Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi, uning tarkibi


Download 2.8 Mb.
bet119/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi, uning tarkibi
va ish funksiyalari

Mamlakatimizda voleybolni ommaviylashtirish, rivojlantirish, uni ravnaq toptirishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi rahbarlik va boshqaruvchi rolni o‘ynaydi. Respublikamizning tuman, viloyat va shaharlarida esa bu mas’uliyat joylardagi federatsiyalar orqali amalga oshiriladi.


Federatsiyaning oliy rahbar organi respublika anjumanidir. U mamlakatda voleybolni rivojlantirishning asosiy masalalarini hal qiladi. Federatsiya anjuman tufayli saylangan o‘z prezidiumidan (rayosatidan) iborat.
Rayosat o‘z navbatida belgilangan ijroiy qo‘mitasiga ega bo‘lishi kerak. Qo‘mitada federatsiyaning prezidenti rahbarligida direktorat va doimiy hay’atlar tuziladi. Bu hay’atlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadilar:
- moliyaviy-iqtisodiy;
- yuridik-huquqiy;
- moddiy-texnika ta’minlovi;
- ommaviy-tashkiliy;
- murabbiylar kengashi;
- ilmiy-uslubiy;
- sport-texnika;
- bolalar va o‘smirlar sporti;
- halqaro sport aloqalari;
- respublika sport faxriylari kengashi;
Ko‘rinib turibdiki, mazkur yo‘nalishlarning nomlarining o‘zi hay’atning vazifasi, bajaradigan tadbirlari va butun faoliyatlari mazmunini belgilab berib turibdi.


Jahonda voleybolni rivojlantirish jarayonini halqaro
tashkilotlar darajasida boshqarish
Voleybol taraqqiyotini boshqarish Halqaro voleybol Federatsiyasi (XVF-FIVB) va zonal konferensiyalar orqali ijro etiladi.
Ovro‘pa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Karib dengizi, Janubiy Amerika mintaqalarining zonal konferensiyalari mavjud.
FIVBning aloqa va ish faoliyatlari rasmiy ravishda ingliz, farang, rus va ispan tillarida amalga oshiriladi.
FIVB o‘zining ustaviga ega. U vaqti-vaqti bilan voleybol sohasida ro‘y berayotgan asosiy voqealar bilan yoritilgan rasmiy BYULLETEN chiqarib (nashr qilib) turadi, turli uslubiy ko‘rsatmalar, hujjatlar, nizomlar, tavsiyanomalar chop etiladi.
FIVBning asosiy maqsadi – jahonning turli mintaqalarida voleybolni rivojlantirish, barcha davlatlarning sportchilari va rasmiy shaxslari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy voleybol federatsiyalarini birlashtirish, yangi milliy voleybol federatsiyalari tuzish, rasmiy musobaqalar o‘tkazish, o‘yin qoidalarini va taktikasini shakllantirishdan iborat.
FIVBning oliy organi – Kongressdir. U ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
FIVBning rahbar organi – Ma’muriy Kengash bo‘lib, o‘z prezidenti, bosh kotib va uni yordamchilari, 4 ta vitse-prezidenti, 12 ta Kengash a’zolari va zonal konfederatsiyalarning prezidentlaridan tashkil topadi.
Ma’muriy kengashning qarorlarini Ijroiy Qo‘mita hayotga tatbiq etadi. Ijroiy Qo‘mita o‘z prezidentidan, ikki vitse-prezidentidan, bosh kotibi va uni ikki yordamchisidan iborat. FIVBda texnik organlar ham mavjud bo‘lib, ular 5 ta doimiy hay’atlardan tashkil topadi.
1. Tashkiliy-sport hay’ati – musobaqalarni tashkil qilish va ularni tahlil etish, ma’lumotlarni yig‘ish va voleybol bo‘yicha halqaro sport kalendarini rejalashtirish;
2. Murabbiylar bo‘yicha hay’at – voleybol endigina rivojlanayotgan mintaqa va davlatlarda shu sport turini taraqqiy ettirish tadbirlarini tashkil qilish, murabbiylar bilan seminarlar uyushtirish, ularga maslahatlar berish, voleybol bo‘yicha «qo‘li kalta» davlatlarga yordam sifatida murabbiylarni har xil muddatlarga ishga jo‘natish, uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlari bilan shug‘ullanadi.
3. Arbitraj hay’ati – musobaqalar hakamlarini tayinlash, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish, tahlil etish va baholash, halqaro seminarlarni uyushtirish, hakamlik qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish ishlarini bajaradi.
4. O‘yin qoidalari bo‘yicha hay’at – Ma’muriy Kengash va Kongress muhokamasiga o‘yin qoidalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlarga oid tavsiyalarni taqdim etish, arbitraj hay’ati bilan birgalikda hakamlik qilish qoidasini ishlab chiqish va o‘yin qoidalariga yagona fikrda yondoshishni ta’minlash kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
5. Tibbiy hay’at – musobaqalar jarayonida tibbiy xizmat ko‘rsatish, o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarini tibbiy nazorat qilish, organizm va ish qobiliyatini tiklashga oid tadbir vositalari hamda shikastlanishlarni oldini olish kabi masalalar bo‘yicha taklif, tavsiya va ko‘rsatmalar tayyorlash ishlarini ijro etadi.
FIVB o‘z tarkibiga 160 ta davlat kiritgan eng ko‘p sonli federatsiya o‘ziga ma’lum moliyaviy mas’uliyatni olishi shart, a’zo bo‘lib kirishda va har yili badal to‘lash, rasmiy birinchiliklar va halqaro uchrashuvlar o‘tkazish uchun pul mablag‘i ajratish, FIVB tasaruffida o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etish uchun badal to‘lash va hokazo.
FIVBning faoliyatida sobiq Ittifoq Federatsiyasi juda katta rol’ o‘ynagan. Bu masala voleybol bo‘yicha mashhur mutaxassis Vladimir Ivanovich Savin samarali xizmati va salmoqli hissalari bilan alohida ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganidan so‘ng mamlakatimizning milliy voleybol Federatsiyasi hayotida ham unutilmas o‘zgarishlar yuz beradi. 1992-yil O‘zbekiston milliy voleybol Federatsiyasi Osiyo zonal konfederatsiyasiga a’zo bo‘lib qabul qilindi. 26 va 27-andozalarda mamlakatda voleybol taraqqiyotini boshqarish organlari va O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining tuzilishi ifodalangan.


26-andoza

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling