Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Download 2.8 Mb.
bet122/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Ilmiy tavsiyanoma – bosqich yoki yakunlangan ilmiy ish natijalari, ularning tahlili va xulosalari asosida amaliyotga taqdim etiladigan takliflar majmuasini o‘z ichiga oladi. Odatda, bunday tavsiyanomalar avval amaliyotga tatbiq etiladi, so‘ng ularning ahamiyati va amaliy samarasi tan olingach, rasmiy ravishda tasdiqlanadi.
Ilmiy axborot – aksariyat hollarda tezkor yig‘ilishlarda, ilmiy rahbar, ilmiy xodimlar va amaliyot mutaxassislari oldida ilmiy tadqiqotning borishi yoki uning yakuniy natijalari haqida qisqa og‘zaki ma’lumot berish bilan ifodalanadi.
Referat – ilmiy ishning ushbu shakli tanlangan ilmiy mavzu doirasidagi yoki shu mavzuga bevosita aloqador adabiyotlardan ma’lumotlar to‘plab, ularni taqqoslash, tahlil qilish va umumlashtirish orqali o‘rganiladigan muammo dolzarbligini isbotlab beruvchi yozma fikr-mulohazalardan iborat bo‘ladi.
Ilmiy hisobot – to‘liq yakunlangan ilmiy tadqiqot yoki uning ayrim qismi bo‘yicha olingan natijalarning atroflicha tahlili va xulosalarini aks ettiruvchi ilmiy ish bo‘lib, yozma ravishda ilmiy ma’muriyatga taqdim qilish uchun tayyorlanadi. Ilmiy hisobot fan va texnika bo‘yicha davlat ma’muriyati tomonidan belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi hamda dissertatsiyalar kabi barcha bo‘lim, bob va bandlar matnini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy qo‘llanma – ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot natijalari va xulosalariga asoslangan holda yaratiladi. Ilmiy qo‘llanma turli mavzularga oid masalalar mohiyati, nazariy asoslari, ularni o‘rganish uslubiyati va vositalarini yoritib berishga qaratiladi.
Masalan: sport tayyorgarligining turli davr va bosqichlarida o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarining ilmiy-uslubiy asoslari ochib berilishi mumkin.
Diplom ishi, magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari – jismoniy tarbiya va sport sohasida muayyan dolzarb mavzuni ilmiy tadqiqot asosida chuqur hamda atroflicha ochib berishga qaratiladi. Ushbu ilmiy ishlar o‘zining maqsad va vazifalari ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va tavsiyalari, asoslangan xulosalariga ega bo‘lishi lozim.
Monografiya – ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalari asosida ishlab chiqiladigan va kitob shaklida nashr qilinadigan yirik ilmiy ish mahsuli.



Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling