Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти
Download 74.74 Kb.
|
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. HUQUQIY ONG
- II BOB. HUQUQIY TATIBGA SOLISh MEXANIZMI
- FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YHATI
- Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan
Kirish Mamlakatimiz Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov “O‘zbekiston:milliy istiqlol,iqtisod,siyosat, mafkura”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Bunyodkorlik yo‘lidan”, “Istiqlol va ma’naviyat” va boshqa bir qancha asarlarida, ma’ruzalarida ma’naviyat,ma’rifat va mafkura masalalari bo‘yicha fikrlarini bayon etar ekan,ularni inson faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi,jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib,ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi muhim omil deb tariflaydi.Unga ko‘ra: “...mafkurani shakllantirish jarayonida,avvalombor,mamlakatning bugungi hayoti,o‘tmishi,kelajagi,butun taqdiri uchun qayg‘uradigan,Vatan qismatini o‘z qismati deb biladigan keng jamoatchilikning ilg‘or dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanish lozim”1 Mustaqillik tufayli mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan hozirgi sharoitda huquqiy ong va huquqiy madaniyatga bo‘lgan talab tobora ortmoqda. Huquqiy ong, bilim va madaniyatga ega bo‘lish jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega. «Har bir fuqaro, har bir inson o‘z haq-huquqini yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi shart. Toki, jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi Binobarin, huquqiy ong ijtimoiy ong shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, avvalambor, «Odamning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi, unga munosabati uning onggida yuz beradi. Siyosiy ong, ijtimoiy ong iboralari ana shundan kelib chiqqandir. Voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va albatta, ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi ongning zuhuridir. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi. Ijtimoiy ong deganda ana shular nazarda tutiladi O‘zbekistonda barqaror bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi huquqiy mafkuraga yaqqol misol bo‘la oladi. Bunday davlat va jamiyat demokratiya, inson huquqlarini ta’minlash, insonparvar va adolatli huquq-tartibot to‘g‘risidagi ham umuminsoniy, ham milliy tasavvurlarga mos kelishi kerak. Mazkur holatda huquqiy davlat ta’limoti milliy davlatchiligimizni rivojlantirishning mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat qiladi. .
Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling