Ushbu ishlarning mantiqiy davomi sifatida hozirgi
kunda ham Prezidentimiz
Shavkat Mirzizyoyev tomonidan san’at va madaniyat sohasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish,
ularni va
umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda
ma’naviy yetuk, barkamol
shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati
va salohiyatini ro’yobga chiqarishborasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Mavzuning dolzarbligi. Mazkur malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi
shundaki, haykaltarosh Ilhom Jabborovning ijodi
bugungi kunga qadar chuqur
o’rganilmagan. Haykaltarosh asarlari san’atshunoslar tomonida chuqur tahlil
etilmagan. Shu jihatlari bilan mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzusi dolzarbdir. Bu
murakkab, ijodiy imkoniyatlari keng, buyuk va abadiy san’atning rivoji, muammolari,
an’analari
va
tendensiyalarini
o’rganish
haykaltaroshlikda
ijodiy
faoliyat
ko’rsatayotgan
ijodkorlarni ijodini yoritish, tadqiq etish hozirgi kunda juda dolzarb
hisoblanadi. O’zbekiston haykaltaroshlik san’atining rivojlanishida o’zining
katta
hissasini qo’shayotgan taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborovdir.
Mazkur malakaviy bitiruv ishi haykaltarosh Ilhom Jabborovning ijodiy
faoliyatiga bag’ishlanadi.
Ilhom
Jabborovning
ijodi hozirgi kunga qadar
san’atshunoslar tomonidan alohida o’rganilmagan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish
joizki, haykaltaroshning o’zi haqida yozilgan monografik ilmiy manbaning yo’qligi
ham mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mazkur izlanish doirasida O ’zbekiston
san’ati rivojiga bag’ishlangan bir qator ilmiy adabiyotlar
va monografiyalar bilan
tanishib chiqish taqozo etiladi. Mavzuning yanada keng va to ’laqonli yoritilishi
maqsadida mavzuga doir bo’lgan bir qator ilmiy manbalar bilan tanishib chiqildi. XX
asr haykaltaroshligi haqida “HcKyccTBo Советского Узвекистана” 2
kitobida
ma’lumotlar berilgan. Bu kitobga V. Dolinskaya, P. Zohidov, T.
Qodirova, T.
Silantyeva, R. Taktash. A. Umarov, D. Faxriddinova kabi san’atshunoslar tadqiqotlari
Do'stlaringiz bilan baham: