Ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni tashkil qilish
malakalarini o‘zlashtirish
Adabiyotlar bilan ishlash. Talaba ta’lim olish davomida ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni taqqoslay bilish, umumlashtirish va bibliografik ko‘rsatkichlari bilan o‘zicha referat tarzida bayon qilib olishni o‘rganishi lozim.
Ilmiy uslublarni o‘rganish, ularni tadqiqotda qo‘llash texnologiyasini o‘zlashtirish, tadqiqot natijalarining ilmiy mohiyatini bilgan holda tahlil qilish «ilmini» egallash, natijalarni statistik uslubda hisoblay bilish va boshqa shunga o‘xshash bilim va malakalarni shakllantirish talaba uchun ilmiy-tadqiqotni samarali tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Agar ilmiy uslublardan foydalanish murakkab texnik vositalar (asbob, apparat, kompyuter, trenajer va h.k.) yordamida amalga oshiriladigan bo‘lsa, unda shu texnik asboblarni ishlatish malakasini ham puxta o‘zlashtirish kerak bo‘ladi.
Kurs yoki diplom ishlarini va umuman ilmiy «mahsulot»ning barcha turlarini «ishlab chiqarish» texnologiyasini o‘rganish, ilmiy adabiyotlardan ma’lumotlar to‘plash, ilmiy ish mavzusini tanlash, maqsad va vazifalarni tahlil qilish, umumlashtirish va boshqa malaka-ko‘nikmalar haqida kengroq ma’lumot olish uchun talabaga quyidagi «Metodik qo‘llanma» bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz:
O.T.Rasulov, X.A.Ismatullayev. Jismoniy tarbiya institutida mutaxassislik bo‘yicha kurs (diplom) ishini tayyorlash xususiyatlari. T.: 1993. - 20 b.
Ushbu metodik qo‘llanma bilan institut kutubxonasida tanishish mumkin.
28-andozada talabalar ilmiy ishi va BMIning tarkibiy tuzilishi aks ettirilgan.
Ilmiy ish va BMIning tarkibiy tuzilishi
28-andoza
«Ilmiy-tadqiqot asoslari» mavzusi bo‘yicha
nazorat savollari
Talabalarning o‘quv-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot ishlari qanday mohiyatga ega?
TO‘TI va TITI qanday amalga oshiriladi?
TO‘TI va TITIda qanday uslub va test sinovlaridan foydalaniladi?
Ilmiy ish (tezis, maqola, BMI va h.k.) qanday tayyorlanadi?
TO‘TI va TITI qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |