Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Download 0.72 Mb.
bet32/47
Sana16.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1273053
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)

3-topshiriq
Nutqning aniqligini buzuvchi qo'llanishlarni aniqlang.
1. Botir beliga qator beshta bomba qistirib, yugurdi. 2. Sulton akaning oyoqlarini silaganda qo'liga yelimga o'xshagan bir narsa yopishganini sezdi: qorong'ida nima ekanini bilolmay qoldi. Jenya .. yigitning ko'ziga uzoq tikilib qoldi. 3. Oshxona va konditer mahsulotlari, yarim fabrikatlar, sharbat va turli salqin ichimliklar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari ko'rildi. 4. Oxirgi yillarda bu masalaga jiddiy e'tibor bermoqdamiz. 5. Buyi mendan kattaroq, o'zi sap-sariq. 6. Shahar bilan qishloq o'rtasida tafovut tobora qisqarayotir.
4-topshiriq

Nutqning mantiqiyligiga putur yetkazgan qo'llanishlarni aniqlang.


1. Endi kuy va raqslar tinglab dam oling. 2. Sotuvchi ko'ylakka 2000 so'mdan qo'yib sotayotgan ekan. 3. Xolam qo'yarda-qo'ymay choyga o'tkazdi. 4. Bu akula quruqlikdagi sut emizuvchilarga o'xshab tuxum qo'ymaydi, balki to'g'ridan-to'g'ri tirik akulani dunyoga keltiradi. 5. Tashabbuskor rayon mehnatkashlari ichki rezervlarni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga safarbar etmoqdalar. 6. Bugun Toshkentda nol' daraja issiq bo'ladi.


5-topshiriq
Nutqning sofligini buzuvchi qo'llanishlarni aniqlang.
1. San, manglayi qara badkirdor, na sababdan mundoq yomon so'zlarni elga tarqatding? (Mirmuhsin.) 2. Qudrat bobo kecha kechqurun qaytish qildilar. (N.Qobul.) 3. Teroq shotini qo'y, aks holda u yiqilib tushadi. (So'zl.) 4. Xo'p, bu masalani qo'yatur, har holda uni rais bilan bamaslahat hal qilamiz, xo'p, yana qanday muammo bor? ("Yoshlik".) 5. -Bo'yning uzulgur, Hoji, yana nima kerak senga? ("Yoshlik".) 6. Etigim bo'lsa-ku, o'n besh nukdan beri garovda, chaponni bo'lsa o'tkan kun o'zingning oldingda uch so'lkavoyga sotdim. Xudo haqi, galavam aynadi.! (A.Qodiriy.)


6-topshiriq
Nutqning ta'sirchanligini buzuvchi omillarni aniqlang.
1. -To'g'ri aytding, yumor hammani bir zumda o'ziga rom qiladigan chiroyli qizdek tortimli janr. U satiraning piyonista, o'gay tog'asiga nikohsiz tegib olgan suyuqoyoq va benomus bir "janr" xolos. (Mirmuhsin.) 2. O'rtoq rafiqam! Ijozat bersangiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunaviy bajarib kelayotganimizga bir yil to'lgan kunda bevosita tabrik qilishga! (A.Qahhor.)


7-topshiriq
Berilgan nutq ko'rinishlari yordamida Oybekning til vositalaridan foydalanish mahoratini tahlil qiling.
Shoir «Xiyobon» ko’chasini o’tib, «Bog’ zog’on»ning katta darvozasiga yеtishi bilan bu еrda tartib kuzatib turgan navkarlar Muhurdorga salom bеrib, darrov otning jilovini ushladilar. Shoir ularning yordamisiz otdan tushdi-da, «Bog’ zog’on»ga kirdi. Bu - turli qasrlar, ko’shklar va boshqa go’zal binolar va ajoyib xiyobonlarga boy g’oyat katta bog’ edi. Daraxtlar oralab kеtgan kеng, toza va quyosh nurlari bilan olachalpoq yo’ldan borib, bir nеcha tanob joyni ishg’ol etgan katta gulzorga chiqdi. Bu еrga go’yo butun dunyoning gullari to’plangan edi. Turli-tuman rang va ziyo bilan quyoshda yashnagan bu chaman ko’zlarni qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni juda sеvar edi. Har kungidеk to’xtab, zavq bilan tomosha qildi. Kеyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga - dеvorlari, ustlari, eshiklari naqqoshlar qo’li bilan yasalgan naqsh gulzorini tovlantirgan binoga tomon yurdi. Oltin qubbachalar, o’ymakor gullar bilan bеzangan eshikni ochib, kichikroq, lеkin sеrhasham bir xonaga kirdi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling