Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet17/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

3.1. Fonatsion vositalar.
Til va paralingvistik vositalarning faoliyati – supersigment vositalar koʻpincha til birliklarining vazifasini aniq, toʻla ochishga xizmat qiladi. Birinchi navbatda ularning koʻp ma’noliligini, uslubiy jihatdan boʻyoqdorligini yaqqol yuzaga chiqaradi. Bular paralingvistika uchun xos boʻlgan fonatsion vositalar hisoblanadi. Paralingvistik vositalarga imo-ishora, mimika tarzidagi ma’noli harakatlardan tashqari ovoz fonatsiyasi xususiyatini yorituvchi vositalarni ham kiritish kerak.
Inson artikulyatsiyasining oʻziga xosligi nutq organlari yordamida , avvalo, tovush yordamida muloqot birliklarini hosil qilishdan tashqari, aloqa-aralashuv jarayonida adresantga tegishli boʻlgan imo-ishora, mimikadan tashqari barcha harakteristikalar – birinchi navbatda, kishining ovoz sifatlari bilan yuzaga keluvchi xarakteristikalaridan iborat boʻlishi mumkin40.
Umumiy fonatsion belgilar hisoblangan ovoz kuchi, tembri va boshqalar oʻz tabiatiga koʻra soʻzlovchiga xos fiziologik xususiyatlar bilan bogʻliq boʻlib, ularga psixik holat ta’sir qiladi. Ular adresant – soʻzlovchining fizik holatini aks ettiruvchi koʻrsatkich sifatidagina emas, balki unga xos psixik holatni ham ifoda qiluvchi paralingvistik vositalar hisoblanadi. Chunki fonatsion vositalar oʻziga xos ma’nolarni anglatadi. Jumladan:
“ – Kimlar bor ekan?
- Otin xola, qizi.
- Qizi qalay?
Ruzvon afsus qilgandek, boshini ikki yelkasiga irgʻatdi va tilini tanglayiga tegizib “chaloq” etdirib qoʻydi.” (A.Qodiriy)
Koʻrinib turibdiki, misoldagi “chaloq” ettirish vositasi afsus, achinish ma’nolarini ifodalash maqsadini amalga oshiryapti.
Salomlashish uchun qoʻllanayotgan ikkinchi fonatsion vosita muloqotni boshlash uchun xizmat qilyapti:
Appon chol oʻzining xufiyona kelganiga oʻngʻay-sizlandi. Er-xotin tagʻin boʻlak xayollarga borib oʻtirishmasin deb, tomoq qirib yoʻtalib qoʻydi”. (A.Saidov)
Ushbu kontekst uchun ishlatilayotgan fonatsion vosita adresantning mavjudligi, kelganini anglatish vazifasini bajaryapti.
Bizga ma'lumki, ovoz kuchi inson nutqini xarakterlaydi, chunki u doimo muloqot vaqtida vujudga keladi. Nutqning umumiy fonatsion belgilari ichida ohang – intonatsiya ham muhim oʻrin tutadi. Bu oʻrinda kommunikatsiya uchun ma’lum ahamiyatga ega boʻlgan mantiqiy urgʻuning rolini ta’kidlash lozim. Soʻzlashuv nutqi matnidagi asosiy maqsad uchun xizmat qiluvchi til birliklari boshqasidan ajratib, kerakli ohang bilan talaffuz qilinadi va nutqiy aloqani xarakterlaydi. Shu bilan birga, uslubiy boʻyoqdorlik tilning soʻzlovchi nutqi va shaxsiga bogʻliq boʻlgan fonatsion vositalari ichida murakkab ekani bilan ajratiladi.
Ohang tushunchasiga psixolingvistlar, sotsiolingvistlar quyidagicha tarif beradi: “Muloqot ohangi muloqot vaziyatining shunday ijtimoiy sifatiki, uni kommuni-kantlarning oʻzaro munosabatlarida me’yorga boʻysunish darajasi sifatida belgilash mumkin41. Umuman, til va nutq, ular bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar, xususan, extralingvistik hodisalar tilni chuqur tushunishda katta ahamiyatga ega. Extralingvistika sof fonetik, leksik va grammatik sohalarga tegishli boʻlmagan vositalarni oʻz ichiga oladi, lekin ularni oʻrganmay turib, tilning leksik va grammatik xususiyatlarini mukammal bilish mumkin emas.
Aloqa vaqtida bevosita ishtirok etuvchi tildan tashqari vositalar shu nutq muloqotiga qoʻshilib ketgan paralingvistik vaziyat hisoblanadi. Bu jihatdan paraling-vistik faktor ekstralingvistik faktordan aloqa aktining ma’lum sharoitida muloqotga aniqlik kiritish bilan farqlanadi. Extralingvistik faktorlar esa u yoki bu ijtimoiy sharoitda tilning rivojlanish jarayoni bilan bogʻlangan.
Paralingvistika til haqidagi fanning alohida sohasi sifatida emas, balki tilga xos vazifalarni oʻrganishni talab qiladigan soha sifatida talqin etilishi lozim.
Nutqning umumiy fonatsion belgilari ichida ohang – intonatsiya ham muhim oʻrin tutadi. Bu oʻrinda kommunikatsiya uchun ma’lum ahamiyatga ega boʻlgan mantiqiy urgʻuning rolini ta’kidlash lozim. Soʻzlashuv nutqi matnidagi asosiy maqsad uchun xizmat qiluvchi til birliklari boshqasidan ajratib, kerakli ohang bilan talaffuz qilinadi va nutqiy aloqani xarakterlaydi. Shu bilan birga, uslubiy boʻyoqdorlik tilning soʻzlovchi nutqi va shaxsiga bogʻliq boʻlgan fonatsion vositalari ichida murakkab ekani bilan ajratiladi.42.
Turli paralingvistik vositalarning kommunikatsiyadagi ishtiroki shunchaki boʻlmay, verbal ifodaning mazmuniga, mavzusiga muvofiq kelishi, mos boʻlishi shart. Ya’ni ma’lum shaxsga xos , ammo ma’no ang-latmaydigan, kommunikatsiya jarayonida beihtiyor ravishda qoʻllanadigan kinetic harakatlarni paraling-vistik vositalardan farqlash zarur.
Shunday qilib, paralingvistik vositalarning ahamiyati shundaki, ular ifoda harakatiga qoʻshilib, kommunikatsiya jarayonida qisqartirilgan til birliklarining oʻrnini toʻldirish va verbal vositalarning polisemantik xususiyatiga ma’lum aniqlik kiritish vazifasini bajaradi.
Ba’zida ohang yordamida ham soʻzlovchining milliy, hududiy, shaxsiy, insoniy xususiyatlarini aniqlash mumkin. Bu masalani tekshiruvchi paralingvistikaning bir qismi hisoblangan fonatsiya shu sababli ham nutqiy odatga aloqadordir. Masalan:
Men savol koʻzi bilan unga qaradim. U xudo urgan oʻjar dagʻdagʻa bilan ZAGS roʻyxatchisiga qarab:
-Mana, qoʻyishga qoʻygandan keyin , bolasini ham boqib olsin. Yosh umrimni bola boqib xazon qilmayman. Kerak boʻlsa oʻzi boqsin. Itdan boʻlgan qurvonlikka yaramas! – dedi-da, bolani menga tutqizib, jahd-u jad bilan koʻchaga chiqib ketdi. Men bolani koʻtargancha agʻrayib qoldim. Nima qilish kerak?.. Garangsib qoldim. Yigʻlaguday boʻlib:
- Axir, men endi qandoq qilaman? Buni qayerga olib boraman? – dedim-da, oʻz gapimdan oʻzim choʻchib ketdim. ZAGSdagilar menga haqoratli nazar bilan qaradilar, ichlaridan bittasi jerkib:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling