‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. S u L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni


Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar


Download 6.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/154
Sana20.08.2023
Hajmi6.31 Mb.
#1668618
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
Bog'liq
ek 517 7 tayi-3-0002

Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar deb m a ’lum tabiiy sharoitda 
undan foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish 
im koniyati b o 'lg a n resurslarga aytilad i. Bunday resurslarga 
o'simliklar va hayvonot dunyosi, q ato r mineral resurslar, masalan, 
ko ‘l tubida yig'iluvchi tuzlar, to rf qatlam lari hamda tuproqlar 
kiradi. A m m o ularni tiklash va k o ‘p l a b ishlab chiq arish n i 
t a ’minlash uchun m a ’lum shart-sharoitlar yaratish lozim. Qayta 
tiklanadigan resurslarni tiklash j a r a yoni turli xil tezlikda kechadi. 
Tuproqlarda 1 sm.li gumus qatlami hosil qilish uchun 300-600 
yil, kesilgan o'rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni tiklash uchun 
esa o ‘n la b yillar talab etiladi. T a b iiy k i, qayta tik la n ad ig an
resurslardan foydalanish darajasi ularning tiklanish tezligiga mos 
kelishi kerak. Aks holda qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qayta 
tiklanmaydigan resurslarga aylanib qolishi mumkin. Masalan, 
tuproq o ‘lik tuproqqa aylanishi, h ayvonot va o'simlik turlari esa 
um um an y o ‘qolib ketishi m um kin. S huni ham nazarda tutish 
lozimki, k o ‘plab tabiiy resurslar j u d a sekinlik bilan tiklanadilar. 
O ' r m o n , t u p r o q , h a y v o n l a r n i n g k o ' p l a b t u r l a r i s h u l a r
jumlasidandir. Bunday resurslar nisbatan tiklanadigan tabiiy 
resurslar deb ataladi. Ular shunday tabiiy resurslarki, ularni tiklash 
uchun insonning bir necha avlodi umri talab etiladi. Bu guruhga 
suv, shamol, o ‘tloq, irrigatsiya, sanoat va boshqa turdagi tuproqlar 
eroziyasini ham kiritish m u m k in . M a ’lumki, tu p ro q la rn in g
haydaladigan yuqori qisminigina tabiiy sharoitda tiklash uchun 
bir necha ming yil talab etiladi. K o ‘p yillik daraxtlardan tashkil 
topgan o ‘rmonlarni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar 
qatoriga kiritish mumkin. Masalan, sakvoy daraxti 6 ming yilgacha 
umr ko'rishi va balandligi 100 m etrdan ortiq bo‘lishi mumkin. 
San-Fransisko yaqinida o'sadigan bu ulkan daraxtlarni ayovsiz 
kesish hisobiga hozirgi kunga kelib ularning bir necha donasi qoldi, 
xolos. Hozir u yerda maydoni 424 akrali q o ‘riqxona tashkil etilgan. 
Bu yerda sakvoylarning bir oylik k o ‘chatlaridan tortib, yirik.


am m o bir nec ha n a m u n a l a r i o ‘stirilm oqda. S akvoy daraxti 
p o ‘stlog‘ining q a linligi 30 sm.dan ortiq b o ‘lganligi sababli 
yong‘inga chidamli hisoblanadi. Ko‘plab sakvoylar Amerikaning 
taniqli insonlari nomi bilan ataladi. Masalan, «General Sherman» 
deb ataluvchi sakvoy daraxtining balandligi 91 metrni, diametri 
20 metrni, o g ‘irligi esa 2000 tonnani tashkil etadi. Bu kabi 
daraxtning bir donasidan olingan yog'och materiallarini tashish 
uchun bir bu tu n tem ir y o ‘l tarkibi talab etiladi. Bitta sakvoy 
daraxtidan olinadigan yog'ochdan 45 ta bir xonali uy qurish 
mumkin. Sibir kedri Rossiyada bir necha million gektar maydonni 
egallagan b o ‘lsa-da, ularni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy 
resurslar qatoriga kiritish lozim. Uning umr ko'rish davomiyligi 
300 yilga yetadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bir necha inson 
avlodi umriga teng.

Download 6.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling