Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти


Download 74.74 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi74.74 Kb.
#1634457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida

Huquqiy infantilizm – huquqiy ong buzilishining nisbatan yengil shakli bo‘lib, u huquqiy bilimning yetishmasligi hamda huquqqa yo‘nalganlikning shakllanmaganligida yaqqol namoyon bo‘ladi12.
Huquqiy nigilizm. Nigilizm (nigilizm, ya’ni lotincha «nihil» so‘zidan olingan bo‘lib, «hech narsa» degan ma’noni anglatadi) umuman sub’ektlar (guruhlar, sinflar)ning muayyan qadriyatlarga, normalar, qarashlar, orzu-intilishlarga, inson hayotining ayrim, ko‘pincha esa barcha tomonlariga salbiy munosabatini ifodalaydi.
Huquqiy nigilizm – ijtimoiy nigilizmning ko‘rinishlaridan biridir. U mohiyatan huquqqa, qonunlarga, normativ tartibga salbiy-inkor qiluvchi, hurmatsizlik munosabatida bo‘lish demakdir. Sababiyat nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, bu mohiyat aholining yuridik jaholati, mutaassibligi, huquqiy tarbiyasizligida o‘z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, bu o‘rinda gap jamiyatda huquqqa nisbatan talabning yo‘qligi haqida bormoqda.
Bunda huquqni shunchaki bilmaslikning o‘zi ham muhim o‘rin tutadi. O‘z vaqtida Ivan Ilin shunday yozgandi: «O‘z mamlakati qonunlarini bilmaydigan xalq huquqdan tashqarida hayot kechiradi yoki huquqning beqaror kurtaklari bilangina kifoyalanadi... Xalq qonunlarni munosib ravishda bilishi zarur, chunki bu xususiyat huquqiy hayot tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham xalq huquqni bilishdan mahrum bo‘lgan tartib bema’ni va xavflidir... Ma’naviy mavjudot sifatida inson Yer yuzida huquqdan tashqarida yashashi mumkin emas»
Shunga qaramay, «real sotsializm» jamiyatida uzoq vaqt davomida huquq har qanday yo‘llar bilan kamsitilib, yerga urib kelindi, unda chinakam demokratik va umume’tirof etiluvchi tuzilmani, yuksak ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni ko‘rish hech kimning xayoliga kelmadi. Shuning uchun ham huquq «oldingi ekspluatatorlik davrlaridan faqat vaqtinchalikka va faqat ayanchli zarurat tufayligina olingan ijtimoiy tartibga solishning noraso va hatto zararli shakli» deb hisoblanardi.
Har qalay, huquqiy nigilizm qonun talablarini ongli ravishda inkor etishdan iborat bo‘lsa-da, u jinoyatkorona maqsad bilan amalga oshirilmaydi. Yovuz maqsadning mavjudligi huquqiy ongning butunlay buzilgan, eng og‘ir shaklini keltirib chiqaradi.

Download 74.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling