Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi tashabbus
- Konsepsiyada quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. 2021-yil 27-yanvarda esa Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son66 qarori qabul qilindi. Konsepsiya BMTning “Yoshlar–2030” strategiyasida belgilangan “Yoshlar manfaatlarini ko‘zlab, ular bilan ishlash” bosh tamoyiliga asoslanadi. Shuningdek hujjat bilan Konsepsiyani 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Konsepsiya 2023 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yo‘l xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yoshlar ishlari agentligiga vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish topshirildi: 2022-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar tegishli “yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish; tegishli “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish. Konsepsiyada quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan: yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish; ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish; yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish; yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va boshqalar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling