Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус
Tajriba va nazorat guruhlarida talabalarning o’zlashtirish
Download 39.03 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
Tajriba va nazorat guruhlarida talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari natijalari (chiqish) Guruhlar O’quvchilar Ballar soni «86-100» «71-85» «55-70» «0-54» Tajriba 44 8 16 17 3 Nazorat 37 3 9 19 6 Hisoblash ishlarini ko‘rsatamiz: Xт 44 1 (5 8 4 16 3 17 2 3) 3,65 X н 37 1 (3 5 10 4 19 3 5 2) 3,3 Natijalarga ko‘ra, tajriba sinov ishlaridan keyin tajriba guruhidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat guruhlaridagi talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan yuqori. X X Z T samaradorlik koeffitsienti 11 , 1 3 , 3 65 , 3 Z 1 Z bo`lgani uchun nazorat guruhidan tajriba guruhidagi samaradorlik yuqori ekan. 96 III BOB BO’YICHA XULOSALAR Dissertatsiya doirasida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi uchinchi bobda ilgari surilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosalarga kelish mumkin: 1. «Geometriya»ni o‘qitish jarayonini loyihalashtirish, ushbu jarayonda yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyati ham mazkur amaliyotning ma‘lum loyiha (dastur) asosida tashkil etilishiga bog‘liq. Loyihada tajriba-sinov ishlarining maqsadi, vazifalar, bosqichlari, har bir bosqichda bajarilishi nazarda tutilgan aniq vazifalar, kutilayotgan natija hamda amaliy faoliyatning mohiyati o‘z ifodasini topdi. 2. Asoslovchi tajriba natijalarining qayd etishicha, talabalarning an‘anaviy ta‘lim muhitida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasi pastdir. Ushbu holatga barham berish maqsadida tajriba ishining keyingi bosqichida yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitilgan hamda muayyan mavzular bo‘yicha tayyorlangan dars ishlanmalari (loyihalari) sinovdan o‘tkazildi. Zarur o‘rinlarda ularning mazmuniga o‘zgartirishlar kiritib borildi. Ta‘kidlovchi tajriba ishi natijalariga ko‘ra esa biz tavsiya etgan loyihalarning samaradorligi tasdiqlandi. 97 XULOSA Magistrlik dissertatsiya ishida fazoviy tasavvurni va mantiqiy tafakkurni ma’lum darajada tasavvurni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy - metodik izlanishlar mavjud. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratilish mumkinligi ko’rsatilib o’tildi: o’quv jarayonini faollashtirish (M.A.Danilov va boshqalar), ko’nikma va malakalarni shakllanishiga tizimli yondoshish (F.F.Korolyov, S.I.Arxangelg’skiy, N.V.Kuzmina, I.I.Dqrchenko va boshqalar), o’quvchilarning geometrik tafakkurlarini rivojlantirish (D.I.Ikromov, N.R.G’aybullaev, A.A. Normatov. A.Ortiqboev va boshqalar), o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini shakllantirish (L.S.Atanasyan, Z.A.Skopets, N.SH.SHerboev, A.Nurmetov va boshqalar), o’quvchilar tasavvurlarini shakllantirishning psixologik asoslari (E.V.Gurg’yanov, T.V.Kudrg’yavtsev, M.G.Davletshin, Fridman va boshqalar) matematika o’qitishda kasbiy tayyorgarlik va fanlararo aloqadorlik (V.N.Fyodorova, I.D.Zverov, V.N, Maksimova, T.R.To’laganov, M.R.Raemov, V.N.Kelbakioni va boshqalar). Yuqorida qayd qilingan mualliflarning tadqiqotlari hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida o’quvchilarning geometrik tasavvurini rivojlantirish muammosi dolzarbligini yaqqol isbotlamoqda. A.P.Domoryad [ 42 ]va L.R.Xaxamovlar [ 113 ] muntazam ko’pyoqlilar misolida o’quvchilarning geometrik tasavvurini rivojlantirish masalalari qisman qaralgan bo’lib, asosiy ehtibor ularning konstruktivlik faoliyatini asoslashdan iborat bo’lgan. SHunga qaramasdan, o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini kesimlarni yasay olish ko’nikmalari, hamda sodda geometrik ob’ektdan konstruktiv va matematik- mantiq asosida murakkab geometrik ob’ektga o’tish ko’nikmalarini shakllantirish orqali rivojlantirish o’ziga xos strukturaviy muammoni yuzaga keltiradiki, bu muammoning hal qilinishi davlatimiz qo’yayotgan ijtimoiy talab mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdek vazifani Ma’lum darajada hal qilishga imkoniyat yaratadi. 98 Ma’lumki, geometriya o’qitish dasturini takomil holga keltirish hozirgi zamon metodika ilmining ilg’or usullaridan faol foydalanish, matematikaning mazmuni, tuzilishi, vazifasini darslikda berilgan Ma’lumotlarga tayangan holda kengaytirish, ta’limda o’quvchilarning tasavvuri va tafakkurini bevosita rivojlantiradigan o’quv materiallariga kengroq murojaat qilish, o’quvchining ertangi kuni uchun mos bo’lgan o’quv materialini sistematik ishlab borish zaruratini vujudga keltiradi. Hozirgi kasb-hunar kollejlarining moddiy - texnika bazasining talab darajasida bo’lishi o’quvchilarni yuqori malakali, tasavvur hajmi ancha keng, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega kishilar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu esa o’qitish metodlari tizimini takomillashtirish va boshqarishning ilmiy asoslanishini tahminlash orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga o’quvchilarga berilayotgan axborotlar hajmi, o’quvchilar bu axborotlarni mushohada qilish imkoniyati va undan kelajakda kerakli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari ancha past ekanligi kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida o’qitish – o’rgatishni takomillashtirishni talab etmoqda. Mavjud o’quv qo’llanmalar, darsliklar, qo’shimcha materiallar o’zining mazmuni, tuzilishi va funktsiyasi jihatidan yuqorida keltirilgan fikrlarga to’la javob bermaydi. Bundan tashqari o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini, ularning geometrik tasavvurlarini rivojlantiruvchi va shu tasavvur ichida mushohada qilishni tahminlaydigan o’quv materiallari yetarli emas. Ikkinchi tomondan mustaqil fikrlay oladigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bunday shaxsni tarbiyalash jamiyatimizning rivojini tahminlovchi, mamlakatimizda fan va texnikaning yangi texnologiyalarining rivojlanishini, insoniyatning ilm olish madaniyatining takomil topishi kabi sifatlarning barchasi inson tafakkuri va tasavvurisiz sodir bo’lmaydi yoki yuzaga kelmaydi. Bu esa tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. 99 Shuning uchun ham biz matematikani, aniqrog’i, geometriyani o’qitish jarayonida geometrik tushuncha, qonuniyat, faktlar va formulalarni o’zaro aloqadorligini, hamda bir fikrdan ikkinchi fikrni, bir formuladan ikkinchi formulani keltirib chiqarishni alohida pedagogik zaruriyat sifatida qaraymiz. ¡quvchilarning geometrik tasavvurini rivojlantiruvchi nazariy bilimlarni yaratish maqsadida geometrik ob’ektlar ustida hisoblash, isbotlash, yasashlarni, o’qitishni takomillashtirishda tahlim tamoyillaridan yuqori saviyada foydalanish va ularni uzluksiz ta’lim tizimidagi o’rniga alohida ahamiyat berish tadqiqotimizning asoslaridan biri bo’ldi. Bu yuqorida keltirilgan fikrlar bevosita tadqiqotning ob’ekti, predmeti, gipotezasi, tadqiqot masalalarini va metodikasini aniqlashga, hamda maqsadlarni aniq va tushunarli bayon qilishga imkoniyat yaratdi va belgiladi. O’quvchilarning geometrik tasavvurlarini kesimlarni yasay olish ko’nikmalari, hamda sodda geometrik ob’ektdan konstruktiv va matematik- mantiq asosida murakkab geometrik ob’ektga o’tish ko’nikmalarini shakllantirish orqali rivojlantirish o’ziga xos strukturaviy muammoni yuzaga keltiradiki, bu muammoning hal qilinishi davlatimiz qo’yayotgan ijtimoiy talab mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdek vazifani ma’lum darajada hal qilishga imkoniyat yaratdi. Ishning asosiy qismida kasb-hunar kollejlari, o’quvchilarining geometrik tasavvurlari rivojlanishining yo’llari etib quyidagilar keltirilgan: - geometriyani o’qitishning tadrijiylik tamoyili qolgan tamoyillar bilan hamohang ishlasa; - geometriyadagi mavjud mos qonuniyat, qoida, formulalar geometrik ob’ektlarni tavsiflashga, ular ustida bo’ladigan munosabatlarni atroflicha ifodalashga xizmat qilsa; 100 - geometriyani o’qitishdagi barcha ko’rinishlar, uslublar, vositalar kasb- hunar kollejlari o’quvchilarining geometrik tasavvurining shakllanishi va rivojlanishiga yo’naltirilgan bo’lsa - kasb-hunar kollejlari, yuqori sinf o’quvchilarining geometrik tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishning metodik shartlarini aniqlansa; - geometrik ob’ekt, qonun, qoida, formulalar orasidagi bog’lanish munosabatlarini takomillashtirish va rivojlantirishni tahminlansa; -umumtahlim maktab o’quvchilarining geometrik tasavvurlarini rivojlantiruvchi o’quv materialini mazmunini aniqlash va metodikasini ishlab chiqish; - ishlab chiqilgan metodik tizimning yaroqli ekanligini ko’rsatuvchi tajribalar o’tkazishni tashkil etish. Kasb-hunar kollejlarining yuqori sinflarida geometriyani o’qitish jarayonida har bir geometrik ob’ektlar, kesma, to’g’ri chiziq, burchak, uchburchak, tekislik yoki fazoviy figuralar va hokazo, orasidagi Ma’lum bog’lanishlarning algebraik interprintatsiyasi o’quvchilar ongida qay darajada o’z aksini topishi, ularning tasavvurlarini qanday shakllantiruvchi va uning takomillashtiruvchi komponentlarning aniqlanishi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham geometriyadan har bir dars yoki darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish uchun tanlanadigan o’quv materialining strukturasi, maqsadi, vazifasi o’quvchilarning geometrik tafakkurining shu bilan birga tasavvurining shakllanishiga, rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan bo’lishi zarurdir. Tanlangan bunday o’quv materiallar o’quvchilarning tasavvurlarini rivojlantiradi va shu bilan birga: - ular abstraktlik va aniqlik nuqtai nazaridan butunlik hosil qilib geometriyani o’qitish jarayonining mazmuniy jihati va natijaviy xulosa birligini tahminlaydi; - geometrik masalalarni yechilishidagi asosiy metodik bosqichlarni to’ldirib o’qitishning darajasi, bosqichi va mezonini aniqlashga yordam beradi; 101 - geometrik masalalarning hayotiylik darajasini oshirishda va bu hayotiylik asosida o’quvchilarning geometrik tassavurlarini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi; - geometrik teorema, lemma va masalalarni isbotlashda, hisoblashda, yechimlarni tahlil qilishda tafakkurning tasavvurga tahsirini kuchaytirish bilan birga uni bir bosqichdan keyingi bosqichga ko’tarishda asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirilishini tartibga solish, tanishtirish kabi muhim nozik tomonlarini ochib beradi. Download 39.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling