Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти
Download 74.74 Kb.
|
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida
Huquqiy ruhiyat jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning birinchi, boshlang‘ich pog‘onasi hisoblanadi. Huquqiy ongning aynan shu darajasidan huquqiy reallikni anglash, u bilan dastlabki tanishuv boshlanadi.
Jumladan, yangi qonunning qabul qilinishi yoki eskisining bekor qilinishi munosabati bilan quvonish yoxud dilsiyohlik, yuridik normalarni qo‘llash tajribasidan, huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlaridan ko‘ngil to‘lishi yoki norozilik, yuridik taqiqlarning buzilishiga murosasiz yoxud loqayd munosabat – bularning hammasi huquqiy hissiyotlar (ehtiroslar) bo‘lib, ular jamlanib, ijtimoiy ongda huquqiy ruhiyat muhitini tashkil etadi. Lekin huquqiy ruhiyat hayotning odatiy darajasi ifodasi sifatida huquqiy ong tarkibida ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lar ekanda, degan xayolga borish noo‘rindir. Zero, huquqiy ruhiyat – yuridik unsur ishtirokida yuzaga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlar uchun muayyan darajada xos bo‘lgan huquqni anglashning eng ommaviy shaklidir. Aynan shunday holatda huquq o‘zining ijtimoiy mohiyatini – insonparvarlik, adolat, sub’ektlarning rasmiy tengligi va hokazolarni namoyon etadi. Huquqning bu tavsiflari inson hissiyotlari va baholarini ifodalaydi. Binobarin, ular qonunlarda qanchalik o‘z ifodasini topishi, odamlarning ruhiy kayfiyatlariga qay darajada mos kelishiga qarab amaldagi qonunlar, butun huquqni qo‘llash tajribasi samardorligi belgilanadi. Ayni paytda huquqiy ruhiyat huquqiy ta’sirning ko‘pincha pinhoniy, eng chuqur, bevosita idrok etish qiyin bo‘lgan sohasidir. Shuning uchun ham u ko‘p hollarda huquqqa, qonunlarga nisbatan shunday javob harakatini taqozo etadiki, bu bilan biron-bir qonun chiqarish dasturining muvaffaqiyatini belgilab beradi yoxud uning inqiroziga sababchi bo‘la oladi. Davlatning huquqiy siyosatida aholining yuridik ruhiyatini inkor etish ko‘plab davlat tadbirlarining barbod bo‘lishi bilan tugaganligini ko‘rsatuvchi dalillar mavjud. Bundan tashqari, tarkibiy jihatdan g‘oyat murakkab bo‘lgan yuridik ruhiyat beixtiyor, anglashmagan xatti-harakatlarning kattagina sohasini – ruhiy hodisalar va jarayonlarning butun bir olamini o‘z ichiga oladiki, ular ta’sirini sub’ekt o‘ylab ham o‘tirmaydi. Huquqiy ruhiyatning bir ko‘rinishi sifatida anglanmagan harakat voqelikni bilishning ichki hissiyot, ruhiy jazava, ijtimoiy asabiylashuv (sarosima) kabi shakllarida, shuningdek, sabablari inson tomonidan idrok etilmaydigan intilishlar, xatti-harakatlar va maqsadlarda o‘z aksini topadi. Demak, huquqiy ruhiyat – ijtimoiy ongning huquqiy tartibga solish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohasidir. Huquq nazariyotchilari ham, shuningdek, tarmoq yuridik fanlari mutaxassislari ham uni o‘rganish bilan doimiy shug‘ullanib keladilar. Huquqiy ruhiyatdan tashqari, huquqiy ong tarkibiga huquqiy mafkura ham kiradi. U olamni ruhiy idrok etishdan farqli o‘laroq, voqelikni ilmiy-nazariy ifodalash va o‘zlashtirish darajasiga mos keladi. Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling