Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet20/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Anvar ham oʻzining xoʻjalik rolini buzmay:
Men supada boʻlaman, fursat topib yonimga chiq! dedi.”
Ra’no kanizaklar kabi bosh bukib “hozirman” ishorasini berdi va tabassumga moyil jodu koʻzlari bilan Anvarga ohista bosh koʻtarib qaradi. (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”)
Garchi muallif bu oʻrinda qahramonlar oʻrtasidagi oʻyinni ifodalayotgan boʻlsa-da, har holda biz oʻsha davr uchun xos boʻlgan kanizlarning “uzr soʻrash” vaziyatida xoʻjalariga nisbatan qoʻllovchi imo-ishoralari – kinetik harakatlarini bilib olamiz.
Imo-ishoralar yordamida adresant haqida milliy-hududiy va ijtimoiy axborotga ega boʻlamiz. Yana koʻpchilik xalqlar paralingvistik vositalarni adresatga qarab tanlab ishlatishini alohida e’tiborga olishimiz kerak. Masalan, oʻzbeklarda adresantning tengdoshiga, oʻzidan katta yoki kichik yoshdagi odamga, notanish odamga (bunda ham yoshga e’tibor beriladi) munosabati turgʻun nutq birliklari yordamida oʻziga xos ravishdagi ohang va imo-ishoralar vositasida yuzaga chiqadi. Tengdosh yoshlar orasidagi munosabatda :
Zebining bunga chinakam achchigʻi kelgan edi, qoʻlini uzatib oʻrtogʻining ogʻzini toʻsdi:
Voy anavi qizni! Yana beshbattar qilasiz ishni! – dedi.” (Choʻlpon)
Ushbu misolda keltirilgan “qoʻlini uzatib, oʻrtogʻining ogʻzini toʻsdi” jumlasini faqat tengdosh yoshlargina bir-biriga murojaatda qoʻllasa boʻladi. Agar bunday kinetik harakat katta yoshli adresantga nisbatan ishlatilsa, me’yor qoʻpol tarzda buziladi.
Bu turdagi turli yoshdagi muloqotchilar munosabatida “minnatdorchilik bildirish” vaziyatiga xos imo-ishoralar turlicha boʻlishi kuzatiladi. Adresant kichik boʻlsa, katta yoshli suhbatdoshi – adresatga qoʻlini koʻksiga qoʻyish bilan maqsadini bildiradi. Aksincha, katta adresant koʻp hollarda kichik yoshli adresatning yelkasiga qoqib qoʻyadi.
Ma’lumki, “erkalash” vaziyatida katta yoshli kishilar oʻz farzandlari, nabiralari, shuningdek, aksar yosh bolalarni peshonasidan oʻpib suyadilar. Erkalash vositasini bildiruvchi bu vositani “salomlashish” va “xayrlashish” vaziyatida ham uchratamiz. Ehtimolki, shuning natijasi boʻlsa kerak, oʻzbeklarda uzoq muddat koʻrishmaslik oldidan “xayrlashish” vaziyatida katta yoshli adresantlar koʻproq qadrdon, yaqin kishilarini manglayidan oʻpib xayrlashadilar. Bunday harakat koʻproq otalarda kuzatiladi:
Amallab oyimning quchogʻidan chiqishi bilan dadam ikki yelkasiga osilib, peshonasidan oʻpdi:
Oy borib, omon kel, oʻgʻlim! – dedi boʻgʻiq ovozda.” (Oʻ.Hoshimov)
Yuqorida koʻrib oʻtilganidek, kinetik til birliklari tarkibiga juda koʻp sonli ma’no bildiruvchi kinetik harakatlar, shuningdek, nutqiy stereotipik ifodalarga ekvivalent – muqobil boʻlgan ishoralar hamda mimikalar kiradi. Ayrim holatlarda bunday ekvivalentlar nutqiy ifodalarning okkazional va usual almashtirilishi natijasida turli kommunikativ vaziyatlarning aniq oʻrni – konteksti uchun ta’sirliroq boʻladi.
Eshikdan kirib, qoʻl qovushtirib toʻxtagan Gulshan ikki bukilib salom berdi.
Keling, Gulshan! – dedi oyim, – oʻltiring, vaalaykum assalom!
Gulshan ta’zim bilan birinchi darichaning yuqorisiga borib oʻtirdi va duoga qoʻl koʻtardi.“ (A.Qodiriy)
Bu misolda Gulshan – adresantning, oyim – adresatga “qoʻl qovushtirib” , “ikki bukilib” soʻzsiz salom berishi, minnatdorchilik ma’nosida ta’zim qilishi har qanday til birliklarining ifodasidan ustunroq. Boshqacha aytganda, nutqiy odatni me’yorida boshlash, umuman, saqlash uchun katta ahamiyatga ega boʻlmoqda.
Ba’zan bu kinetik harakatlar nutqiy odat me’yori buzilganda, ma’lum til birligi yordamida muallif maqsadini ifodalaydi:
Xon yuzini chetga oʻgirdi:
-Rastagʻa chiqaring!
Anvar, xonni va hamnishinlarini masxaralagandek ta’zim ado qildi.” (A.Qodiriy)
Odatda, oʻzbek ayollari bir-birlari bilan quchoqlashib, bir-birlarining yelkalariga qoqib koʻrishadilar:
Zaynab opam! – dedi. (Kumush) Zaynab ham kulimsiragan holda Kumushga yaqinlashib keldi… Ikki kundosh “esonmisiz-omonmisiz, omon-eson yuribsizmi…” soʻzlari bilan ozorsiz qilib bir-birining yelkasiga va qoʻltiq ostiga qoʻl yuborishdilar. (A.Qodiriy)
Ba’zi erkaklar ham quchoqlashib koʻrishadilar. Bunda koʻrishish ma’nosidan tashqari ushbu uchrashuvdan xursandlik, yaqin qadrdonlik va uzoq koʻrishmaganlik ma’nolari ham anglashilishi mumkin. Bunga dalil sifatidi harbiy xizmatdan qaytgan yigitlar bilan koʻrishishni keltirish mumkin.
Paralingvistik vositalarning aksariyati oʻziga xos milliy xususiyatlarni ifodalaydi. Oʻzbek ayollari erkaklar bilan soʻrashganda,koʻpincha ikki kaft bilan ularning yelkasini silab, ya’ni ularning yelkalaridan olib,yuzga qoʻltortib (yuzga surtib) koʻrishishlari gʻarb ayollarida umuman mavjud emas:
Bobur:
Xush koʻrdik, begim, dedi-da, unga oʻng yelkasini tutdi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling