Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус
Download 39.03 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
54 I bob bo’yicha xulosa O’quvchilarning geometrik tasavvurlarini kesimlarni yasay olish ko’nikmalari, hamda sodda geometrik ob’ektdan konstruktiv va matematik- mantiq asosida murakkab geometrik ob’ektga o’tish ko’nikmalarini shakllantirish orqali rivojlantirish o’ziga xos strukturaviy muammoni yuzaga keltiradiki, bu muammoning hal qilinishi davlatimiz qo’yayotgan ijtimoiy talab mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdek vazifani ma’lum darajada hal qilishga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham biz matematikani, aniqrog’i, geometriyani o’qitish jarayonida geometrik tushuncha, qonuniyat, faktlar va formulalarni o’zaro aloqadorligini, hamda bir fikrdan ikkinchi fikrni, bir formuladan ikkinchi formulani keltirib chiqarishni alohida pedagogik zaruriyat sifatida qaraymiz. ¡quvchilarning geometrik tasavvurini rivojlantiruvchi nazariy bilimlarni yaratish maqsadida geometrik ob’ektlar ustida hisoblash, isbotlash, yasashlarni, o’qitishni takomillashtirishda tahlim tamoyillaridan yuqori saviyada foydalanish va ularni uzluksiz tahlim tizimidagi o’rniga alohida ahamiyat berish tadqiqotimizning asoslaridan biri bo’lib xizmat kiladi. Birinchi bobda kasb-hunar kollejlari, o’quvchilarining geometrik tasavvurlari rivojlanishining yo’llari etib quyidagilar keltirilgan: - geometriyani o’qitishning tadrijiylik tamoyili qolgan tamoyillar bilan hamohang ishlasa; - geometriyadagi mavjud mos qonuniyat, qoida, formulalar geometrik ob’ektlarni tavsiflashga, ular ustida bo’ladigan munosabatlarni atroflicha ifodalashga xizmat qilsa; - geometriyani o’qitishdagi barcha ko’rinishlar, uslublar, vositalar kasb- hunar kollejlari o’quvchilarining geometrik tasavvurining shakllanishi va rivojlanishiga yo’naltirilgan bo’lsa 55 - kasb-hunar kollejlari, yuqori sinf o’quvchilarining geometrik tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishning metodik shartlarini aniqlansa; - geometrik ob’ekt, qonun, qoida, formulalar orasidagi bog’lanish munosabatlarini takomillashtirish va rivojlantirishni tahminlansa; -umumtahlim maktab o’quvchilarining geometrik tasavvurlarini rivojlantiruvchi o’quv materialini mazmunini aniqlash va metodikasini ishlab chiqish; - ishlab chiqilgan metodik tizimning yaroqli ekanligini ko’rsatuvchi tajribalar o’tkazishni tashkil etish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling