TUSHUNTIRISH XATI
Surxondaryo viloyatida bir necha kun samolyotlar uchishi uchun qulay ob-havo bo’lmagani tufayli, 2003-yil 10-11-yanvar kunlari belgilangan mashg’ulotlarga yetib kela olmadim.
2003.20.01. (imzo) A. Dadayev
E’LON
Shu yil 26-avgust kuni soat 15.00 da O’zR FA Til va adabiyot institutining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’ladi.
Kun tartibi:
1. Kasaba uyushmasining hisoboti.
2. Taftish komissiyasining hisoboti.
3. Kasaba uyushmasining yangi tarkibini saylash.
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
ILTIMOS XAT
Informatika kafedrasi mudiri
professor K.T.Safayevga
Birlashmamiz muhandis-mexanigi O.Salimovni hisoblash texnikasi bo’yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (2003.02.01. dan 2003.02.03. gacha) tajriba o’tashga qabul qilishingizni so’raymiz.
Toshkent elektr-ro’zg’or
buyumlari ishlab chiqarish
birlashmasining bosh
direktori o’rinbosari (imzo) U. Shokirov
KAFOLAT XATI
Hurmatli Hasan Abdullayevich!
«Algoritm» zavodi ma’muriyati Sizga o’zbek tilini o’rgatish bo’yicha mashg’ulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va o’zaro shartnoma asosida haq to’lashga kafolat beradi.
Zavod direktori (imzo) O.N. Vahobov
Bosh hisobchi (imzo) R.S. Karimov
TAKLIFNOMA
Muhtaram (a) _______________
TVDPI jamoasi Sizni ulug’ o’zbek adibi
G’AFUR G’ULOM
tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 8-may kuni ertalab soat 10.00 da institutning majlislar zalida boshlanadi (Toshkent sh., Yusuf xos Hojib ko’chasi, 64-uy).
Do'stlaringiz bilan baham: |