Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Voleybol federatsiyasining funksional faoliyat yo‘nalishlari


Download 2.8 Mb.
bet120/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Voleybol federatsiyasining funksional faoliyat yo‘nalishlari


27-andoza
«O‘zbekistonda voleybol taraqqiyotini boshqarish»
mavzusi bo‘yicha nazorat savollari

1. O‘zbekistonda voleybol taraqqiyotini boshqarishning qanday davlat va jamoat organlari mavjud? Ularni ish faoliyatiga izoh bering.


2. Voleybol taraqqiyotini boshqaruvchi organlar qanday tuzilishga ega va ular qanday ishlarni amalga oshiradi?
3. Ommaviy va professional voleybol taraqqiyoti qaysi yo‘nalishlarda boshqariladi?
4. O‘zbekistonda voleybolning «kechagi», «bugungi» va «ertangi» holati nimalar bilan izohlanadi?


25. ILMIY TADQIQOT ASOSLARI


Talabalar ilmiy tadqiqot va o‘quv tadqiqot ishlari

O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tizimini shakllantirish, uni yanada ommaviylashtirish hamda aholining kundalik iste’moliga aylantirish ushbu sohani ilmiy asosda tashkil qilishni taqozo etadi. Ayniqsa, o‘zbek sportini raqobatbardosh bosqichga ko‘tarish, uni halqaro miqyosga olib chiqish faqat ilmiy izlanishlar, chuqur tadqiqotlar evaziga amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, soha bo‘yicha ta’lim olayotgan har bir bo‘lajak mutaxassis ilmiy-nazariy jihatdan to‘la-to‘kis qurollangan, o‘z kasbining ustasi, zamonaviy, ilg‘or ilmiy-tadqiqot uslublarini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Demak, institut talabalari, shu jumladan voleybol, basketbol va tennis ixtisosliklari talabalari o‘quv rejasidagi barcha fanlar qatori ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashlari shart. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari birinchi navbatda sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi hamda texnik-taktik malakalarni takomillashtirishga, o‘quv trenirovka jarayonini shakllantirish, jumladan qo‘llaniladigan trenirovka va musobaqa nagruzkalarini sportchining jismoniy-funksional imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlashga qaratilishi darkor.





Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling