107
Ilova
«Aylanma jismlari» mavzusi bo`yicha dars ishlanmasi
Mavzu: «Aylanma jismlari»
Darsning maqsadlari:
1. O`quvchilarni: silindr, konus, shar, sfera, ularning asosiy elementlari bilan
tanishtirish.
2. “Aylana. Doira” mavzusi bo`yicha o`quvchilar bilimlarini aniqlash.
3. Fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.
Darsning borish:
I.Tashkiliy qism.
II.Yangi materialni o`rganishga tayyorlash.
Yangi materialni o`rganish oldidan «Doira. Aylana» mavzusi bo`yicha
zarur
bilimlarni eslatib o`tish. Frontal so`rov jarayonida o`quvchilar quyidagi savollarga
javob berish taklif qilinadi:
1. Sizga ma’lum aylanma figuralarini ayting (doira, aylana)
2. Doira aylanadan nima bilan farq qiladi?
3. AB kesma berilgan. A nuqta, B nuqta atrofida
aylantirishda qanday figura
hosil bo`ladi? (Aylana)
4. Qaysi ko`pburchak aylanaga ichki chizilgan (tashqi chizilgan) deb ataladi?
III. Yangi materialni bayon etish.
Yangi material mahruza ko`rinishida quyidagi sxema asosida bayon etiladi:
1. Aylanma jismi ta’rifi
2. Asosiy elementlari
1. Kesimlari.
2. Ichki va tashqi chizilgan ko`pyoqlar
108
IV. Yangi materialni mustahkamlash.
Quyidagi savollar
muhokama etiladi
1.Tabiatda, texnikada silindr, konus, shar
shaklidagi predmetlarni
ko`rsating.
2. Qaysi figuralarni aylantrishdan silindr, konus, shar, sfera hosil bo`ladi?
3. Modellar
yordamida silindr, konus, shar elementlarini ko`rsating va
ayting.
V. Uy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: