Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти


Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida


Download 74.74 Kb.
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi74.74 Kb.
#1634457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida

Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida

Huquqiy ong,huquqiy psixologiya va mafkura to‘g‘risida gapirishdan oldin,menimcha,ongning o‘zi nima,psixologiya va mafkura nima ekanligini aniqlab olishimiz lozim. Zero,ular to‘g‘risida aniq-tiniq tasavvurga ega bo‘lmay turib huquqiy ong, huquqiy psixologiya va mafkura xususida so‘z yuritish befoyda. “O‘zbek tilining izoxli lug‘ati” da ongga kishining fikrlash qobiliyati, aql idroki,odam yoki odamlar guruhining ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi, unga munosabati deb izoh berilgan. Bundan tashqari ong voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda aks etishidir.


Ijtimoiy ongning turli shakllari mavjud.
Odamlar ular yordamida atrof tabiiy muhitni, jamiyatni anglaydilar. Shunga bog‘liq ravishda ong siyosiy, diniy, oxloqiy, estetik, huquqiy onga bo‘linadi. Nisbatan mustaqil hamda yagona ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida huquqiy ong jamiyat hayotining turli –tuman huquqiy ko‘rinishlarini,ya’ni huquq tizimini,huquqiy tartibga solishni, huquq tartibotnti aks ettiradi.
Shu bois huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining nafaqat amaldagi huquqqa, huquqiy amaliyotga, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlariga nisbatan, balki shu bilan birga, huquqning orzu qilingan boshqa ko‘rinishlariga nisbatan munosabatini ifoda etuvchi xis tuyg‘u, g‘oya, baho va tasavvurlar tizimi deb atash mumkin.
“Shuni ta’kidlash lozimki, huquqiy ong bo‘lmasa huquq ijodkorligi ham, huquqning o‘zi ham bo‘lmaydi.Ammo bu huquqiy ong huquqni yaratish degani emas.
Huquq turmushning iqtisodiy shart-sharoiti tomonidan yaratiladi, huquqiy ong esa ushbu jarayonga vosita bo‘ladi,xolos. Darhaqiqat, amaldagi huquq huquqiy ongga ta’sir ko‘rsatadi, chunki u fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlari hamda zarur darajadagi huquq tartibot to‘g‘risidagi tasvvurini shakllantiradi.Ayni paytda huquqiy ong ham amaldagi huquqqa ta’sir ko‘rsatadi.U jamiyat manfaati yo‘lida huquqni qo‘llash amaliyotini belgilaydi, davlatning qonun ijodkorligi faoliyatiga sharoit yaratadi”2
“Huquqiy ongning sotsiologik jihati ikkita bosqichdan, ya’ni, kundalik va nazariy (huquqiy psixologiya va huquqiy mafkura)bosqichidan iborat3”, - deb yozadiyuridik fanlar doktori Z islomov “Jamiyat.Davlat.Huquq”degan asarida.Domlaning fikriga to‘liq qo‘shilgan holda ta’kidlash lozimki,huquqiy psixologiya atrofdagi huquqiy voqelikning bevosita ta’siri ostida yuzaga keladi va huquqiy ongning birinchi,boshlang‘ich pog‘onasi hisoblanadi.Aynan shu bosqichda huquqiy voqelikni anglash,u bilan tanishish boshlanadi.
Masalan yangi qonun qabul qilinganligi yoki eskisining bekor qilinganligi bois paydo bo‘ladigan quvonch yoki achinish tuyg‘usi,huquqni muhofaza qilish organlarining harakatidan,huquq normalarini qo‘llash amaliyotidan qoniqish yoki qoniqmaslik,yuridik taqiqlarga rioya qilinmasligiga nisbatan murosasizlik yoki beparvolik bilan qarash – bularning barchasi huquqiy xis tuyg‘ulardir.Ular birlashib jamoatchilik ongida huquqiy psixologiya doirasini tashkil etadi.Ammo huquqiy psixologiya kundalik turmush darajasining in’ikosi sifatida huquqiy ong strukturasida ikkinchi darajali rol o‘ynaydi deb o‘ylash xatodir.Huquqiy psixologiya fridik element ishtirokida yuzaga kelgan barcha huquqiy munosabatlarga u yoki bu darajada xos bo‘lgan huquqni anglashning ommaviy shaklidir.Aynan ana shunda huquq o‘zining ijtimoiy mohiyatini,ya’ni,insonparvarligini,adolatliligini,sub’ektlarning rasmiy tengligini amalga oshiradi.Huquqiy psixologiyadan tashqari huquqiy ong strukturasida huquqiy ideologiya,ya’ni huquqiy mafkura ham mavjud.
Dunyoni psixologik idrok etishdan farqli o‘laroq u voqelikni ilmiy nazariy aks ettirish va o‘zlashtirish darajasiga mos keladi.
Huquqiy mafkura ilmiy qoida,g‘oya,nazariya va ta’limotlarning bir qilib bog‘langan qatoridir.Ular birgalikda huquqiy tizimning taraqqiyotini tavsiflaydi.
Ta’kidlash lozimki,dmokratik,ijtimoiy,madaniy – tarixiy asoslangan huquq mafkurasi har qanday jamiyat faoliyatining muhim shartidir.Bizning jamiyatimiz ham bundan mustasno emas.
Shu ma’noda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday degan edi:Oldimizda turgan eng muhim masala milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotga tatbiq etishdir.Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’ana va udumlariga asoslanib,kelajakka ishonch,mehr – oqibat,insof,sabr – toqat,adolat,ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekistonning yangi,demokratik huquqiy mafkurasiga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj oshib bormoqda.Siyosiy – huquqiy maqkurasiz zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi.O‘tish davrida huquqiy mafkura O‘zbekiston uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Milliy huquqiy mafkura kishilarga,ijtimoiy qatlamlar va partiyalarga yangi siyosiy vaziyatda yo‘l topishda,mo‘ljal olishda yordam beradi.Amaldagi qonunchilikni batafsil,ipidan – ignasigacha targ‘ib – tashviq qilish ham bunday imkoniyatni yarata olmaydi.Konkret va unitar dastur,shior,reja va va’dalardan farqli o‘laroq huquqiy mafkura uzoq davom etadigan jarayonlarga,oxlaq normalariga qarab mo‘ljal oladi.Shu bois u avlodlarni birlashtiradi,ular faoliyatining mohiyatini ijtimoiy yaratuvchanlik maqsadi yo‘lida bir joyga jamlaydi.
Ayni paytda ijtimoiy ongning turli shakllari mavjud bo‘lib, odamlar ular yordamida atrofni o‘rab turgan tabiatni, jamiyatni o‘rganadilar. Shu munosabat bilan siyosiy, axloqiy, estetik, odob, diniy, huquqiy ong shakllari ajratib ko‘rsatiladi.
Mashhur huquqshunos olim S.S.Alekseev hayotga pozitiv (ijobiy) huquqni joriy qilgan – kishilar hayotida yetakchi mazmun kasb etgan ijtimoiy tartibga solishning maxsus turi bo‘lmish qat’iy talab (imperativ)lar to‘g‘risidagi masalaga murojaat qilarkan, ular, umuman, ijtimoiy ong, xususan, huquqiy ong mahsuli ekanligiga ishora qiladi hamda anchayin murakkab muammolardan biri ekanligini alohida uqtiradi. U shunday yozadi: «Axir inson zoti paydo bo‘lishining ilk davrlaridanoq tabiiy zarurat taqozosiga ko‘ra tartibga solish ko‘rinishlari (mononormalar, ularning ajralib turadigan tarkibiy qismlari – ibtidoiy axloq, diniy aqidalar, taqiqlash va man etishning butun tizimi) ibtidoiy jamiyat sharoitida kishilarning hamjamiyati – urug‘, jamoa, jamoalar ittifoqi, jamoalararo munosabatlarda bir me’yordagi, tartibli hayotni ta’minlashning to‘liq uddasidan chiqqan.
Shu tariqa inson zoti sivilizatsiya sharoitiga kirdi, kishilarning hayoti nafaqat shafqatsiz tabiat zarurati va ibtidoiy jamiyatning ba’zi ijtimoiy tashkiliy unsurlari asosida, balki shaxsiy asosda (buning ustiga – vaqt o‘tishi bilan yanada ko‘proq) qurila boshlagan. Hayotning yangi sharoitlari samarasi bo‘lgan va aksar kishilarning o‘zlari yaratgan xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti, ilmiy-texnik taraqqiyot, siyosiy hokimiyat, ma’naviy hayot institutlari singari ijtimoiy hodisalar negizida barpo etilmoqda. Bunda jamiyatning murakkab va jo‘shqin o‘zgarishlarga boy tizim sifatida mavjud bo‘lishi, o‘z vazifasini bajarishi va rivojlanishini ta’minlash individlar, ularning birlashmalarining mustaqil aqliy faoliyati bilan bog‘langan va ibtidoiy jamiyatga nisbatan beqiyos darajada yuqori, anchayin murakkab (va uncha mustahkam bo‘lmagan) tartibdagi bir butun organizm ehtiyojlaridan kelib chiqadigan sharoit nazarda tutilmoqda»4.
Yagona ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida maydonga chiqarkan, huquqiy ong nisbatan mustaqil bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha xilma-xil huquqiy hodisalarini, ya’ni huquqiy tizim, huquqiy tartibga solish, huquq-tartibot va hokazolarni aks ettiradi.
Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g‘oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida ta’riflash mumkin.
Shuni alohida qayd etish joizki, huquqiy ongsiz huquqiy ijodkorlikni ham, huquqning o‘zini ham tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bu fikrdan huquqiy ong huquqni yaratadi degan ma’no kelib chiqmaydi. Huquq huquqiy ong tomonidan emas, balki hayotdagi muayyan iqtisodiy shart-sharoitlar negizida yaratiladi. Huquqiy ong esa bu jarayonda faqat vositachi, yangi g‘oyalar asosi vazifasini bajaradi.
Albatta, amaldagi huquq huquqiy ongga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Zero, bu hol fuqarolarning o‘z huquqlari va majburiyatlari haqidagi, huquq-tartibot to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantiradi. Ayni paytda huquqiy ong ham jamiyat manfaatlari yo‘lida huquqni qo‘llash tajribasini belgilab berarkan, amaldagi huquqqa ta’sir ko‘rsatadi, davlatning norma yaratish faoliyatini taqozo etadi.
Shu ma’noda to‘la asos bilan aytish mumkinki, huquqiy ong huquqdan «oldin» ham bo‘lgan, undan «keyin» ham bo‘ladi, qolaversa, u bilan bir vaqtda ham amal qiladi. Aslida huquqiy ong, birinchidan, huquqning jamiyat ehtiyojlarini ifodalovchi manbaidir, ikkinchidan, huquqni hayotga joriy etishning zarur omillaridan biridir, uchinchidan, bizning xulq-atvorimiz huquq normalariga qay darajada mos kelishini tushunib olishimizga ko‘maklashadi, baholash vositasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, aynan huquqiy ong orqali va uning sharofati bilan, deb ta’kidlagandi Gegel, qonun chiqaruvchi «o‘z davrining ruhini payqab oladi» va uni huquqiy hujjatlarda aks ettiradi.
Shuning uchun ham huquqiy ong – birmuncha mustaqil hodisa bo‘lib, uni huquq nazariyasining alohida ob’ekti sifatida o‘rganish kerak bo‘ladi. Aynan huquqiy ong orqali huquq nazariyasi huquqning mohiyati, uning kelib chiqishi, muayyan sivilizatsiya doirasida huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyati, huquqiy xulq-atvorning buzilishi, jinoyatchilik va boshqa ijtimoiy xavfli illatlarning manbalari va sabablari kabi olamshumul muammolarni o‘rganadi, tahlilu tadqiq etadi.5
Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, huquqiy ong har bir xalqning madaniyati, hayot tarzining tarkibiy qismi sifatida huquqning ma’naviy mohiyatini eng to‘la va har tomonlama aks ettiradi. Zero, sivilizatsiyaning turli ko‘rinishlarida, xilma-xil madaniy-tarixiy hamjamiyatlarda xulq-atvor normalari, zarurat haqida, u yoki bu vaziyatlarni tartibga solish usullari va boshqalar to‘g‘risida xilma-xil, ko‘pincha o‘zaro jiddiy farqlanuvchi tasavvurlar mavjud bo‘ladi.
Aytaylik, mustaqillik yillari «odamlar hayotida ham, dunyoqarashida ham, yurtimiz tarixida ham tub burilishlar davri bo‘ldi. Jamiyat butunlay yangi qiyofa, yangi mazmun kasb etdi. Odamlarning turmush tarzi o‘zgardi. Yangicha yashash tarzi esa bevosita ong va tafakkurimizning o‘zgarishiga, hayotga yangicha qarashga zamin yaratdi.
Tarixan juda qisqa fursatda bir necha o‘n yilliklarda qilinadigan ishlar amalga oshirildi. Bu bevosita o‘tish davrining o‘ziga xos ehtiyoji, tub islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan zarurat sifatida dunyoga keldiki, odamlar beixtiyor butun imkoniyatlarini ishga solgan holda, hayot shaklini o‘zgartirishga kirishdilar.
Mustamlakachilik asoratida bo‘lgan o‘zbek xalqining mustaqillikka erishuvi chindan ham tarixiy voqeadir. Ayni paytda u qalblarimizda biqinib yotgan, biroq aytish qiyin bo‘lgan orzu va armon edi. Ana shu armonlarning amalga oshirilishi, umidlarning ro‘yobi sifatida qo‘lga kiritilgan istiqlol eng oliy qadriyat sifatida ko‘tarilmoqda. Endilikda bu xalqni istiqlol, ozodlik va hurriyat yo‘lidan qaytarib bo‘lmaydi.
Barkamol, mustahkam mamlakatni ma’naviy komil insonlar jamiyatigina yarata olishi mumkin. Shuning uchun ham jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi kun tartibida ma’naviy-axloqiy komil insonni tarbiyalab yetishtirish vazifasi bosh masalalardan biri bo‘lib qolmoqda6
Bu o‘rinda gap ijtimoiy tartibga solishning etnik-huquqiy qonuniyatlari haqida bormoqda. Ushbu qonuniyatlarni faqat huquqiy ongga o‘z rivojining muayyan ichki mantig‘iga ega bo‘lgan favqulodda hodisa sifatida qarash orqaligina ochib berish mumkin. Bu mantiq davlat hokimiyatining buyruqlari va iqtisodiy qarorlar bilan emas, balki eng avvalo, madaniyat tomonidan to‘plangan xalqaro va milliy huquqning ma’naviy, tafakkuriy quvvati bilan belgilanadi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, huquqiy ong – bu inson o‘zini qurshab turgan huquqiy olamni o‘rganish, anglash qobiliyati sifatida tushuniladigan ong shakllaridan biridir. Moddiy olamning predmet va hodisalaridan farqli o‘laroq, ong natijalari bir qator xususiyatlaridan ayrilgan o‘ziga xos ajib ko‘rinishdagi tafakkur ifodasi sanaladi. Bilimlar o‘ziga xos shakllarda: sezgi, tasavvur, tushuncha, kategoriya, ob’ektiv qonuniyat va nazariyalar to‘g‘risidagi mulohazalar sifatida mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib, ong insonning o‘zini qurshab turgan olamni in’ikos etish (bilish) shaklini, shuningdek, insonning muayyan ijtimoiy va tabiiy hodisalar, jarayonlarni o‘zgartirish, takomillashtirish, yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish bo‘yicha ushbu dunyoga nisbatan turli shakldagi baholash va takliflar ko‘rinishida munosabat bildirishini o‘zida aks ettiradi.
Huquqiy ong ijtimoiy ong turlaridan biri bo‘lib, to‘liq uning xususiyatlariga ega. Huquqiy ong huquq tuzilishini, uning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan, shu jumladan: qonunchilik va undagi huquqiy normalar; yuridik amaliyot, ya’ni normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari faoliyati, muayyan huquqiy munosabatlarda huquqiy normalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat idoralari, fuqarolar va boshqa shaxslarning faoliyati, qonunni buzishga qarshi kurashish bo‘yicha davlat va jamiyat faoliyati kabilar bilan turli aloqa va munosabatlarni ifoda etadi. Bundan tashqari, ong huquqning ijtimoiy hodisa sifatida vujudga kelish va rivojlanish tarixini, uning taraqqiy etish jarayonida bosib o‘tgan bosqichlarini gavdalantiradi7
Huquqiy ongning sotsiologik jihati ikki darajaga – odatiy va nazariy (huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura) darajalarga ega.

Download 74.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling