Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet14/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Oxiri mening oilamni "elchi" qilib yuborishdi, shekilli, ayolim uch-toʻrt qadam narida toʻxtab, ehtiyotkorona domlaga emas, menga murojaat qildi:
Mehmonlar ketamiz deyishyapti, adasi, nima qilaylik? Xuddi shu payt raqibi ot surib "shoh" dedi. Ozod aka shaxt bilan boshini koʻtarib, menga chaqchaydi:
Xotiningiz muncha koʻp gapiradi-a, boshqa xotin olsangiz boʻlmaydimi? (Oʻ.Hoshimov).
Ba'zan, erkaklar orasida ingichka, muloyim ovozda gapiradigani yoki ayollarning qoʻpol, yoʻgʻon ovozda gapiradiganlari ham uchrab turadi. Bunday kishilarning biri ayollarga, ikkinchisi esa, aksincha, erkaklarga oʻxshatiladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, musulmon olamida muqaddas kitob sanalmish "Qur'oni karim"da, Paygʻam-barimiz hadisi-shariflari-yu, jahonda mashhur allomalarning asarlarida ham ayollarning oʻrni, onalarning qadr-qimmati nihoyatda yuksak baholangan.
Noverbal vositalarni qoʻllashning turlari xilma-xildir. Masalan, Yevropa ayollari qishda erkaklar bilan qoʻlqoplarini yechmasdan, bosh kiyimlarini olmasdan soʻrashishadi. Erkaklar esa, albatta, qoʻlqoplarini yechib, bosh kiyimlarini olib soʻrashadilar. Qadimdan, ayniqsa, islom dini ta'sirida iffat va hayo ruhida tarbiya topgan musulmon ayollari qator noverbal xatti-harakatlari, jumladan, soʻzlashayotgan paytda kommunikantlar, ayniqsa, nomahramlar yuziga boqib gapirmaslik va tinglamasliklari bilan alohida ajralib turadilar. Masalan:
Yoʻq, deb yana kulimsiradi Kumush, bir-ikki kundan beri siz aytadirgan…
Nima men aytadirgan?
Azur… deb qizarindi Kumush, koʻnglim aynar edi, deb aytar edingiz-u… Oftob oyimning ham yuzida bir kulimsirash kurishdi.
Toʻgʻrimi?
Bilmadim… dedi, yerga qarab qizardi, oʻtgan kundan beri koʻnglim aynagandek boʻladi… Ayniqsa, palov isidan koʻnglim ketadi… Achchiq narsalar yegim keladi…
Muborak boʻlsin, dedi Oftob oyim, kuldi. Kumush ijirgʻanib oʻzicha allanarsa soʻzlandi. Oftob oyim engashib Kumushning qulogʻiga shivirlandi: Bu sirni boshqa hech kimga bildirma, qaynonang ham yengil xotin, ayniqsa, kundoshing seza koʻrmasin. Kumush ma'qul ishorasini berdi;
Xoji oʻz qoʻli bilan sochlarini tuzatib Kumushning koʻkimtir tovlangan yuzini koʻrdi va manglayini bosdi…
Oyim… oyim…! dedi Xoji. Kumush koʻzini ochib besaronjom unga nazar tashladi va tanib… qoʻzgʻalmoqchi boʻldi…
Qoʻzgʻalmang, oyim qoʻzgʻalmang! Kumushning koʻz yoshi chakkasidan oqib tushdi… Xoji ham oʻzini toʻxtatolmay, Kumushning yoshini artib, boshini siladi.
Xudo shifo berar, bolam!
Kumush jomga qoʻzgʻaldi, Otabek kelib qoʻltiqladi, Xoji ham uning boshini tutdi… Bu gal qusuq qonqa aylangan edi, burnidan ham bir-necha tomchi qon oqdi… Qusib yotgach, koʻzi yarqillab ochilib ketdi va tevaragiga betoqat qarandi…
Oyi… dada… soʻngra, begim, deb ingrandi… Erining yuzini yuziga qoʻyib, uyalgansimon koʻzini yumdi… Ushbu paytda Yusufbek Hoji, Oʻzbek oyim ham shu yerda edi. Sharm-hayoli, sharqona odob egasi boʻlgan Kumush kuchli zahar ta'siridan oʻzini yoʻqotayozgan, ichi oʻt boʻlib yonayotgan paytda ham qaynota, qaynona huzurida erining yuzini-yuziga qoʻygani uchun "uyalgansimon" boʻlib koʻzini yumdi.
Ayollar nutqi erkaklar nutqidan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ancha farq qiladi. Ammo bundan maxsus ayollar nutqi mavjud degan xulosa chiqarib boʻlmaydi35. Olimlarning ta’kidlashicha, ayol va erkaklar nutqida biologik va psixologik jihatdan qarama-qarshilik yaqqol koʻzga tashlanadi. Biologlarning kuzatishlaricha, qizchalarning tili oʻgʻil bolalarning nutqiga nisbatan ancha tez va ravon chiqar ekan. 8 yoshga qadar qizchalar oʻgʻil bolalarga qaraganda sezilarli darajada meyordagi nutqqa ega boʻladilar36.
Ayollar xarakteri uchun xos boʻlgan xususiyatlardan biri bu – his-hayajon-larining, holatlarining tez yuzaga chiqishida koʻrinishidir va bu nutqiy vositalarda koʻrinadi:
Oshxonamiz yoʻl ustida boʻlganidan, onam koʻrib qoldi:
Hoy, juvonmarg, zumrasha, tagʻin koʻchagami? Bu yoqqa kel, olovni joʻnashtirib ket, tutayberib koʻzimni koʻr qila yozdi .”(Gʻ.Gʻulom.”Shum bola”)
“– Axir, – dedi kampir, – men endi qanday qilaman? Yetti nomusimni yerga bukding, juvonmarg! Men seni kim koʻrganga maqtab, orqangdan koʻrpacha soldirib yurgan boʻlsam, ammangning qiziga sovchi yuborib, unashtirib qoʻygan boʻlsam, sen juvonmarg oxir chogʻ uyimga onasining tayini yoʻq bolani koʻtarib kelsang. Men bu xoʻrlikka qanday chidayman?! Doʻstim bor, dushmanim bor, mahalla-koʻy , guzarim bor, qarigan chogʻimda kenjaginamning xotini menga pushtipanoh, qoʻl-oyoq boʻlarmikin, degan edim. Xudoyo, seni otangning arvohiga soldim.” ( Gʻ.Gʻulom. ”Yodgor” qissasidagi kampir nutqidan)
Ayollar nutqidagi fonetik oʻziga xoslik nutqiy odatning turli vaziyatlarida aniq yuzaga chiqadi. Talaffuzda ayol erkakdan ovoz tembri, pauzalarning xarakteri, nutq tempi bilan farqlanadi. Ayollar ancha mayin, ingichka ovozda, urgʻuni yanada choʻzib gapiradilar:
Voy man oʻlayii-in, qurib ketsin!” (O.Yoqubov. ”Diyonat” romanidagi Oliya nutqidan)
Xotin-qizlar nutqida dialogga moyillik ustun. Ular belgilangan talaffuz me’yorini aksar hollarda buzib gapiradilar. Ular inkor ma’nosini ifodalovchi soʻzlarni koʻp ishlatadilar. Shuningdek, ayollar mubolagʻalarni hamda erkalash ifodalarini ishlatishni xush koʻradilar. Ular , odatda, terminlarni kam qoʻllaydilar, koʻproq maishiy xarakterdagi soʻzlarni qoʻllashni ma’qul topadilar.
Nazokat, muloyimlik ayollar uchun xos.Bu xususi-yat Sharq xalqlarida, ayniqsa, xarakterlidir. Yaponiyada maxsus ayollar tili ham mavjud boʻlib, ayollar nutqi erkaklar nutqidan muloyimligi, xushmuomalaligi, shuningdek, maxsus til birliklari bilan farqlanar ekan37.
Ayollar nutqiga mansub “aylanay”,“oʻrgulay”, “girgitton”, “qoqindiq” kabi qator soʻzlar ijobiy ma’no ottenkasini ifodalovchi leksik vositalar boʻlib, ular keksalar tomonidan nutqiy odatning turli vaziyatlarida erkalash munosabatini vujudga keltiradi:
Oraga xotin qoʻshildi:
Hoy, aylanay, uka, – dedi, – menga qaragin, kimsan axir oʻzing, oʻchoqning ichida nima qilib kuymanib yuribsan? Jinmisan, shaytonmisan yoki jinnimisan? Qorongʻi kechada nega birovning oʻchogʻiga beijozat kirasan?!” (Gʻ.Gʻulom “Shum bola” qissasidan)
Ayollar umr yoʻldoshlarini hurmatlab “u kishi’, “bu kishi”, “bular” yoki “ular” singari vositalar bilan ataydilar. Bu hodisa milliy odat va qadriyatlarimiz bilan bogʻliqdir. Ular nutqida eng koʻp qoʻllanadigan “voy” undov soʻzi koʻplab ma’no ottenkalarini ifodalaydi: sevinish, erkalash, achinish, havas qilish, sarosimalanish, koyish, alam, qoʻrqish . Masalan:
1. Qoʻrqib ketish ma’nosida:
Voy oʻlmasam, voy shoʻrim! – dedi oyim titrab. – Yomon kuydimi?”
( Oʻ.Hoshimov)
2. Sevinish ma’nosida:
Vay aylanaylar! Kelinglar, ovora boʻlibsizlar-da… “ (Oʻ.Hoshimov)
3. Havas ma’nosida:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling