Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти
Download 74.74 Kb.
|
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy huquqiy ong
- Huquqiy tartibga solish mexanizmida huquqiy ongning AHAMIYaTi
- huquqiy ong shaklining buzilishi
Odatiy huquqiy ong bevosita odamlarning hayotiy shart-sharoitlari, ularning hayotiy tajribalari asosida shakllanadi. Unda ruhiy elementlar – hissiyotlar, ehtiroslar katta rol o‘ynaydi.
Professional huquqiy ong – professional huquqshunoslar, ya’ni maxsus ma’lumot va tayyorgarlikning amaliy tajribasi talab qilinadigan kasb egalari huquqiy onggidir. Huquqshunoslar uchun huquqiy tayyorgarlik katta ahamiyatga ega. Bu tayyorgarlik, albatta, hatto qonunga so‘zsiz itoat etuvchi fuqarolar darajasidan ancha yuqori bo‘lishi, huquq tamoyillari va normalari bo‘yicha bilimlarining ko‘lami, teranligi, rasmiylashtirilgan mohiyati bilan ajralib turishi, eng muhimi esa – ular haqiqatan ham shu bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. «Yuridik ma’lumot bu yerda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, professional-yuridik faoliyatga bo‘ysunuvchi belgi sifatida amal qiladi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, professional huquqshunoslar onggi siyosiy, huquqiy qarashlar, bilimlar, his-tuyg‘ular, qadriyatlar va huquqiy ongning boshqa tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi tizimlari sifatida namoyon bo‘ladi»11 Ilmiy huquqiy ong – huquqni tizimga solib, nazariy o‘zlashtirishda ifodalanuvchi g‘oyalar, konsepsiyalar, qarashlardan iborat. Hozirgi jamiyatda huquq, qonun hujjatlari, siyosiy-konstitutsiyaviy munosabatlarni rivojlantirish yo‘llarini belgilashda ilmiy huquqiy ongga keng ustuvorliklar berilgan. Yuridik yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot institutlari ham umumfuqaroviy, ham idoraviy oliy o‘quv yurtlari tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi huquqshunos olimlar ushbu huquqiy ongning yaratuvchilari va sohiblaridir, desak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Huquqiy tartibga solish mexanizmida huquqiy ongning AHAMIYaTi Mamlakatimizda ijtimoiy hayotni demokratiyalash va huquqiy davlatni barpo etish yo‘li tanlanganligi fuqarolarning yuridik jihatdan e’tiborga molik xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida huquqiy ongdan foydalanishning ahamiyatini yanada oshirdi. Mazkur huquqiy ongni tartibga solishda bu jarayonning rolini yaxshiroq tushunib olishda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi: 1. Huquqiy ong yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlar maqsadini tushunishda fuqaroga shunchaki ko‘maklashibgina qolmay, balki vaziyatni har tomonlama idrok etishda unga yordam ham beradi. Aynan shu yerda ongning huquqiy va nohuquqiy (huquqqa zid) ongga bo‘linishi ro‘y beradi. O‘zining tartibga solish imkoniyatlariga ko‘ra huquqiy ong bilan faqat axloqiy onggina raqobatlasha oladi. 2. Huquqiy ong yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlar maqsadlariga erishishning mumkin bo‘lgan vositalari majmuini belgilash hamda aniq vositalarni tanlashda insonga yordam beradi. 3. Fuqaro huquqiy onggi huquqiy ahamiyatga molik xatti-harakatlar maqsadlariga erishish uchun tanlangan strategiyaning ijtimoiy samaradorligini to‘g‘ri baholashda unga ko‘maklashadi. Aytish mumkinki, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun, yangi Konstitutsiya loyihalarini muhokama etish chog‘ida, parlamentimiz – Oliy Majlisni saylash, ikki palatali qilib shakllantirish, Prezident vakolatini yetti yilga cho‘zish bo‘yicha referendum kunlari va boshqa hollarda mamlakatimiz fuqarolarining katta faolligi yorqin namoyon bo‘ldi. Shuningdek, ijobiy huquqiy maqsad, ya’ni jamiyat huquqiy madaniyati qadriyatlariga yo‘naltirilganlik ham huquqiy faollikning muhim ichki manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, agar har bir odamda ijobiy ijtimoiy-huquqiy maqsad shakllangan bo‘lsa, huquqiy ong yaqqol ko‘zga tashlanib turadi, deyish mumkin. Aks holda, ya’ni bunday maqsad bo‘lmagan holatda uning o‘rnini salbiy ijtimoiy-huquqiy maqsad egallaydi. Shu munosabat bilan ijtimoiy-huquqiy maqsaddagi huquqiy ongning huquqqa hurmat bilan qarashdek jihatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini qayd etmaslik mumkin emas. Umuman, huquqqa hurmatni to‘la asos bilan ijobiy ijtimoiy-huquqiy maqsad sifatida tan olish mumkin. Shuni ham qayd etish joizki, ijtimoiy-huquqiy maqsadlar fuqarolarning xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maqsadlar shaxsning «huquqqa mos» yoki «huquqqa qarshi», «huquqni chetlab o‘tish»ga yo‘nalganligini ko‘rsatib turadi. Bundan chiqdi, fuqarolarning ichki huquqiy yo‘nalganligi, ya’ni huquqiy tarbiyasi ularning xulq-atvorini belgilab beradi. Shunga ko‘ra uning faoliyati huquqqa yo‘nalgan yoki unga qarshi bo‘ladi. Zotan, huquqiy infantilizm, huquqiy nigilizm, buzilgan ong – bularning barchasi huquqiy ong deformatsiyalaridir. Shu munosabat bilan huquqiy ong shaklining buzilishi kabi muammoga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Chunki bunday buzilish nisbatan yumshoq ko‘rinishda yoki aksincha, g‘oyat xunuk va xavfli tusda namoyon bo‘lishi mumkin. Binobarin, huquqiy ong deformatsiyasi (buzilishi)ning keng tarqalgan quyidagi turlari ham shundan dalolat beradi. Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling