Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


II Bob boʻyicha xulosalar


Download 0.56 Mb.
bet16/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

II Bob boʻyicha xulosalar.
1. Oʻzbek xalqining turli-tuman rasm-odatlari natijasida kishilar muloqotida oʻziga xos alomatlar koʻzga tashlanadi:
1. Turli yoshdagilar munosabatida katta yoshli adresatning hurmatini saqlash.
2. Notanish kishilarga nisbatan hurmat.
3. Xotin-qizlar nutqidagi muloyimlik va boshqalar.
2. Nutqiy odat suhbatdoshlar oʻrtasida jamiyat tomonidan belgilangan tarzda suhbat-ni boshlash va uni davom ettirish uchun kommunikantlar tomonidan ishlatiladigan milliy turgʻun til birliklari va ularning birikkan formalari – yigʻindisining baqrorla-shuvi demakdir.
3. Sotsial guruh a’zolarining yosh, jins , ma’lumot, yashash joyi nuqtayi nazaridan ajratishda oʻzbek milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yosh va jins belgisini nutqiy odat vaziyatlarida tekshirish maqsadga muvofiqdir. Shu jihatdan qaralganda, keksa yoshdagi suhbatdoshlar munosabati oʻziga xos xususiyatlarga ega. Keksa adresantlar nutqi ancha “qotib qolgan” boʻlib, bu nutqiy faoliyatda jamiyat tomonidan belgilangan an’analarga ijobiy munosabatda boʻlish kuzatiladi.
4. Yoshlar oʻrtasidagi munosabatlar ham muloqotdoshlarning xarakteriga aloqador boʻlib, ulardagi kurash ishtiyoqi, yangiliklarga intilish harakati nutqlarida aniq koʻrinadi. Bu nutq ixcham, yangi ifodalarga boyligi bilan xarakterlanadi.
5. Keksa yoshdagilarga mansub boʻlgan salobat, yoshlarga mehr-muruvvat, oʻzbek xalqiga xos katta yoshli tanish va notanish adresantlarni hurmat qilish kabi fazilatlar turli yoshdagilar muloqotida aks etadi.
6. Nutqiy odat vaziyatlarining yuzaga chiqishida ba’zi nutqiy vositalar bilan paralingvistik vositalarning ham roli juda kattadir. Muloqotning yuzaga chiqishida ayrim nutqiy vositalar “ortiqcha” boʻlib qoladi. Ana shu nutqiy vositalarning oʻrni zarur imo-ishoralar bilan toʻldiriladi.
7. Paralingvistik vositalar til vositalarining umumlashgan xarakteriga koʻra muloqotga aniqlik kiritish vazifasini bajaradi.

III BOB. Nutqiy odat birliklarining paralingvistik yoʻnalishi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling