Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Ilmiy tadqiqot ishlariga qo‘yiladigan talablar


Download 2.8 Mb.
bet121/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Ilmiy tadqiqot ishlariga qo‘yiladigan talablar
va ilmiy ishlar turlari

Sport o‘yinlari bo‘yicha olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari maxsus yo‘naltirilgan murakkab jarayon bo‘lib, jismoniy tarbiya va sport amaliyotidagi holat yoki muammolarni o‘rganishga qaratiladi. O‘rganiladigan ilmiy mavzu mohiyati va yo‘nalishi jihatidan dolzarb amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.


Har bir ilmiy-tadqiqot ishidan avval o‘rganiladigan muammo yuzasidan ilmiy «ehtimol» (gipoteza) belgilanadi. Ushbu muammoni o‘rganish natijasida shu «ehtimol» isbot asosida tasdiqlanadi yoki tasdiqlanmaganligi e’tirof etiladi.
Ilmiy ish o‘z maqsadi va vazifalariga mos keluvchi muayyan reja asosida amalga oshiriladi. Har bir ilmiy ishning pirovard natijasi amaliyotga foydali ta’sir ko‘rsatishi lozim. Har bir ilmiy ish o‘ziga xos bo‘lgan tekshiriluvchi obyekt, ilmiy uslublar va kerakli uskuna-anjomlarga ega bo‘lishi shart. Ilmiy tekshirish, asboblar yordamida o‘lchash, tekshiruvni o‘tkazish shart-sharoitlari yagona standart holatda bo‘lishi muhim. Olingan ilmiy ko‘rsatkich va natijalar tekshirilgan jarayonni aniq ifoda etishi zarur.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy ish olib boruvchi har bir tadqiqotchi tekshiriluvchi obyekt inson ekanligini yoddan chiqarmasligi talab qilinadi.
Ilmiy tadqiqotning yakuniy natijalari quyidagi ish shakllari bilan ifodalanishi mumkin:
- ilmiy ma’ruza yoki uning tezisi (qisqacha matni);
- ilmiy maqola;
- ilmiy tavsiyanoma;
- ilmiy axborot;
- referat;
- ilmiy hisobot;
- ilmiy qo‘llanma;
- diplom ishi;
- magistrlik dissertatsiyasi;
- nomzodlik dissertatsiyasi;
- doktorlik dissertatsiyasi;
- monografiya.
Ilmiy ma’ruza – seminar, konferensiya, simpoziumlarda olimlar diqqatiga taqdim etiladi va o‘z ichiga ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha muayyan mavzu mohiyatini ochib berishga qaratiladi.
Ilmiy maqola – muayyan ilmiy tadqiqotning ayrim bosqichi yoki yakunlangan natijalari tahlilini ilmiy jurnal, to‘plam va boshqa nashriyotlar orqali e’lon qilinadi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling