.Usmonov, A.A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev, H.Usmonova va Sh. Iskandarovalar oʻzbek soʻzlashuv uslubidagi nutqiy odat birliklarini oʻrganishga katta hissa qoʻshganlar.
Biroq bugungi kunda antropotsentrik tilshunoslik nuqtayi nazaridan til faktlarini tahlil qilish tilshunosligimizda yetakchilik qilmoqda. Zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan soʻzlashuv nutqini tahlil qilish ham bugungi tilshunosligimizda dolzarblik kasb etadi. Shuni e’tiborga olgan holda biz bitiruv malakaviy ishimizda oʻzbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilamiz.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling