Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Erkak va ayollarga xos noverbal nutqiy odat birliklari haqida


Download 0.56 Mb.
bet13/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

2.2. Erkak va ayollarga xos noverbal nutqiy odat birliklari haqida.
Ayollar va erkaklar nutqi orasidagi farqli xususiyatlar masalasi boʻyicha Yevropa, Yaqin Sharq mamlakatlari tillari misolida, shuningdek, yapon, rus, gruzin tillari materialida qator tadqiqotlar mavjud. Turkiyshunoslikda bu borada N. I. Grodekov (qozoq va qirgʻizlar misolida), E. D. Polivanov (Samarqand eronilarining oʻzbekcha nutqi misolida), A.N.Samoylovichlarning (qozoqlar va oltoylar misolida) kuzatishlari, shuningdek, qator turkiyshunos-dialektologlarning asarlarida mazkur masala bilan bogʻliq koʻplab qaydlar bor.
Ayollar nutqiga xos xususiyatlarni quyidagi matn orqali ham kuzatishimiz mumkin:
Bu A'lobush edi. Shahodat xola jilmayib qoʻydi. Koʻp oʻtmay bir savat bugʻi chiqib turgan kulcha koʻtarib yoʻlakda A'lobushning oʻzi koʻrindi.

  • Eshikda nima qilib turibsiz, tasadduq? — dedi A'lobush Shahodat xolaga boshdan-oyoq qarab chiqib. — Ichkariga kiring. Choyim tayyor.

  • Shoshib turibman, rahmat, — dedi Shahodat xola.

  • Ha, yoʻl boʻlsin, tasadduq? — soʻradi A'lobush, yangi kavush-mahsiga koʻz qirini tashlab.

  • Poʻshtaga ketyapman, aylanay, — dedi beparvolik bilan.

  • Ha, tinchlikmi, tasadduq? — soʻradi A'lobush.

  • Adhamjon pul yuboribdi, — dedi Shahodat xola. — Shuni olib kelmoqchiman.

  • Voy, tasaddugʻ-ey, ey, voy, tasaddugʻ-ey! Hoʻ-oʻp bolalarimiz bor-da, tasadduq! — dedi A'lobush. — Sobirjonimni aytmaysizmi, tunov kuni xatida, oyi, mandalinni posilka qilsam nima deysiz, depti. Yoʻq, dedim, tasadduq, yoʻq, dedim. Oʻzing kiyaver, dedim. Maskopda yarashadi bunaqa kiyimlar, dedim.

  • Mandalini nima ekan, aylanay? — soʻradi Shahodat xola, kulgidan oʻzini zoʻrgʻa tiyib.

  • Nima boʻlardi, tasadduq, allambalo materiyal boʻlsa kerak-da!

Shahodat xola endi oʻzini tutib turolmadi. Mandarinning nimaligini aytib yuboray dedi-yu, lekin aytmadi, oʻrtogʻini xafa qilgisi kelmadi. Faqat toʻyib-toʻyib kuldi.

  • Nega kulyapsiz, tasadduq? — soʻradi A'lobush.

  • Bolalarning qilgan ishiga kulmay boʻladimi?

  • Toʻgʻri aytasiz.

A'lobush qoʻshnisiga qoʻshilib kuldi.
Xoʻp, men boray boʻlmasa, — dedi Shahodat xola va koʻchaga chiqdi. Chiqdi-yu, quruqdan-quruq ketayotganidan tortindi. Maqtangani kirgan ekan, deb oʻylamasin tagʻin A'lobush! Orqasiga qaytdi (Oʻ. Umarbekov)
Boshqa millat vakillarida boʻlgani kabi oʻzbek erkak va ayol kommunikantlari uchun xos boʻlmagan noverbal vositalar mavjuddir.
Oʻzbek erkak kommunikantlari uchun xos boʻlmagan noverbal xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
– qosh uchirib, chimirib gapirish;
– noz qilishni ifodalovchi koʻz suzish;
– sababsiz ogʻizni toʻsib gapirish;
– hayronlik, bexabarlik, mensimaslik ma'nosida lab burish;
– achinish ma'nosida tilni tishlab, boshni qimirlatish;
– oʻpishib (ayniqsa, erkaklar bilan) koʻrishish;
– jimjiloqni labga tekizib, uyalib yerga qarash;
– koʻrsatkich barmoqni iyakka qoʻyib oʻy surish, soʻrashish;
– suhbat jarayonida oʻng yoki chap tomonga bir siltanib qayrilib boshni xiyol pastga egib suhbatdoshidan arazlash, salbiy munosabat bildirish;
– kommunikant bilan oʻta yaqin, 50-60 santimetrdan yaqin masofada turib soʻzlashish;
– tez-tez mayda qadam bilan kelib koʻrishish;
– suhbat jarayonida ikki oyoqni bir tomonga juftlab bukib oʻtirish.
Oʻzbek ayollari uchun ham kommunikantlarga xos boʻlmagan noverbal vositalar mavjud boʻlib, quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
– kommunikantning yuziga bir boqib turib tinglash;
– qoʻlni arra (paxsa) qilib gapirish;
– ikkala qoʻlni ham belga qoʻyib gapirish;
– qoʻlni "chars" etkazib, urib, siltab mahkam qisib, tortib … soʻrashish;
– ichkilik ichishga ishora ma'nosida tomoqqa chertish;
– bosh barmoqni orqaga qayirib "men" ma'nosida qoʻlni koʻkragiga tomon ishora qilish;
– muhabbat izhori ma'nosida "doʻst" deb koʻkragiga urish;
– suhbat davomida oyoqni chalkashtirib yoki chordona qurib oʻtirish;
– katta-katta qadamlar tashlab peshvoz chiqish.
Juda qadimdan oʻzini adresatdan yuqori tutishga harakat qilgan adresantlar undan balandroq yoki oʻzlarini viqorli koʻrsatib gapirishi (masalan, mitinglarda notiqlar biron narsaning ustiga chiqib soʻzlasa), aksincha, quyi tabaqadagilar pastroq pozitsiyani (holatni) egallashga harakat qilganlar. Oʻzlarini podsholardan har jihatdan quyi ekanligini koʻrsatish maqsadida egilib, hatto bir choʻkib salomlashganlar.
Bu sohada, ayniqsa, musulmon olamida ayollar oʻzlarini erkaklar oldida mushtipar, ojiza qilib koʻrsatishga odatlanganlar. Din ham shunga da'vat etgan. Bu holatning namoz oʻqishdagi holatda oʻz aksini topganligini kuzatish mumkin, ya'ni nomoz oʻqish jarayonidagi harakat va holatlardan qoʻl, oyoq, gavdalari erkaklarnikiga nisbatan quyi holatda tutilishi ma'lum. Ya'ni erkaklar takbir paytida qoʻllarini bosh barmoqlar quloq yumshogʻiga yetgunga qadar koʻtarsalar, ayollar barmoq uchlarini yelkalariga baravar holatda koʻtaradilar, ayollar barmoq uchlarini yelkalariga baravar holatda koʻtaradilar, ruknda erkaklar tizza va tirsaklarini tik tutsalar, ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egilib, tizzalarini bir oz boʻkib turadilar, sajda orasidagi oʻtirishlarda erkaklar oyoqlar ustiga oʻtirsalar, ayollar yerga oʻtiradilar.
Olib borilgan tadqiqotlarning koʻrsatishicha, erkaklar tomonidan eshittirilgan farmonlar ancha ta'sirchan hisoblanadi. Shunga qaramasdan, Angliyadagi aviatran-sport sistemalaridagi komputer tovushlari faqat ayol ovozi bilan berilar ekan. Buning sababi erkaklar tang holatlarda ayollar ovoziga tez reaksiya qilar emish. Germaniya va Buyuk Britaniyaning bir guruh olimlari ayollar miyasidagi nutq markazining haj-mi erkaklardagiga nisbatan kattaroq, tovush bosqichlari esa ularda kuchliroq va mayinroq ekanligini isbotlashdi. Olimlar ayollardagi bu sirning kalitini uzoq tarixiy oʻtmishdan qidirmoq lozim deb hisoblashmoqdalar. Gap shundaki, oʻsha qadim zamonlarda erkaklar koʻp vaqt uy-joylaridan olisda boʻlishgan, ayollar esa farzandlari qurshovida aksari yolgʻiz qolishgan. Bu sharoitda ayollar uchun qattiq ovoz nihoyatda zarur edi: zamon oʻzgardi, sharoit oʻzgardi, ammo ayol ovozi hamon oʻz kuchini yoʻqotgani yoʻq. Shunga qaramasdan, bugungi kunda ham oʻzbek oilalarida onalarnikiga koʻra otalarning ovozi koʻproq ta'sir etishi kuzatilmoqda. Mustaqillik davriga kelib, bozor iqtisodiyotining ta'siri boʻlsa kerak, ba'zi hollarda ayolning ovozi balandroq, ta'sirchan ekanligi sezilmoqda. Masalan:
Necha marta aytaman, Umid qiz bolalar bilan oʻynamasin, deb! Bu-oʻgʻil boʻlsa… Malikaxon tahdid bilan Toshpoʻlatga qaradi. Hoy, moʻylov! Bolaga qarasang oʻlasanmi? Uch yuz dollarni bekorga olayapsanmi, toʻnka!
Uzr, bekam! dedi Toshpoʻlat yerga qarab. Ikkinchi takrorlanmaydi!
Agar shu bolaning bir joyi tirnalsa, moʻylovingni uzib qoʻlingga tutqazaman, tushundingmi? Toshpoʻlat "xoʻp boʻladi, bekam, xoʻp boʻladi", deganicha orqasiga tisarilib, zinadan tushib ketdi.
Malikaxon baland keldi:
Erkak kishiga balo bormi ayollarning ishiga aralashib, a?
Malikaxon qoʻl siltadi:
Ikki xonali “xrushyovka”siga toʻrtta tovuq kirsa, nafasi qaytib uchtasi oʻlib qolar-u, naqdlab qoʻyibdimi sizga?! Pensiyasi bir kun kechiksa, pochtaxonaning eshigiga borib poylab oʻtiradigan otangiz soʻlagʻmondek qilib boqsinmi, sizni?! Keng uyning kuyovchasi boʻlib oʻtirganingizga shukur qilsangiz-chi, boyvachcha! (Oʻ.Hoshimov)
Toʻgʻri, onalarning ovozi koʻproq ta'sir etishiga boshqa sabablarning ham borligini unutmasligimiz lozim. Zero, hayot tajribalarining koʻrsatishicha, ovoz ohanglarining farqiga, ayniqsa, bolalar koʻproq yetadilar. Ular erta tongda “turaqoling, oʻgʻlim (qizim)” degan jumlaning buyruq, taklif, iltimos, yolvorish, yalinish yoki boshqa ohangda aytilishiga qarab munosabat bildiradilar.
Koʻngilchan va muloyimligi bilan ajralib turadigan oʻzbek ayollari, koʻpincha, ushbu jumlalarni bolalarini uyqudan uygʻotish uchun uch-toʻrt marta, ba'zan bundan ham koʻproq takrorlashga majbur boʻladilar. Shunda ham farzandlarini oʻrnidan qoʻzgʻata olmagan onalar oila boshligʻiga murojaat qilishga majbur boʻladilar. Chunki aksariyat oʻzbek oilalarida otaning soʻzi onanikidan koʻproq ta'sir etadi. Shu sababdan boʻlsa kerakki, aksariyat hollarda onalar “otangga aytaman”, deb bolalarini qoʻrqitadilar. Oʻzbek nutqida “otaning soʻzi oʻq”, deb bejiz aytilmagan. Zero, onasining “turaqoling, oʻgʻlon” deb erkalashlariga quloq solmagan bolalar otalarining sharpalarini sezishi bilanoq oʻrinlaridan turib ketadilar. Buni otaning qattiqqoʻlligidan tashqari, ovozidagi oʻktamlik, qat'iylikning, keskirlikning natijasi deb bilmoq kerak.
Musulmonchilik udumiga koʻra ayollar nomahramga yuzini koʻrsatish tugul hatto ovozlarini ham eshittirishlari mumkin boʻlmagan. Shu sababdan ayollar namozni ham ancha mayin, muloyim, ingichka va past ovozda oʻqisalar, erkaklar esa dagʻalroq, baland, yugʻon ovozda bemalol tortinmasdan gapiradilar. Masalan:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling